O’zbekiston Xalq Harakati

Umr motami

Umr motami
18 Mayıs 2020 - 14:05 'da yuklandi va 644 marta o'qildi.

Akrom MALIK

RAMAZON KUNDALIGI

UMR MOTAMI
(Yigirma beshinchi kun)

Motam – o'lgan odam uchun oshkora qayg'u chekish, g'am-anduh e'lon qilishdir. Mayyitning yaqinlari hammadan ko'proq motamga haqli bo'lib, og'ir judolik to'ldirib olgani uchun xursandchilik, o'yin-kulgi ularning ko'ngliga sig'maydi. Boshqalar bundan ogoh bo'lsin uchun odatiga muvofiq ba'zi xalqlar ko'k, boshqalari qora yoki oppoq libos kiyadilar. Biror oilada qora yoki umuman motam libosi kiyilsa, har qanday inson o'zini tiyadi, hol so'raydi, sabr tilaydi. Bu holda kulish, o'ynash, baland tovushda gaplashish juda katta beodoblik, befarosatlik sanalib, bu ishni qilgan kishi elning nafratiga yo'liqadi.

Motamning mohiyatida o'lgan odamning bu dunyoda qayta tirilmasligi, u bilan qayta ko'rishmoq mumkin emasligi, diydor qiyomatga qolganligidan tashqari marhumning Alloh huzurida hisob bergani ketganligi, ortga uning yo'li yo'qligi, bu esa benihoya qo'rqinchli ekanligi haqidagi haqiqat borki, aslida, ana shu haqiqat mahzunlikning bosh sababi bo'lishi lozim.

Bir insonni yo'qotish shu qadar motam uyg'otsa, odamzod o'z umrini, Alloh o'lchab bergan vaqtni sovurayotgani to'g'risida ham qayg'urishi kerak emasmi?!

Inson o'lgach, uning tanasi jonsiz bo'lgani uchun, harakatdan to'xtaydi: emaydi, ichmaydi, mehnat qilmaydi va hokazo. Tirik insonning eb-ichishi barcha jonli mavjudotga xos: qurt-qumursqadan tortib, filgacha – hamma narsa eydi, ichadi.

Shubhasiz, odamzodning tirikligi uning eb-ichishi va tana ehtiyojlarini qondirish uchungina xizmat qilsa, demak, uning hayvonat vakillaridan mutlaqo farqi yo'q. Ko'chada bemaqsad gap sotayotganlar, shunchaki vaqt o'tkazish uchun nimadir qilishga urinayotganlar, umrining qiymatini anglamaganlar allaqachon o'liklar safidadirlar, ular rangsiz motam ichida bo'lib, buni o'zlari payqamaydilar.

Pul topish, eyish, ichish, kiyish, nasl qoldirish, nafsni qondirish insoniy tiriklik emas, hayvoniy mavjudiyat, xolos. Bu toifa odamlarning o'lik va tirikligi barobardir. Asl tiriklik iymon bilan yuzaga chiqadi. Har lahzani Alloh zikri ila o'tkazish, har daqiqani manfaatli biror ish ila to'ldirish, o'z qayg'usidan ortib, barcha yaxshi odamlar, iymonlilar to'g'risida qayg'urish,

o'z nafsini isloh etib, Robbisiga butkul taslimiyat keltirishga intilish, go'zal amallarda bardavom turish asl tiriklikdir.

Befoyda o'tgan umr, nima uchun sarf etilganini bilmagan vaqt, albatta, o'z sohibidan haqqini talab etadi. Umrning qiymatini bilmaganlar, umrni o'z qiymatiga munosib narsaga sarf etmaganlar mangu motamdadirlar, agar bundan tezroq ogoh bo'lmasak, biz ham, dunyo va oxiratda afsusu nadomat, xorlik va faryod qo'lida qolishimiz muqarrar. Umrning qadrini anglab, unga loyiq darajada munosabat ko'rsatish esa, albatta, o'z mukofotini topadi. Bunga shubha yo'q, in shaa Alloh.

Allohim, umrimizga baraka ber! Go'zal va xolis amallarimizni umrimizning ziynati va barokatiga aylantir!..

2020 yil, 18 may.

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube