O’zbekiston Xalq Harakati

Bu voqealarning asl aybdorlari ichimizda

Bu voqealarning asl aybdorlari ichimizda
18 Mayıs 2020 - 14:20 'da yuklandi va 1010 marta o'qildi.

Yaqinda Mariya Zaxarovaning o'zbek tili taqdiriga oid «fatvo»sidan keyin, bir qator bloggerlarning tahliliy maqolalarini o'qib, xursand bo'ldim.

Lekin hozir ko'pchilik Zaxarovaga zahrini sochish bilan ovvora: «Sizga kim huquq berdi?», «Qaerdan oldingiz bu gapni?»…

Qo'ysangiz-chi. Qachongacha havoga qarab o'q uzamiz?!

Zaxarovaning so'zlari yolg'ondir, lekin uning tagida juda og'ir haqiqatlar yotibdi.

E'tibor beryapsizmi, o'zimiz ichki rejalarimizni, avvalo, Rossiya ma'muriyatidan eshityapmiz va taassufki, shular amalga oshyapti.

O'tgan yili Matvienko xonim O'zbekistonga kelib, EOIIga qo'shilishimizni aytdi, biz hayron qoldik. Uni ichki ishlarimizga aralashishda aybladik. Lekin nima bo'ldi?

Ularda bunday had qanday paydo bo'lyapti?

Davlat odami ӯzidan-ӯzi gapirmaydi. Qanday asosi bor ekan-aa? Bizni boshqarayotganlarning ӯzlari kimdir tomonidan boshqarilyaptimi yoki?

O'shanda ham xalqning ko'pchiligi norozi edi. Lekin bizning «qahramonlar» ovoz berib yoqlashdi. Balki Zaxarova ham shuni nazarda tutgandir.

O'zi har doim ozchilik ko'pchilik ustidan hukm yurgizib kelgan.

Tarixdan misol keltiraylik. Sovetlar bosib olganda ham deputatlar kengashiga son jihatidan ko'pchilik bo'lgan o'zbeklardan oz, o'zi ozchilik bo'lgan ruslardan esa ko'p odam saylangan.

Ya'ni balki qo'lida vakolati borlarning ko'pchiligi rus tilini xohlar. Davlat idoralarida haligacha rus tili ustuvor ekanligini ko'rib turibmizku.

Shunday ekan, endi bo'ladigan ishni ko'raylik. Xuddi Zaxarova bizni eshitadigandek, unga qarata gapirib, o'zimizni o'zimiz ovutishdan naf yo'q.

Aslida, «davlat idoralarida davlat tilida ish yuritilmasa…» degan holatning o'zi mantiqsizlik. Davlat idoralarida begona til ustuvor bo'lishi ahmoqlik.

Bu voqealarning asl aybdorlari ichimizda.

O'zbek bo'la turib, ona tilini sotganlardan so'rash kerak bularning hisobini.

Bizni eshitadiganlarga dangal aytaylik gaplarimizni.

Shohjaxon Shodmonov

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube