O’zbekiston Xalq Harakati

Intizom va takammul

Intizom va takammul
19 Mayıs 2020 - 12:18 'da yuklandi va 449 marta o'qildi.

Akrom MALIK

RAMAZON KUNDALIGI

INTIZOM VA TAKAMMUL
(Yigirma oltinchi kun)

Go'zallik uyg'unlik ila yuzaga chiqadi. Uyg'unlik esa, tartibdir. Ham shaklan, ham mohiyatan o'zaro mos kelmoq ila tartib paydo bo'ladi. Inson qalbini betartiblik emas, nazmiylik, mavzunlik shodlantiradi. Zotan, olamlar Robbisi Alloh taolo koinotni oliy tartib, mukammal intizom, ta'rifsiz uyg'unlik ila yaratdiki, bularni kashf etish ila odamzod ilmga erishdi, aql hayratga tushdi, iymon nuri porladi, hikmat eshiklari ochildi.

Shayton ila abadiy dushmanlashgan holda Erga tushgan Odam farzandlari Ilohiy intizomga muhtoj edi.

Alloh o'z sahifa va kitoblari ila qonunlarini Er yuziga yubordi. Kishilar uchun hayot tartibini belgiladi.

Umrimizning mazmunli o'tishi qat'iy tartib ila yashamog'imizga bog'liq. Uyqu, ibodat, ilm, taom, muomala, safar va boshqa ehtiyojlarimiz uchun aniq soatlarimizni aniqlab olmasak va shu taqsimotga amal etmasak, bizda takammul haqida gap bo'lishi mumkin emas.

Tartibli umr kechirish tashqaridan oson ko'ringani bilan, aslida, insondan riyozat, mashaqqatni talab etadi. Chunki mo'minning ikki ichki g'animi – nafsi va shayton borki, hamisha Odam bolasining hayotini izdan chiqarishga intiladi.

Betartiblik, ifloslik, shoshish, besabrlik, osiylik iblisning odatidir. Dangasalik, barcha istaklarning so'zsiz bajarilishi esa nafsning xohishidir.

Tartibga erishish, avvalo, Odamning ichki quvvati, ruhiy xotirjamligidan boshlanadi.

Mo'min ichki quvvatga xayollar va niyatlarni poklash ila muvaffaq bo'ladi. Yomon xayol va nopok niyat Allohning zikri ila bartaraf etiladi, Allohni muttasil zikr qilish xayolni buzilishdan, niyatni toyishdan saqlaydi. Gunohkor xayol va buzuq niyat ofatning ibtidosi, tiyiqsizlik va g'aflat bulog'idir.

Allohning zikri ila qalbini, Allohga ibodat ila kunlarini, ilmu ma'rifat ila dunyosini ziynatlagan mo'min mukammal tartibga erishmog'i shubhasiz, in shaa Alloh.

Shaytoniy tuyg'ulardan, tanballikdan va bahonalardan g'olib kelib, kunlarmizni tartibga keltirish kamolat ostonasidir.

Allohim, bizni dangasilikdan asra! Qalbimizda g'ayrat va shijoatni ziyoda et! Hayotimizni tartibli, go'zal ayla!

2020 yil, 19 may.

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube