O’zbekiston Xalq Harakati

Bu ishni

Bu ishni
19 Mayıs 2020 - 12:27 'da yuklandi va 612 marta o'qildi.

BU IShNI

Banda, yomon ishga botirlik qilma,
Oldingga qo'yarlar ul kun bu ishni!
Nafsga botma, shayton yo'liga kirma,
Xijolatga qo'yar, bilgin, bu ishni.

Nafsing aytar: “Urgin, bu ish huzurdir!”
Joning aytar: “Hay-hay, Tangri hozirdir!”
Sen ko'rmassan, Ul hamisha nozirdir,
Uyalgin, iymangin, qo'ygin bu ishni!

Bir yo'lda gunoh bor, bir yo'lda savob,
Arosatda sendan so'rarlar javob.
Halolga hisob bor, haromga – azob,
Shak-shubha yo'q, yodga solgin bu ishni!

Umringning kechgani yozdir har soat,
Ne bo'lar bu yozda aylasang toat?
Savobga shodlik bor, aybga – xijolat,
Bo'yningga olmagin, kelgin, bu ishni!

Boshing ko'kka, ko'ksing elga ko'tarma,
Ko'nglingning ko'rkiga cho'lni ettirma,
Yurakda yo'q so'zni tilga keltirma,
Ixlos qulog'iga chalgin bu ishni!

Musofirsan, muqim ishing qurarsan,
Bebaqo dunyoda qancha turarsan,
Bunda ne ish etsang, anda ko'rarsan –
Yaxshidir, yomondir, ul kun bu ishni.

Shayton aytar: “Shirin ishdir azago'y!”
Rahmon aytar: “Nafs umidin uzago'y!”
Maxdumquli: “Tur, qo'lingni ko'zga qo'y,
Agar tuza bilsang, qilgil bu ishni!”

MAXDUMQULI
* * *
Turkmanchadan Islom Xolboy o'zbekchalashtirdi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube