O’zbekiston Xalq Harakati

Hamiyat himoyasi

Hamiyat himoyasi
20 Mayıs 2020 - 11:12 'da yuklandi va 529 marta o'qildi.

Akrom MALIK

RAMAZON KUNDALIGI

HAMIYaT HIMOYaSI
(Yigirma ettinchi kun)

Hamiyat, shubhasiz, iymonli insonning ajralmas fazilatidir.

O'ziga tegishli mulkni, insonlarni, nomni, asosiysi, e'tiqodni sharaf o'laroq, hayot-mamot o'laroq bilib, qizg'anish, rashk etish, joni va moli ila himoya qilish hamiyat hisoblanadi.

Mulkning birinchisi Vatan, tug'ilganing tuproq, uyingdir. Niyati noma'lum begona tuprog'ingga qadam bossa, uying ostonasidan hatlab kirsa, befarq boqib turganingdan ko'ra yo qo'rqib qotib qolganingdan ko'ra joning chiqib ketgani go'zal ishdir. Hayvonlar ham o'z hududlarini belgi qo'yib, himoya etarkanlar, insonlarning bu masalada murosasiz bo'lishlari o'ta tabiiy.

Bir musofirga marhamat ko'rsatmoq, dindoshingga, do'stingga Vatandan joy bermoq esa maqtalgan amaldir. Albatta, u musofir, u muhojir buning qiymatini bilishi kerak.

Yaqin insonlarning avvali oiladir: ota-ona, ahli ayol, farzandlar, qo'shnilar, aka-uka, opa-singillar va, aniqki, yurtingda yashayotgan xalq, millatdoshlaring sening jonu jigardek yaqinlaringdir. Ularning molu mulki, tili va dini, oila va do'stlari sening himoyangda bo'lib, birgina tahdid, birgina haqoratdan hamiyating qo'zg'amasa, darding og'ir ekan.

Akang joni og'risa, qo'shning aziyatda qolsa, tilingni tahqirlasalar, diningni erga ursalar, bu ishni qilganlarning esini kiritmasang, jazosini bermasang, eryigit nomi hayf.

Haq diningda sof aqiyda ila sobit ekansan, uni himoya etmog'ing sharafli va doimiy vazifangdir. Bu himoya – e'tiqodda sobit turish, Allohning amrlarini to'kis ixlos-la bajarish, sarvari koinot Muhammad sollallohu alayhi va sallamning sunnatlariga sidqidil ergashmoq ila amalga oshadi. Zotan, diningda sobit ekaningni ko'rgan g'anim ham unga behurmatlik qilishga jur'at etmagay.

Hamiyat mo'minning joni kabidir. Hamiyat bir to'fonki, u qo'zg'olsa, yo'lidagi hech narsani omon qo'ymayajak.

Hamiyat otaning taqvosi, onaning iffati ila paydo bo'ladi. Hamiyat otaning ibrati, onaning tarbiyati ila ulg'ayadi. Hamiyat iymonning nuri, Allohning zikri, bilakning kuchi ila toblanadi.

Mahramingga boqqan yotning ko'zini o'yadigan shijoat, yomon niyat ila kelgan yovning yuragini sug'uradigan jasorat, iroda va sabot, qo'rqmaslik, haq ustida tik turib, Allohdan yordam so'rab, arslondek na'ra tortmoq hamiyat ila namoyon bo'lajak.

Taassuflar bo'lsinki, ming nadomatlarki, bugun sahnada jilpanglayotgan muxannasvashlarda, og'zi kavsh qaytarish va g'iybatdan bo'shamayotgan engiltabiat erkaknusxalarda hamiyat netsin?!

O'zini pul uchun ming ko'yga solguvchi bu kabi pastkashlardan g'ayratli, nomusli bir zaifa afzalroqdir.

Hamiyatni yo'qotmoq erkni, iymonni, Vatanni, xalqni, millatni, oilani, naslni, sharafni yo'qotmoqdir.

Hamiyatli yashamoq, hamiyatni himoya etmoq ulug'vorlikdir, Allohga yaqinlikdir, doimiy nusrat va muzaffariyatda, barokat va yuksaklikda bo'lmoqdir.

Allohim, bizni orsizlikdan saqla!

Iymonimizni sog'lom, hamiyatimizni kuchli, o'zimizni sharafli ayla!

2020 yil, 20 may.

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube