O’zbekiston Xalq Harakati

Ko'zlarimiz imkonni nega ko'rmaydi?

Ko'zlarimiz imkonni nega ko'rmaydi?
21 Mayıs 2020 - 14:01 'da yuklandi va 574 marta o'qildi.

Akrom MALIK

RAMAZON KUNDALIGI

KO'ZLARIMIZ IMKONNI NEGA KO'RMAYDI?
(Yigirma sakkizinchi kun)

Alloh taolo O'z Kalomida: “Allohning arqonini mahkam tuting!” – degan. Va yana: “Kim iymon keltirib, tog'utga kofir bo'lsa, u, albatta, uzilmaydigan halqani ushlabdi”, – deb marhamat etgan.

Shubhasiz, tavhid – Allohni olamlarning yakka Robbisi deb, Allohni ibodatga loyiq yakka Iloh deb qat'iyan inonish, barcha ismu sifatlari ila Allohning yakkaya yagona Ilohligini e'tirof etib, Uninggina amrlariga itoat etish insoniyatning eng ulug' va, ayni paytda, birdan bir najotidir, saodatidir, zulmatlardan nurga chiqishda mahkam tutgan arqonidir. Bu arqonni ushlamagan, bu arqonni tutib, so'ng qo'yib yuborganlarni bu dunyoda maqsadsizlik, tushkunlik, ma'nisizlik, jaholat, qayg'u, gunohlar, oxiratda esa alamli jahannam kutadi.

Insonni Allohga bog'laydigan Buyuk So'z, odamzodni sharaflantiradigan Ulug' Kalima “La ilaha illalloh”dir. U tilda takror, dilda sobit ekan, odamzod tutgan tavhid arqoni aslo kesilmas, in shaa Alloh.

Yashayotgan har insonda Allohning arqonini tutmoq imkoni bor. Iymon sohiblarida esa bu arqon ila najot topmoq imkoni bor.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “…Yo'lda ozor beruvchi toshni olib tashlash ham iymonning bir sho''basi”, – degan edilar.

Hayotimizni hidoyat nuri ila munavvar etmoq imkoni, toki yashar ekanmiz, hamon qo'limizdadir.

Mudom ibodatni kechiktirdik. Mudom xayrlarni behuda narsalarga almashtirdik. Mudom yaxshi insonga aylanadiganimiz bir fursatni kutib yashadik. Bir marra qo'ydikki, go'yo shu marradan so'ng hammasi ajoyib bo'ladi.

Zinhor undoq emas. Biz hamon marra ustidamiz. Atrofga ko'zlarini kattaroq ochgan mo'min, musulmon Robbimizning cheksiz mehribonliklarini ko'radi: ota-onangizga bir yaxshi so'z ayting, ahlingizga marhamat ko'rsating, sizni band etgan narsa qanchalik muhimligini fikr eting. Qur'onni oching, o'qing. Ko'zlar yo'lda bo'lsa, dilda zikr nur sochsin. Kuyinayotgan, jon berib olishib talashayotganingiz ertaga qolib ketguvchi bir narsa bo'lsa, bu qadar bo'g'ilmoqqa hojat bormi?

Islom turmushiga quvonch, ro'zg'origa baraka, oilasiga ahillik, qalbiga halovat bermagan inson islomning ham, iymonning ham shartlarini mutlaqo bajarmagani shubhasizdir.

Zotan, Alloh ikki dunyoning saodati deya ato etgan Iymon va Islom unga amal etgan har bir odamni abadiy baxtiyor etishi isbot talab etmas haqiqatdir.

Ko'zlarimiz bu baxtiyorlik imkonini nega ko'rmaydi: silai rahmni tiklang, ixlos va sidqqa intiling, gunohlardan qoching, Allohdan so'rangki, U gunohlardan hammamizni omon saqlasin!

Bir g'ofil: “Allohga munojot va duo etib so'rash etarli emas, harakat kerak!” – debdi. Ey g'ofil! Sen qachon Robbingdan munojot qilib so'radingu, U seni noumid qo'ydimi? Sen qachon Allohga yig'lab qo'l cho'zdingu, U qo'llaringni quruq qaytardimi?

Allohga iymon Allohga muhabbat ila komil bo'ladi. Muhabbatsiz duo, muhabbatsiz ibodatda tama' bor, itoat yo'q, taslimiyat yo'q.

Allohdan so'ramoq bandalik odobi, berganiga shodlik ila rozi bo'lish muhabbatdir.

Iymon da'vosidamiz, muhabbatdan yiroq; ibodatdamiz, itoatdan yiroq!

Qaro zindonlarda Robbim, Robbim deb tillaring quriydi, ko'zlaring sahroga evriladi, dunyoni bir zindon kabi ko'rsaydingiz, Alloh degan yurakning dukuri ko'ksingizni teshgudek bo'lardi.

Allohim, iymonimizni muhabbating ila komil ayla! Bizga yaqiynu ixlos, sidqu taslimiyat ato et!

Gunohlardan omon et, tavba ber, tavbamizni qabul ayla!

Hidoyatingda sobit qil, bizni adashtirma!

Biz zaifmiz, bechoramiz, bizga rahm et, ey Rahmlilarning Rahmlisi!..

2020 yil, 21 may.

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube