O’zbekiston Xalq Harakati

MIRZIYoEV RUSIYaGA NIMALARNI VA'DA BERGAN EDI?

MIRZIYoEV RUSIYaGA NIMALARNI VA'DA BERGAN EDI?
21 Mayıs 2020 - 20:33 'da yuklandi va 1533 marta o'qildi.

O'tgan haftada ikki marta videochiqish qildim. Mirziyoev rejimining tarafdorlari, xususan, “Bi-Bi-Si” radiosi o'zbek xizmati jurnalisti va bir qator trollar har safar menga: “Koronavirus pandemiyasi payti shunday chiqish qilishingiz o'rinlimi? Buning mavridimi hozir?” qabilidagi savollar berishdi.

Bunday tuturuqsiz savollarga shu savol bilan javob qaytaraman:
O'zbekistonda koronavirus pandemiyasi avj olayotgan paytda Toshkentda rus bosqinchilari sharafiga butxona tiklashning mavridi edimi?

Mirziyoev hech narsaga qaramay, butxona tikladi-ku!

Bu savolingizni nega yangi “ota”ngizga bermaysizlar?

Pandemiya paytida Toshkentda sovetlarga bag'ishlab “G'alaba” parki qurish va u erga minglab odamlarni to'plab, “G'alaba” bayramini nishonlashning mavridi edimi?

Pandemiya paytida Mirziyoev o'zi chiqargan karantin qoidalarini buzib, tibbiy niqob taqmasdan, mashvaratga to'planganlar ham niqob taqish va masofa saqlash qoidalarini buzib, shodu-xurramlik qilishning mavridi edimi?

Bu tantananing vabo paytidagi ziyofatdan nima farki bor?!

Yoki Shavkat Mirziyoevning kichik kuyovi Otabek Umarov tug'ilgan kunini oddiyroq nishonlasa bo'lmasmidi? 650 ming dollarlik sovg'ani rad etsa bo'lmasmidi?!

“O'zbekistonda rasmiy til rus tili bo'lishi kerak!” ma'nosidagi haqoratli bayonot bilan chiqqan Mariya Zaxarova ham O'zbekistonda koronavirus pandemiyasi tugashini kutib o'tirmasadan bizga hujum qildiku !

Yangi “doda”ngiz Shavkat Mirziyoevning himoyasiga otlanarkan ozgina o'ylanglar, hukumatparast trollar!

Endi Shavkat Mirziyoevning Rossiya prezidenti Vladimir Putinga bergan va'dalarini ochiqlayman.

Avvalo shuni aytish kerak. Mirziyoev bu va'dalarini 2015-2016 yillarda, ya'ni hali Bosh vazir bo'lib ishlayotganda bergan.

Bu va'dalarning eng kattasi, agar Kreml Mirziyoevga prezident Islom Karimovning taxtini egallashda ko'maklashsa, O'zbekistonni Rossiyaga to'la bo'ysundirib berish va'dasi edi.

Bu va'daning oltita moddasi bor:

  1. O'zbekiston davlat idoralarining nomlari va ishlash tizimlarini to'la to'kis Rossiya nomlari va tizimiga uyg'unlashtirish;
    Mirziyoev bu va'dasini qanday bajarayotganiga avvalgi chiqishimda misollar keltirgandim. Ichki ishlar idoralari, prezident devonining nomlarini Rossiyadagi analogik idoralar nomlariga moslab o'zgartirganini aytib o'tgandim.
  2. O'zbekistonda rus tilini ikkinchi davlat tiliga aylantirish; Bu va'dasining ustidan chiqish yo'lida Shavkat Mirziyoev Toshkentda yana ikki rus oliy o'quv yurtining filialini ochdi.
    Faqat hali rus tiliga ikkinchi davlat tili maqomini bera olmayapti. Rossiya tashqi ishlar vazirligi spikeri Mariya Zaxarova o'zining haqoratomuz bayonotida “o'zbek tarafining va'dalari” deganda aynan shu va'dani nazarda tutgan edi. Aniqrog'i, bu va'daning bajarilishi cho'zilib ketayotganiga norozilik bildirdi.
  3. O'zbekistonni Rossiya hukmronligidagi Evro-Osiyo Iqtisodiy Ittifoqiga olib kirish;
    Shavkat Mirziyoev bu va'dasining ustidan chiqish uchun qanday jon kuydirayotganini bugun hamma ko'rib turibdi. Xalq va faollar u yoqda tursin, hatto iqtisodchi ekspertlarning va shu Ittifoqdan jabr chekayotgan Qirg'izistonning ogohlantirishlarini ham bir tiyinga olmayapti. Chunki Volodya akasiga va'da berib qo'ygan.
  4. O'zbekistonda Rossiya atom elektr stantsiyasini qurish; Bu yo'lda Shavkat Mirziyoev Putin bilan birga qurilish ishlari boshlanganligini bildiruvchi ramziy tugmani ham bosdi. Volodya akasiga bergan va'dasining ustidan chiqish uchun Shavkat Mirziyoev xalqning qarshiligiga parvo qilmayapti.
  5. Rossiya atom elektr stantsiyasini qurish bahonasida, go'yoki, “xavfli qurilish ob'ektini va bitkazilgan AESni qo'riqlash maqsadida” O'zbekistonda Rossiya harbiy bazasini joylashtirish va'dasi;
    Shu erda muhim bir gapni aytib o'tishim kerak.
    Mirziyoevning ham, Putinning ham AES qurishdan ko'zlagan asosiy maqsadlari bu ob'ektni qurish emas, uning bahonasida, ya'ni, go'yoki, uni qo'riqlash uchun O'zbekistonga Rossiya xarbiy kontingetini olib kirish va joylashtirishdir. Boshqacha qilib aytganda, Rossiya O'zbekistonda AES qurmasligi ham mumkin, lekin shu qurilish bahonasida harbiy bazasini joylashtirishi aniq.
    Agar Mirziyoev ana shu xoinona niyatiga etishsa, u nafaqat O'zbekiston, balki Tojikistonni ham, Turkmanistonni va Qozog'istonni ham Rossiyaning rahinasiga aylantiradi.
    Chunki AES qurilishi mo'ljallanayotgan Jizzax viloyatidagi Forish tumani Turkmaniston, Tojikiston va Qozog'istonga yaqin hududda joylashgan. Bu bo'lga Rossiya harbiylari uchun tojiklarga , turkmanlarga , qozoqlarga qurolli tahdid qilish bobida strategik ahamiyatga ega .
    Kremlning “kukla”si bu rejasini amalga oshirsa, nafaqat O'zbekistonni, balki butun Markaziy Osiyoni Rossiyaga qaram qilib beradi.
  6. O'zbekistonda Rossiyaning harbiy bazasini joylashtirib bo'lgach, respublikani yangi formatdagi SSSRga, ya'ni yagona davlatga kiritish.
    Putin hukumatining asosiy maqsadi shu. Kreml' Mirziyoevni aynan shu siyosiy avantyurani amalga oshirish uchun Islom Karimovning o'rniga iqtidorga olib keldi.
    O'lgan “ota”si va “doda”si Karimovni unutib, Mirziyovni o'ziga yangi “ota” va “doda” qilib olganlar “Mirziyoev Putinga shu va'dalarni berganda Siz ustida turganmidingiz?!”, deyishlari mumkin.
    Odam biror voqea haqida xabar berishi uchun o'sha voqeaning ustida turishi shart emas.
    Qo'limda etarli dalillarim bor.

Lekin sizlar ularni ham soxtaga chiqarishingizni bilaman. Chunki sizning toifangiz Payg'ambar oyni ikkiga bo'lib ko'rsatganda ham ishonmagan toifa.

Rossiya tashqi ishlar vazirligi spikeri Mariya Zaxarovaning o'zining haqoratomuz bayonotida: “O'zbek hukumati rus tili maqomini oshirish haqida Rossiya vakillari bilan muzokaralar olib borgan” , deb ochik aytayapti.
Mariya Zaxarova qanday muzokaralarga sha'ma qildi?
U nazarda tutayotgan va'dalarni o'zbek hukumatidan kim bergan?

Bugun Putin bu jasorati uchun Zaxarovani orden bilan mukofotladi!!!!

“O'zbekistonda rus tilining rasmiy maqomini oshiramiz” degan va'dani rus hukumatiga prezident Shavkat Mirziyoev berdi. Chunki bu masalalar faqat uning vakolatiga kiradi.
Mariya Zaxarova aynan Shavkat Mirziyoevga “va'dangni bajar” deb hayqirdi.

Esingizda bo'lsa kerak, 2019 yil dekabr' oyida Rossiyaning boshqa bir mulozimi Valentina Matvienko Toshkentga qilgan safaridan so'ng Moskvaga borib: “O'zbekiston 2020 yilning fevral' oyida Evro-Osiyo Ittifoqiga a'zo bo'ladi! O'zbek hukumati shunga va'da berdi”, degandi.
O'zbek hukumati nomidan bunday siyosiy va'dani kim berishga qodir?

Tashqi siyosatni belgilash va yuritish vakolatlari Shavkat Mirziyoevning qo'lida. Va bu va'dani Mirziyoev berdi.

Yana bir muhim xusus: 2017 va 2018 yillarda prezident Shavkat Mirziyoev xorijiy safarlarga chiqqanida Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev va Tashqi josuslik xizmati raisi Sergey Narishkinlar Toshkentga safar qilishdi.

Safar paytida bu ikkalasi Toshkentga kelishib, O'zbekiston Xavfsizlik kengashining yig'ilishlarini o'tkazib, o'zbek kasbdoshlariga ko'rsatma berib ketishdi. Xa, aynan ko'rsatma berishdi!

Bu tashriflar va sharmandali majlislar ham prezident Shavkat Mirziyoevning itoatkorona ijozati bilan amalga oshirildi.
Bir mamlakat rahbari xorij safariga chiqqanida ikkinchi bir mamlakat josuslik xizmati yoki xavfsizlik idorasi rahbarlarining birinchi mamlakatga kirib kelishini kaerda ko'rdingiz?

Bu intsident o'zini suveren deb atagan bir o'lka uchun sharmandalikdir!

Bu hatti-harakatlari bilan Mirziyoev nafaqat O'zbekiston hukumatini, balki o'zbek davlatini ham dunyoga sharmanda qildi!
Xalqning vassalga yalinishi befoyda.

Chunki vassal xalqning emas, uni taxtga o'tqazib ketgan xo'jayinining aytganini qiladi.

Xalq bu vassalni ketkazib, o'rniga xalqning dardiga davo topadigan shaxsni iqtidorga keltirsagina, o'lka bu og'ir vaziyatdan chiqib ketishi mumkin. Buning uchun xalq keyingi saylovlarda o'zi istagan odamning saylanishiga erishishi kerak.

Men sobiq Bosh vazir, bugun O'zbekiston hukumatini boshqarayotgan Shavkat Mirziyoevning Putinga bergan asosiy olti va'dasiga to'xtaldim.

Mirziyoevni shunday va'dalarni berishga nima majbur qilgan edi?

Nega u Kremlning butun shartlariga rozi bo'lgandi?

Bu xususda yanagi chiqishlarimizda gapiramiz inshaAlloh.

Muhammad SOLIH

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Abdiputin ;

    Putin bilan muzokara qilmagan IAK ni olib tashlay olmagan millat, biqinidan tutib lablaridan bo'sa olib turgan Putun quchog'idagi ShMM ni yulib olib uloqtira olarmidi!

    21/05/2020 21:21
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube