O’zbekiston Xalq Harakati

“Payg'ambarlar tarixi” kitobi va uning tuzuvchisi haqida

“Payg'ambarlar tarixi” kitobi va uning tuzuvchisi haqida
21 Mayıs 2020 - 23:21 'da yuklandi va 790 marta o'qildi.

Bismillahir rohmanir rohiym

Mana, qo'limizda Muhammad Solih tayyorlagan, O'zbekiston tarixida va o'zbek tili tarixida ilk bor chop etilayotgan 4 jilddan iborat “Payg'ambarlar tarixi” kitobini tutib turibmiz.

Bungacha o'zbek tilida butun payg'amabarlar tarixi bunday to'la va yaxlit shaklda hech chop etilmagandi. Bu yo'nalishda o'zbek tilida kichik hajmdagi Rabg'uziyning (13-14 asr) “Qissasul anbiyo” va Alixon To'ra Sog'uniyning (1885-1976) payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v) tarixiga oid “Tarixi Muhammadiya” kitoblari mavjud edi, xolos.

Muhammad Solih tayyorlagan bunday bir kitob esa bugungi kunda faqat O'zbekistonda emas, sobiq Sovet Ittifoqi hududida ham hech bir tilda mavjud emas.

Butun payg'ambarlar tarixini qamrab olgan ushbu kitobning o'zbek tilida paydo bo'lishini o'zbek jamiyati ma'naviy hayotida so'nggi yillar ichida yuz bergan eng katta voqealardan biri, deyish mumkin.

Aslida, xalqimiz ma'naviyati uchun ulkan ahamiyat kasb etgan bunday kitoblar xorijda emas, balki, mamlakat ichkarisida, O'zbekistonning o'zida chop etilishi kerak edi. Ramziy ma'no tashigan bunday favqulodda voqe'likni hatto (shunday vaziyatning yuzaga kelishida asosiy rol' o'ynagan) diktator Karimovning o'zi ham ilg'agan, shekilli, majlislardan birida u mulozimlariga qarata: “Mamlakatdan oltin boshlar chiqib ketib, faqat oltin tishlar qolgan ko'rinadi, a?”, deya zaharxanda qilgan ekan.

Taassuflar bo'lsin-ki, bugun o'lkamiz asrlardir sharaf bilan ko'tarib kelgan o'zining “Ma'naviy O'choq” maqomini yo'qotib, o'rniga “Ma'naviy Krematoriy” maqomini oldi, o'lkadagi ma'naviyat tom shaytoniy bir reja bilan, iblisona bir izchillik bilan kuydirilmoqda, mahv etilmoqdadir. Shu ma'noda, vatanimiz bugun ma'naviyat tarqatishdan ko'ra, o'zi ma'naviyatga muhtoj bir mintaqaga aylanib qoldi, desak, sira lof bo'lmaydi.

Bunday sharoitda “Payg'ambarlar tarixi” singari kitobning xorijdan O'zbekistonga kirib borishini faqat zulmatga yo'nalgan bir nur sifatida baholash mumkin.

“Payg'ambarlar tarixi” kitobining ahamiyati

Payg'ambarlar tarixiga insoniyat tarixining bir parchasi deb emas, balki, aksincha, butun insoniyat tarixiga Payg'ambarlar tarixining bir parchasi deb qarash to'g'ri bo'ladi. Chunki, dunyo xalqlarining tarixi, madaniyati, ma'naviyati va falsafasi u yoki bu shaklda doimo din atrofida aylangan va davlatchilik asoslari va g'oyalari doimo diniy zaminlarga qurilgandir. Insonlar zamonlar osha kibr bilan pisanda qilib kelgan Ilm va Taraqqiyot tantanasi, aslida, Allohning bitmas-tuganmas qudrati va inson ko'zi uchun abadul-abad ochilmas sir-asrorlariga o'qilgan madhiyadan boshqa narsa emasdir. Ilm-fan yuksalgani sayin insonlar Allohning haqiqatiga tobora yaqinlashmoqdalar, bugun ilm-fan sohasida o'tkazilayotgan eng so'nggi tadqiqotlarda “xudo” so'zi (“xudoning zanjiri”- «god particle») bejiz ishlatilayotgani yo'q.

Ushbu kitobda Qur'oni karimda nomlari zikr etilgan barcha payg'ambarlar kechmishi haqda hikoya qilinadi. Tarix Odam alayhissalomdan boshlanib, Muhammad sallallohu alayhi vasallam hayoti bilan yakunlanadi. Kitobning uchinchi va to'rtinchi jildlari payg'ambarimiz Muhammad sallalohu alayhi vasallam tarixiga bag'ishlangan bo'lib, bu tarix eng mufassal shaklda yozilgandir.

Kitobdagi ma'lumotlar Qur'oni karim oyatlari, Hadislar, Payg'ambarimizning ashob va tobiinlari bergan guvohliklar va islom dunyosining buyuk allomalari asarlaridan to'plangandir.

Kitobdagi har bir payg'ambar tarixi yakunida keng bibliografik manbalar ro'yxati berilgandir, keltirilgan bibliografik manbalar soni shu qadar ko'pki, ba'zi hollarda matnning har ikki yoki uch satriga bittadan manba ko'rstailadi va bu jihat kitobning ilmiy bazasi naqadar mustahkamligini namoyish qilib turadi. Kitobning zamonaviy o'quvchi tarafidan iste'mol qilinishi nuqtai nazaridan, texnik jixatdan yana bir ustunligi – uning shu mavzudagi tarixiy asarlarga xos bo'lgan arxaizm va eskirgan, zerikarli, jimjimador ta'rif uslubidan holiligidir.

Kitobning tuzuvchisi haqda

“Payg'ambarlar tarixi” kitobining o'zbekcha tayyorlab, chiqarilishi – jamiyatimizning ma'naviy hayotida o'pqonday qorayib turgan kemtikni to'ldirish yo'lida otilgan katta odimdir. Shu ma'noda, bu kitobni bir maksimalist insonning qilgan eng xayirli ishi deb hisoblash mumkin.

Nega maksimalist?

1980 yillarning boshlarida yozuvchi Temur Po'latov menga Muhammad Solihning shaxs va ijodkor sifatini xarakterlaydigan o'z kuzatishini aytib qoldi: “Solih fanatik ekan-ku, nashriyotlardan birontasi ham uning Frants Kafkani tarjima qilib, chop etish haqdagi taklifini qabul qilmagan bo'lsa ham, u: “men Kafkani baribir tarjima qilaman”, deb tarjimada davom etyapti”, degandi o'shanda Temur Po'latov.

Aslida, Muhammad Solihni bilganlar uchun uning bu “fanatik”ligi hayratlanarli bir narsa emas, chunki, Sovet davrida “zamon senga boqmasa gar , sen ham boqma zamonga” deya she'r yozgan bir insonning boshqacha yo'l tutishini tasavvur qilish qiyin. Ezgu ishlarga yo'nalgan bunday “fanatik”lik, yurtimizda nodir va o'rnakka arzigulik bunday “mutaassiblik” Muhammad Solih hayoti va ijodining yorqin qirralaridan biridir. Muhammad Solih xarakteridagi bunday maksimalizm u vatanini tark etishga majbur bo'lib, dunyo keza boshlaganida ham yo'qolgani yo'q. U muhojirlikda o'z siyosiy faoliyatini davom ettirib, o'lkamizda hukm surayotgan mustabid tuzumga qarshi kurashar ekan, ayni paytda, bu kitoblarning chop etilishi va O'zbekistonda tarqatilishiga deyarli hech qanday umid bo'lmagan eng og'ir paytlarda ham, o'z siyosiy maqolalarini yozish barobarida hech ikkilanmay, Musannif Ahmad Ziyovuddin Gumushxonaevining “Hadislar daryosi” (Ramuz-al-ahodis) kitobi tarjimasiga qo'l urdi va uni muvaffaqiyatli tarzda yakuniga etkazdi.

Alloh “Payg'ambarlar tarixi” kitobini tuzgan va bu ishga bosh qo'shgan boshqa barcha birodarlardan rozi bo'lsin.

Maqsud Bekjon
shoir

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube