O’zbekiston Xalq Harakati

Bayonimiz maqsadi va duo iltimosi

Bayonimiz maqsadi va duo iltimosi
22 Mayıs 2020 - 10:27 'da yuklandi va 638 marta o'qildi.

Akrom MALIK

RAMAZON KUNDALIGI

BAYoNIMIZ MAQSADI VA DUO ILTIMOSI
(Yigirma to'qqizinchi kun)

Har ishda bir qasd bo'lishi tabiiy va bu shartdir. Maqsadsiz amal ildizsiz daraxt, o'zansiz daryo kabi bo'lib, undan biror manfaat hosil bo'lmaydi.

Kamina Ramazon oyining fazli boshqa oylarga nisbatan ziyoda ekanligi uchun bu oyda yozilgan satrlar, olingan ilm, umuman, har xayr amal niyatga muvofiq Allohning nazdida maqbulroq va ajri ko'proq deb aminman. Chunki Ramazon oyidagi xayrli amallarning savobi ko'paytirib berilishi va'da etilgan.

Shuning uchun “Ramazon kundaligi” nomi ostida mazmunan bir-birini to'ldiruvchi maqolalar yozish istagi besh yillar ilgari tug'ilgan edi.

Bu borada urinib, she'r yoki uch-to'rtta narsalar yozganman. Ammo qandaydir sabablar ila bu ishlar har safar yakuniga etmay qolardi.

Alloh taolo meni qamoq bilan sinadi va bu sinov ko'zimga haq bilan botilni ajratib ko'rsatib berdi. Robbimning yordami ila aytadigan gapimni, yuradigan yo'limni va qiladigan ishimni qat'iyan aniqlab oldim: aytadigan gapim – yaxshilikka chorlash, yomonlikdan qaytarish; yuradigan yo'lim – din ilmi; qiladigan ishim – din ilmini o'rganish, amal qilish va etkazishdir, in shaa Alloh. Din ilmi bir ummon, ikki dunyo saodatining kalitidir. Bu masalada juda zaif ilmi tolibman. Shunday bo'lsa-da, ushbu bitiklardan, avvalo, ilm takrorini murod etdim. Ikkinchidan, yozish – insonning o'zi bilan suhbatlashmog'idir.

Yozish orqali fikrlanadi, miya va qalbdagi narsalar tartibga solinadi. Uchinchidan, yozilgan matnlar bir eslatma o'laroq muhrlanadi, har safar unga qarab, niyat va amallar haqida o'z eslatmangni olasan. To'rtinchidan, yozganimiz matnlar kimgadir manfaat bersa, biror insonning, mo'min, musulmonning tafakkuriga, xayr amaliga turtki bo'lsa, ana shu ulug' natijadir.

Ushbu sanalgan sabablar ila Ramazon kundaligini Robbimning yordamida yozib tugatdim.

Bu maqolalarning hajman qisqaligi zamondosh o'quvchilarning toqatidan kelib chiqqan holda belgilandi.

Mavzularda baholi qudrat bugunimizning dolzarb muammolari qalamga olindi.

Ifodamizdagi biroz murakkablik, avvalo, muallif mushohadasi, qolaversa, fikrni siqiq va ta'sirchan ifodalashga urinish mevasidir.

Matnlarni o'qish, tushunish va singdirish ixlosli insonlarning nasibasidir, in shaa Alloh.

Ishning muvaffaqiyati Alloh taoloning marhamatidan, nuqsonlari kaminaning ilmsizligi, taqvosizligidan va boshqa ko'plab gunohlaridandir.

Robbim gunohlarimizni satr etsin va kechirsin!

Basharti, mutolaadan so'ng duoga munosib bilsangiz, mening qiziqqonligim, jaholatim, shoshqaloqligim ortidan ko'p aziyat tortib kelayotgan, dinim, dunyoyim va oxiratim uchun qayg'uradigan ustozim, Iymon va islomni tanitgan, hamon qamoqlarga men uchun oziq-ovqat va hakozo tashib yurgan qiblagohim Abdulhamid hoji Abdulxoliq o'g'lining haqlariga duo qiling.

O'zboshimchi o'g'lining ozorlariga, oylab diydor ko'risha olmay alamli firoqiga sabr etayotgan, duogo'y mushtipar Volidamizning haqlariga duo qiling. Robbim ularning ajrlarini ziyoda qilib bersin, ofiyat ato etsin!..

So'ng shu kamtarona bitiklarni qo'limizdan olib, Siz, aziz mushtariylarga etkazib bergan, ismlarining zikr etilishini istamagan yaqinimni xayr duoda eslagaysiz.

Bu bir xayr ishning avvali bo'lsin, in shaa Alloh. Robbim bizga ilm bersin, husni amal bersin, ilmdan hammamizni, millatimizni va xalqimizni manfaatlantirsin!

Amiyn!

2020 yil, 22 may.

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube