O’zbekiston Xalq Harakati

Munojot noma

Munojot noma
23 Mayıs 2020 - 16:38 'da yuklandi va 332 marta o'qildi.

Akrom MALIK

RAMAZON KUNDALIGI

MUNOJOT NOMA
(O'ttizinchi kun)

Ey olamlarning Robbisi! Hamd Seniki, mulk Seniki, eng go'zal ismu sifatlar Senikidir.

Ilohim, hukm Seniki, hikmat Seniki, qudrat Seniki, rahmat Senikidir.

Ilohim, qarshingda aftodahol qulingman, boshi egik, elkasida gunohlar tog'i…

Ilohim, borim ham, yo'g'im ham Senikidir. Yo'q edim, bor etding, go'dak edim, ulg'aytding, zaif edim kuch berding. Adashsam, to'g'ri yo'lga chorlading, isyon qilsam, rahm ko'rgazib tavba imkonini ato etding. Xato qilsam, uni tuzatish yo'lini ko'rsatding. Orzu-havaslarga ko'milganimda, bu qabrdan olib chiqib, jahonga nazar soldirding.

Ilohim, haddimdan oshsam, haddimni bildirding. O'zimdan ketsam, o'zimga keldirding. Yig'lasam, ko'zyoshimni Sen berding. Sinov yuborib, bardoshimni Sen berding.

Ilohim, O'zingni tanitding, iymon berding, islomning ichida qilding.

Ilohim, o'zimni ojiz sezsam, kuch berding. O'zimni kuchli desam, zaifligimni bildirding.

Ilohim, ichimga bir olov solding, bu olov yonib, o'zimni kuydiray deganda hikmat suvi ila uni o'chirding.

Ilohim, hayotimni O'zing berding, uni Senga boradigan yo'lga evirding. Bu yo'l qachon tugaydi, bilmasman, ammo yakunida qoshingda roziligingga erishgan quling bo'lishni istayman.

Ilohim, menda na xayr ishga rag'bat, na quvvat bor! Qalbimga ma'ruf amallar uchun g'ayrat sol, bu amallarni bajarmoq uchun quvvat ber!

Ilohim, bugun qo'llarim kishanli deyishga uyalaman.

Ilohim, bugun menga erk ber degani hayo qilaman.

Ilohim, Senga itoat, Seni zikr qilish ishim bo'lsayu, Sendan bu narsalarni qandoq so'rayin?!

Ilohim, Seni Ilohim desamu, bergan qismatingga rizo bo'lmasam, bu bandalik deb atalurmi?!

Ilohim, g'azabingdan qo'rqaman, rahmatingni ber!

Ilohim, sinovlaringdan qo'rqaman, hikmatingni ber!

Ilohim, gunohkorlikdan qo'rqaman, tavbayu istig'for ber!

Ilohim, o'lim achchig'idan, qabr azobidan, Hashrda sharmanda bo'lishdan, jahannamda yonishdan qo'rqaman, o'limimni engil qil, qabrimni jannatdek qil, Mahsharda soyangdan soyalantir, jahannamdan salomat saqla!

Ilohim, Senga shirk keltirishdan omon et!

Shaytonning sharridan, nafsning vasvasasidan asra!

Ilohim, na o'zimni, na so'zimni bilaman. Na o'zimdan, na so'zimdan ogohman! Hidoyatingdan og'dirma, adashtirma, bir on ham o'z holimga tashlab qo'yma!

Ota-onamga, xeshu aqrabomga, jamiki ummati Muhammadga (sollallohu alayhi va sallam) najot ber, ikki dunyo yaxshiligini ber!

2020 yil, 23 may.

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube