O’zbekiston Xalq Harakati

“PARALLEL DUNYo”DAN XABAR

“PARALLEL DUNYo”DAN XABAR
24 Mayıs 2020 - 20:08 'da yuklandi va 811 marta o'qildi.

O'zbekiston voqeligida meni eng ko'p hayratga soladigan narsa – Tarix va Bugungi kun o'rtasidagi paralleldir.

Men bu paraleldagi takroriylikdan emas (zotan, o'lkamizda zulm takroriyligi an'anaga aylangan) balki, bu parallellarning bir-birini umuman “ko'rmasligi”dan hayratlanaman.

Masalan, hukumat tomonidan moliyalashtirilgan axborot vositalarida o'tgan asrning 30 yillarida yashab o'tgan o'zbek yozuvchi va shoirlariga nisbatan o'tkazilgan qatag'on va qatliomlar haqida otashin ma'ruzalar qilinar ekan, ayni bu ma'ruzalar fonida zamonaviy shoir va yozuvchilar ham xuddi o'shanday “g'ayrat” bilan qatag'on qilinayotganini hech kim “ko'rmaydi”.

Go'yo bu zulmlar “parallel dunyoda”, arvohlar dunyosida amalga oshirilayotganday…

Bugun O'zbekistondan, aniqrog'i, “Parallel dunyo”dan olgan xabarlarimizga ko'ra, muxolifat lideri shoir Muhammad Solihning she'rlarini o'qigan yosh ijodkorlar Davlat Xavfsizligi Xizmati idorasi xodimlari tarafidan, so'roq qilnmoqda, do'q-po'pisalar bilan qo'rqitilmokda, ularga “seni Akrom Malikning yoniga tiqib qo'yamiz,” deb tahdidlar qilinmoqda.

Bu xususda bir hafta oldin “Adabiyot manzaralari jurnali” sahifasida bir yosh shoirning maqolasi xam e'lon qilingandi. Buni o'tkinchi voqea deb o'ylagandik. Ammo O'zbekistondan bugun olingan xabarlarga ko'ra, bu repressiv harakatlar tendentsiya holini olmoqda.

Bu yosh ijodkorlar Muxammad Solihning she'rlarini va yoki kitoblarini tarqatgani uchun emas, balki, o'z uylarida bir-ikkita do'st yig'ilib, uning she'rlarini o'qiganlari uchungina tazyiq ostiga olinmoqdalar.

37 yillardan bugungi katag'onlarning yagona farqi – Stalin paytida shoirlarning o'zlari qatag'on qilingan bo'lsa, bugungi o'zbek hukumati o'z yurtidan quvg'in qilingan shoirning she'rlarini o'qigan insonlarni qatag'on qilmoqda.

Ya'niy, bugungi hukumat o'z “ustoz”laridan ham o'tmoqda.

Biz bu yangi hukumat raxbariga ancha umid bilan qaragan edik, uning I.Karimov razolatini takrorlamaydigan darajada fikr sohibi bo'lsa kerak, deb o'ylagandik.

O'zbekistonda boshlangan bu repressiv harakatlardan inson huquqlari himoyachilarining xabari bormi, ajabo?

MAQSUD BEKJON
24.05.2020

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube