O’zbekiston Xalq Harakati

KALLAKLANMAGAN JASORAT

KALLAKLANMAGAN JASORAT
25 Mayıs 2020 - 17:59 'da yuklandi va 659 marta o'qildi.

(Tengqurlarimga murojaat)

Hafta burun, maslakdoshim Jontemir o'zining sahifasida “Shoir jinoyatchi, she'r o'qish jinoyat emas!” deya chiqish qilarkan bugun kamina shu sarlavhani biroz tahrir qilmoqni ma'qul ko'raman.

She'rxonlik – jinoyat, ShOIR – jinoyatchi emas!

Takror aytaman: qonunlarimizda she'r o'qish, yozish yoxud she'riyat gulhani atrofida ruhiyatni isitib suhbat uyushtiradiganlar uchun jazo belgilanmagan. Shunga qaramay bir necha oydirki kamina atrofimdagilarning xotirjamligi buzilmasligi uchun “haddimni bilib” sukut saqlab keldim. Ya'ni o'zimga qarshi harakatga kelgan kuchga nisbatan reaktsiyaga kirmagan edim. Meni so'roq qilganlarning tilidan qaysiki do'stning nomini eshitgan bo'lsam, o'sha kuniyoq u odam bilan bog'lanib, vaziyatni tushuntirdim. Ularning har biridan “Feyzbukka kirib meni bloklab qo'ying” deb iltimos qildim. Chunki bo'lib o'tgan suhbatdan so'ng messenjerim ochib, o'rganib chiqilganiga ishonch hosil qilgan edim. Bu ham bo'lsa shunchaki, ehtiyot shart uchun. Aslida, juda xotirjam odamman. Axir kimdan, nimadan qo'rqishim kerak?! Ranjiganim, bir gal qo'ng'iroqda maslakdoshning: “Nega mendan ko'p xavotir olyapsiz? Har gal qo'ng'iroq qilganda “Sizni hech qaerga chaqirtirishmayaptimi?”- deb so'rayapsiz. Rostini ayting, “quloq” emasmiz?! ” degan gapi bo'ldi. Ishonchim komilki, u bu gapni hazil tariqasida, do'stona bir kayfiyat bilan, tegishib aytdi. Baribir, do'stning do'stona munosabati ham bir necha kun hamiyatimga tegib yurdi.

Gapni indallodan boshlamaganim uchun ma'zur tutgaysizlar. Men kabi yosh ijodkorlar bilan hukumatning ehtiyot kuchlari qiziqib qolganliklarining markazida men turibman. Ehtimol Jontemir va nomini ochiqlamaganim (ammo mendan keyin viloyat ichki ishlar idorasiga chaqirtirilib so'roq qilindi) shoir ukamiz ham bordir. Men qilgan ayb, ehtimol “jinoyat” o'z sahifamda erk partiyasi lideri, muxolifatdagi shoir Muhammad Solihning 1987 yilda yozilgan (!!!) ikki she'rini joylashtirganimda ekan. Men u she'rlarni sahifamda post qilib joylar ekanman, she'rlar ostida izoh qoldirib, jumladan: “Mustaqillikka erishilmagan senzurali bir davrda, bunday she'rlarni yozishlik qahramonlikdir!” degan ekanman. Kamina bilan birinchi marta so'roq o'tkazilarkan, “Sizningcha, Muhammad Solih yaxshi shoirmi?”- degan savolga: “Muhammad Solihni she'rlari orqali tanir edim. Keyinroq u bilan feysbukda bir-necha bor (tag'in chuqurroq kirishilgan so'roqlardan keyin) besh-olti marta adabiyot xususida suhbatlashganmiz. Men yaxshi she'rning ta'mini biladigan bir adabiyotchi deylik, shoir sifatida Muhammad Solihni o'zbek she'riyatidagi ulkan figura deb bilaman. Zamonaviy o'zbek she'riyatini Muhammad Solih she'rlarisiz tasavvur qilaolmayman. Ayni hozir, shu erda o'tirib o'z himoyam uchun shoir ijodini kamsitib, erga urib gapirish kerak bo'lsa men jazolanishga tayyorman!”- degan edim.

Bir gal prezident: ” Muxolifat ichkarida shakllanishi kerak”- degan edi. Agar yurtboshi “ichkarida” deganda ikki daryo orasidagi Aziz yurtni nazarda tutgan bo'lsalar, unda men yuqoridagi murojaatim ortidan yana so'roq qilinmasligim, hech qaerga chaqirtirilmasligim lozim! Pirovardida boshqa do'stlar ham!

XOTIMA
Yuragiga ShE'R ekkan insondan qo'rqoqlikni izlamang. Sokinlikni sotqinlik deb xayol qilmang. Xomtama bo'lganingiz qoladi. Takrorki zinhor, yuraklardagi she'riyat mehrini yulib olishga intilmang, manfur qo'llaringizni cho'za ko'rmang! Er va osmonning jimligidan qo'rqing. Ertaga qaysi nomu-nishon bilan tarixga aylanajaksiz?! Ko'proq shu haqda xayol suring…

Rahmiddin ABRAEV
Shoir

facebook.com ijtimoiy tarmog'idan olindi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube