O’zbekiston Xalq Harakati

1924 yilgi milliy-hududiy chegaralanish va sovetlarning o'zbeklarni yakkalab qo'yishga intilishi

1924 yilgi milliy-hududiy chegaralanish va sovetlarning o'zbeklarni yakkalab qo'yishga intilishi
26 Mayıs 2020 - 12:23 'da yuklandi va 719 marta o'qildi.

1923–24 yillarda o'tkazilgan ma'muriy-hududiy chegaralanishdan ko'zlangan bosh maqsad – o'zbeklar davlatchiligiga bolta urish, ularning mintaqadagi madaniy, siyosiy hukmronligini yo'q qilish edi. Aslida o'zbeklarning ta'sirini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar O'rta Osiyo Chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi bilanoq boshlangandi. 1870-80 yillar mobaynida katta hududni egallagan Qo'qon xonligi tugatilib, uning hududi Rossiya imperiyasi tarkibiga qo'shib olindi. Xiva va Buxoro xonliklari yarim mustamlaka shaklida saqlanib qolgan bo'lsa-da, ularga tegishli bo'lgan hududlarning katta qismi Chor Rossiyasi tarkibidagi Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga o'tkazildi.

Birinchi Jahon urushidan so'ng Chor Rossiyasi o'rnida Sovet davlati qaror topgach, Markaziy Osiyo hududida qaytadan hududiy o'zgarishlar yuz berdi. 1918 yilda Turkiston general-gubernatorligi o'rnida Rossiya tarkibida Turkiston Sovet Muxtor Respublikasi tashkil etildi. 1919 yilda Rossiya tarkibida Qirg'iz (Qozoq) Sovet Sotsialistik Muxtor Respublikasini tashkil etildi. Hozirgi Qozog'istonning g'arbini egallagan ushbu respublika Markaziy Osiyoda sovetlar tomonidan tashkil etilgan eng birinchi milliy respublika bo'ldi. 1920 yilda Qizil Armiya qo'shinlarining Xiva xonligi hududiga bostirib kirishi natijasida xonlik tugatilib, Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tuzildi. Shuningdek, 1920 yilda Buxoro amirligi o'rnida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi ham tashkil etildi.

Ko'p o'tmay sovet rahbariyati Turkiston muxtor respublikasi, Xorazm va Buxoro respublikalarini tarqatib yuborib, ularning katta qismini Qozoq respublikasi va Turkman respublikasiga qo'shib berish, shuningdek, ularning bir qismida har bir millat uchun alohida milliy respublikalar – O'zbekiston, Qirg'iziston, Qoraqalpog'iston va Tojikiston tashkil etish haqida e'lon qildi. Sovetlarning har bir millat uchun alohida respublika va avtonomiyalar tashkil etishdan ko'zlagan maqsadi quyidagilardan iborat edi:

o'zbeklarni yakkalab qo'yish;

har bir etnos o'z tili va madaniyatini rivojlantirish uchun o'z hududiga ega bo'lishi haqidagi o'ziga jalb etuvchan takliflar bilan turkmanlar, qozoqlar, qirg'izlar, qoraqalpoqlar va tojiklarni o'z tomoniga og'dirib olish, ularni o'zbeklarga qarshi qayrash;

Islom bayrog'i (panislomizm), yagona Turkiston (panturkizm) g'oyalari ostida tub aholining jipslashuviga yo'l qo'ymaslik;

sovet tuzumiga qarshi ozodlik uchun kurash va bosmachilik harakati keng yoyilishini bartaraf etish.

Edvard Ollvortning fikricha, 1924 yilda o'tkazilgan milliy-hududiy chegaralanishdan ko'zlangan bosh maqsad, birinchi navbatda, o'zbeklarning O'rta Osiyo xalqlarini birlashtirish salohiyatiga barham berishdan iborat edi. Buning sababi shundaki, yuqorida qayd etilgan xalqlarni birlashtirish g'oyalari bevosita o'zbeklar bilan bog'liq edi. E. Ollvort bu haqda shunday deydi:

“O'zbeklar madaniy sohada ham, siyosiy sohada ham Markaziy Osiyoning janubiy qismida yuqori mavqega ega edi. Ruslar uchun o'zbeklar uch tomonlama xavf solar edi. (1) O'zbeklar Markaziy Osiyoning o'troq aholi yashaydigan mintaqalarida ko'pchilikni tashkil etardi va butun janubiy hududlarning ijtimoiy va madaniy hayotida faol ishtirok etardi. (2) Agar o'zbeklar o'zlari yashaydigan hududlarda siyosiy faoliyatni davom ettiraversalar, ular mintaqa ishlariga bundan buyon ham kuchli ta'sir ko'rsataverar edi. (3) Markaziy Osiyo xalqlariga nisbatan o'zbeklarda boshqa etnoslarni assimilyatsiya qilish imkoniyati katta edi. Bunday assimilyatsiya, pirovardida, o'zbeklar yashaydigan hududlar doirasini kengaytirar va o'zbeklarning son jihatidan salmog'ini yanada oshirar edi.

Aftidan, bunday omillar Rossiyaning va mustabid tuzumning Markaziy Osiyodagi missiyasiga raxna solar edi. Shu sababli ushbu masala 1917 yilning martidan keyingi o'n yillikda, Lenin va Stalin tomonidan ilgari surilgan Sotsial-demokratik ishchi partiyasining mafkurasi va siyosati yangi sovet hokimiyatining dasturiga aylangan kezda juda dolzarb masalaga aylandi. Moskvadagi rahbarlar o'zbeklarning ta'siri kamaytirilsa, Markaziy Osiyoni boshqarish osonroq bo'lishini va barcha etnik guruhlarni nazorat qilish imkoniyatlari keskin ko'tarilishini yaxshi fahmlar edi. Shu sababli avval mavjud bo'lgan uchta sub'ektni tugatib, Markaziy Osiyoni oltita ma'muriy birlikka parchalab tashlashni ko'zlovchi sovet siyosatida o'zbeklarni yakkalab qo'yish bosh maqsad qilib belgilab olindi”.

Birinchi milliy respublika bo'lmish Qozoq respublikasi panislomizmga qarshi qaratilgan bol'sheviklarning ilk loyihalaridan biri edi. “Turkiston va Rossiya Imperiyasi taqdiri” asarining muallifi Daniel' Brauer ruslarning qozoqlarga Chor Rossiyasi davridayoq xayrixoh bo'lganligi haqida shunday deydi: “Markaziy Osiyoda ruslar ikki xil muhim madaniy zonaga duch keldi. Ko'chmanchi qozoq va qirg'izlar katta hududni egallagan bo'lsa, o'troq xalqlar esa eng aholi zich mintaqalarga joylashgan edi. Kaufman “qirg'izlar” (ushbu termin odatda ruslar tomonidan ko'chmanchi xalqlarga nisbatan ishlatilgan) “tabiiy va hanuzgacha primitiv printsiplarga asoslangan o'ziga xos turmush tarziga” egaligiga ishonchi komil edi. “Primitiv turmush tarzi” yovvoyilikka yaqin xususiyatni kasb etishi mumkin edi, biroq, uning nuqtai nazaridan, bunday turmush tarzi o'zida Islom dinidan himoya qiluvchi kuchni mujassamlashtirardi. Uning real dalil-isbotlarga emas, balki batamom G'arb ijtimoiy nazariyasiga asoslangan qarashi bunday qoloq xalqlar murakkab dinga ega emasligini anglatar edi. “Ko'chmanchilar rasman Islom diniga rioya qiladi, aslida (ular) bu dindan o'zini chetga oladi va muayyan diniy e'tiqodga ega emas”. U qanday to'xtamga kelishi aniq va ravshan ko'rinib turgan edi. Islom dini dasht hududlarida (hozirgi Qozog'iston hududida) hukmronlik qilmasligi kerak. “Ushbu xalqlarning kelajagi Rossiyaning Turkistondagi Islom diniga nisbatan tutgan siyosatiga bog'liq”. U mustabid (kolonial) siyosat olib borish uchun etnik tafovutlarni bilish zarurligiga amin edi. Amaliy faoliyat doirasida rus kuzatuvchilari quyidagi xulosaga keldi: sartlar bu, eng avvalo, urug'-aymoqlarga bo'linishdan voz kechgan savdogarlar, hunarmandlar yoki dehqonlardir. Demak, G'arb andozalari bo'yicha sartlar Turkistonning tub aholisi orasida eng yuksak ijtimoiy mavqeni egallagan. Turkmanlar, qozoqlar va qirg'izlar insoniyat taraqqiyotining quyi pog'onasida joylashgan ko'chmanchilardir. Kaufmanning fikricha, agar ko'chmanchilar ma'muriy-hududiy jihatdan sartlarga yaqin hududga joylashtirilsa, ular fanatik, munofiq va poraxo'r mullalar, hojilar, avliyolar hamda darvishlarning “qurbonlariga” aylanadi. Shu sababli mintaqa viloyatlaridagi okruglar va tumanlarning ma'muriy chegaralarini tuzib chiqishda sartlar hamda qirg'izlarni (qozoqlarni) hududiy jihatdan qat'iy ajratish bosh maqsadga aylandi. Kaufmanning kolonial boshqaruvi (rus hokimiyati uchun adovatli bo'lgan) Islom dinini tiyib turish va tub xalqlarning hurmatini qozonish imkonini beradigan bilimlarga asoslangan edi. Buni ro'yobga chiqarish uchun u birinchi qadamni ushbu hudud va uning xalqlarining o'ziga xos noyob jihatlari bilan tanishishdan boshladi. So'ngra maxsus institutlar tuzildi va Rossiya hukmronligini o'rnatish uchun zarur bo'lgan siyosat yaratildi. Shundan keyin Turkistonni imperiyaning mustahkam hududiga aylantirishni boshlash mumkin edi”. Qozoq respublikasini tashkil etishdan ko'zlangan bosh maqsad – O'rta Osiyodagi Turkiston va Rossiyadagi Tatariston, Boshqirdiston, Qrim, Kavkaz kabi turk o'lkalari o'rtasida to'siq bo'ladigan hududni yaratish, Islom bayrog'i ostidagi g'oyalarning Turkistondan Rossiyaning turkiy musulmon o'lkalariga tarqalishining oldini olish edi. Arne Xaugen Qozoq dashtida ruslar tomonidan olib borilgan o'zgarishlar haqida shunday deydi: “Rossiya hukumati Markaziy Osiyoda tsivilizatorlik missiyasini cheklangan shaklda amalga oshirdi. Bir qancha rus maktablari ochildi va, eng asosiysi, ma'rifat yo'lida gazetalar chop etish yo'lga qo'yildi. Shunga qaramay, bu ehtiyotkorona yondashuv edi, chunki ruslarning ko'z o'ngida Islom dini dahshatli fanatizmni qo'zg'atishi mumkin edi. Islom dini asta-sekin o'z ahamiyatini yo'qotishiga umid bog'lab, u nazardan chetda qoldirildi. Din e'tiborga olinmadi va yakkalab qo'yildi hamda har qanday hujum Islom diniga emas, balki uning tashkiliy tuzilmasiga qaratildi. Chor hukumati yuritgan bunday siyosat, eng avvalo, Markaziy Osiyoning janubiga taalluqlidir. Qozoq dashtlarida vaziyat tubdan farq qilar edi. U erda janubdagiga nisbatan ruslar amalga oshirgan o'zgarishlar kuchliroq sezilar edi. Masalan, dunyoviy ta'lim dasturi Turkistonga nisbatan qozoq dashtlarida ancha kengroq joriy etilgan edi. Bu tez orada intellektual kamolotga etishishga va qozoq ziyolilarining paydo bo'lishiga olib keldi”.

Shuningdek Qozoq respublikasining tashkil etilishi O'rta Osiyodagi bosmachilik harakati Rossiyaning Tatariston, Boshqirdiston, Kavkazdagi turkiy musulmon o'lkalarga tarqalishining oldini olar edi. Sovetlarni milliy hududiy chegaralanish o'tkazishga majburlagan sabablar to'g'ridan-to'g'ri panturkizm, panislomizm hamda bosmachilik harakati bilan bog'liq edi.

Arne Xougen bu borada shunday deydi: “G'arb nuqtai nazariga ko'ra, bosmachilar chet ellik bosqinchilarga, ya'ni ruslarga qarshi milliy ozodlik kurashchilaridir. Boymirza Hayitning fikricha, bosmachilik milliy ozodlik kurashchilarining uyushgan sa'y-harakatini o'zida mujassamlashtirgan. U bunda Stalinning bayonotiga asoslanadi. Stalin bosmachilik harakati Markaziy Osiyo respublikalarini sovet hokimiyatidan ajratib olishni maqsad qilgan deb ta'kidlagan edi. Edvard Ollvort muayyan darajada, garchi ko'tarinki ruhda bo'lmasa-da, ushbu nuqtai nazarni qo'llab-quvvatlaydi. Ikkala qarashlarda ham bosmachilik harakati va milliy-hududiy chegaralanish o'tkazish siyosati o'rtasida bog'liqlik mavjud. Bosmachilik harakati yagona Turkiston yoki yagona Markaziy Osiyo uchun kurashni o'zida ifodalar edi, bu esa “bo'lib tashla va hukmronlik qil” g'oyasi nuqtai nazaridan o'ta nozik masala sanalar edi. Shubha yo'q, sovet tuzumi va bosmachilar o'rtasida kechgan hokimiyat uchun kurash ruslar va musulmonlar o'rtasidagi kurash sifatida baholanar, sovetlar buni yaxshi fahmlar edi. 1928 yilda muhojirlikda yashagan rus olimi – knyaz' Lobanov-Rostovskiy milliy-hududiy chegaralanish bol'sheviklar tomonidan bosmachilar qo'zg'oloniga qarshi ko'rilgan chora bo'lganligini e'tirof etgandi”.

Quyida G'arb tadqiqotchilari asarlaridan olingan parchalar taqdim etiladi. Ularda milliy-hududiy chegaralanish o'tkazishning barcha yuqorida qayd etilgan sabablarini isbotlovchi dalil-isbotlar keltiriladi.

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube