O’zbekiston Xalq Harakati

UChINChI YO'L YO'Q!

UChINChI YO'L YO'Q!
26 Mayıs 2020 - 15:55 'da yuklandi va 899 marta o'qildi.

Mashhur millarder Ilon Mask Saakashvili bilan uchrashdi. U Xitoydagi o'z ishlab chiqarishini Ukrainaga ko'chirishdan manfaatdor. Bu Evropa davlatlari uchun ham qulay. Uzoqdan emas shundoq yonidagi davlatda ishlab chiqarilgan, nisbatan arzon mahsulotlarni o'z bozorida ko'rish ular uchun, albatta yoqimli. Lekin bunday korxonalarning Ukrainaga kelishi uchun faqat xom-ashyo emas, huquqiy himoya ham kerak. Saakashvili komiteti esa ana shu huquqiy asosni yaratmoqda. Ukraina bojxona, soliq, kuch ishlatar tizimlari qayta qurilib korruptsiyadan tozalanmoqda. Eng muhimi, davlatchilik asosi bo'lgan sud tizimini butunlay sog'lomlashtirishga kirishilmoqda. Chunki, qonunlar ishlamas ekan investor mamlakatga qadam bosmaydi.

Bizda esa investor va tadbirkor qon qaqshayotganini aytmay qo'yaqolaylik… Turkiya, Rossiya va boshqa davlatlarda charter reyslarda uchishda elchixonadagi qonunsizlik, tanish-bilishlikdan charchagan odamlar, hatto shundoq qo'shnisi Qirg'iziston elchixonasi o'z odamlarini qabul qilayotgan, dardlarini eshitayotgan bir sharoitda o'z qavmidan bekinib, eshiklarini bekitib, telefonlarini o'chirib olgan elchixona xodimlari haqida nima desa bo'ladi. Moskvadagi elchixona xodimlarini ko'chada quvib yurgan odamlarga nima deysiz? Nima O'zbekiston tashqi ishlar vazirligi bu sharmandali manzaraga shu qadar befarqmi, ko'zi ko'r, qulog'i karmi?!

Ma'lum bo'ladiki, bu vazirlikni allaqachon xalq dardidan begona, harom boylik orttirgan, institutni ham pul bilan bitirgan, vatan tuyg'usidan, iymon, or-nomusdan mosuvo bo'lgan odamlarning farzandlari egallab olgan. Ular elchixona oldida haftalab turgan nogironlarni, homilador ayollarni, yuraklarni ko'rmaydi, nolasini eshitmaydi.

Kecha Rossiya, Qozog'iston chegarasida qolayotgan yuzlab odamlar pasportlaridagi O'zbekiston fuqarosi, O'zbekiston davlati himoyasidadir degan yozuvni ko'rsatib himoya so'rab hayqirishdi. Nima qilsin, ularning vatanlariga qaytishi TIVning izmiga, javobiga qarab qolganku axir!

Kecha ijtimoy tarmoqda chiqqan bir migrant, biz o'zbeklar nafaqat chet ellarda, hatto o'z vatanimizda ham hormiz dedi achchiq alam bilan. TIV esa hatto O'zbekistonning ichki ishlariga sassiq tumshug'ini tiqqan, tilimizni kamsitgan Zaxarovaga qarshi tura olmadi, ming'irlash bilan cheklandi.

Korruptsiyaga botgan mamlakatdagi ijroiya hokimiyatini qo'yavering, Oliy Majlis, Senatni ahvoli bundan besh battar. Belorusiya, Armaniston, Qirg'iziston EOII dagi Rossiyaning neft va gaz masalasidagi zo'ravonligidan noliyatgan, xalqaro tashkilot va sudga murojaat qilayotgan bir paytda, 86 ta deputat EOIIga kuzatuvchi maqomida kirishni yoqlab ovoz berganiga nima deysiz? Nima, siz parlamentdagi xalq vakilimisiz yoki hukumatning xalq manfaatlariga zid takliflarini ma'qullaydigan odammisiz? Bilib qo'ying, xalq sizga o'z taqdiriga, kelajak avlod taqdiriga bu qadar andishasiz va hiyonatkorona munosabatda bo'lish vakolatini bermagan. Senat esa himoyasizlikdan faryod chekayotgan migrantlar, uyi, do'koni buzilayotgan, eri noqonuniy tortib olinayotganlar shikoyatini eshitmaydi. Raqobatsiz, sifatsiz mahsulotlar bilan bozorlarni to'ldirayotgan monopolist kompaniyalarning iste'molchini aldayotganini, kimlarningdir cho'ntagi bo'lgan klasterlar dehqonni, xalqni qon qaqshatayotganini ko'rib ko'rmaslikka, bilib bilmaslikka olib o'tiribdi. Sardoba fojeasi esa Senatdagilarning xalq, Vatan taqdiriga qanaqa munosabatda ekanini yaqqol ko'rsatdi, qo'ydi. Kiborlar televideniyasi esa yolg'on yashiqlar bilan to'lib toshgan. Farovon hayotni tinmay va'da qilmoqda. Amalda esa to'g'ri so'zni aytgan Anora Sodiqovalar tazyiqqa uchramoqda. Xalq bugun Sardoba singari fojealar, koronavirus singari ofat qarshisida deyarli himoyasiz, yolg'iz qolmoqda.

Demak oldimizdagi ikki yo'ldan birini tanlashga to'g'ri keladi. Yo, millatni go'rga tiqayotgan mutelik, maddohlik, tubanlik botqog'ida yuraveramiz, yo kelajak avlod bizni hiyonatkor deb atamasligi uchun Ukrainadagi singari chinakkam ozodlik uchun kurash yo'lini tanlaymiz. Uchinchi yo'l esa yo'q!

Umid SORIEV,
jurnalist.

facebook ijtimoiy tarmog'idan olindi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube