O’zbekiston Xalq Harakati

Madaniyat vazirligidagi korruptsion sxemalar

Madaniyat vazirligidagi korruptsion sxemalar
27 Mayıs 2020 - 12:19 'da yuklandi va 1099 marta o'qildi.

MADANIYaT VAZIRLIGIDAGI KORRUPTsION SXEMALAR

4-qism

Kamala Akilovaning parvozdagi qulashi

Bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarning o'zbek segmentida Samarqanddagi aholi orasida “yahudiylar mozori” deb ataluvchi arxeologik tepalik muxofazasi uchun qurilgan devorlarni qulagani aks etgan video-fotolar ommalashdi. Biz mazkur masalani o'rganish davomida yuzaga qalqib chiqqan ayrim faktlardan siz azizlarni voqif qilmoqlikni joiz deb bildik. Zero, keyingi vaqtlarda O'zbekistonda bino-inshootlarni sifatsiz qurilishi sohani o'ta korruptsiyalashganidan darak bersada, korruptsiya madaniyat sohasida ham chuqur ildiz otganligi madaniyat sohasini tom ma'noda “qulata” boshladi. Demak, shunday qilib…

Hasan Xolmurodov va Kamala Akilova tandemi

Samarqanddagi yahudiylar mozori devorlari Samarqand viloyati Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan qurilishi boshlangan edi. Oradan ko'p o'tmay, bu qurilishni moliyalashtirish bilan yuzaga kelgan muammo tufayli qurilish to'xtab qoladi. Madaniyat vazirligi qoshidagi Madaniy meros departamenti bosh inspektori vazifasida ishlagan Xasan Xolmurodov mazkur devorni qurish ishlarini davom ettirish tashabbusi bilan chiqadi.

Xasan Xolmurodov

Devorni qurish ishlari bilan bog'liq barcha xujjatlarni tayyorlab, Madaniy meros departamenti rahbari – Madaniyat vaziri o'rinbosari Kamala Akilova bilan jinoiy til biriktirib, 300 mln so'mga yaqin mablag' ajratilishiga erishib, bu mablag'lardan bizga noma'lum qismini o'ziga qarashli quruvchi tashkiloti orqali o'zlashtiradi.

Tabiiyki, qurilish talablari darajasida mablag' sarflamaslik uni sifatsiz qilishni taqazo qiladi, natijada devor texnogen xususiyatdagi falokatga uchrab qisqa muddatda qulaydi.

O'rganishlarimiz davomida de fakto qurilish ishlariga bosh bo'lgan Xasan Xolmurodov bu qurilish uchun mablag'ni o'zining hamkori Akilova orqali ajrattiradi. Qurilish ishlaridan mutlaqo xabari yo'q, madaniy meros sohasidagi real vaziyatni xohlasa ham tushunolmaydigan Akilovani Xolmurodov har qanday yo'riqqa yo'rgalata oladi, Akilovaning Xasan Xolmurodovga bo'lgan mustahkam ishonchi ularning jinoiy sheriklarga aylantirdi.

Akilova Kamala

Bundan tashqari, keyingi paytlarda yana bir voqea, ya'ni Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent shaharlarida joylashgan madaniy meros ob'ektlarini, tarixiy qiymatga ega madaniy meros ob'ektlarini mahalliy tadbirkorlar tomonidan buzish, o'rniga yangi binolar qurish bilan bog'liq mojarolar ham ko'payib qoldi.

Xususan, Toshkent markazidagi “Polkushka” nomi bilan mashhur hozirgi “Lolazor” mahallasida joylashgan ko'p qavatli uylarni buzib, o'rniga zamonaviy turar-joy qurish bilan bog'liq ishlar markazida ham Akilova-Xolmurodov tandemini ishtiroki bor.

Ya'ni, Xolmurodov o'zining yugurdagi Farhod Jumaturdiev orqali mazkur ko'p qavatli uylarni “tarixiy qimmatga ega emas” degan Madaniy meros departament qoshidagi ilmiy-ekspertiziya kengashi qarorini olib berish uchun mahalliy tadbirkor-quruvchidan 60 ming AQSh dollari hamda Mirzo Ulug'bek tumani TTZ-1 mavzediga 3 xonalik uyni pora tariqasida oladi. Kvartirani turmush o'rtog'ining qarindoshi nomiga rasmiylashtirib, naqd pullarni Kamala Akilova, Farhod Jumaturdievlar bilan bo'lishadi.

Buning evaziga ilmiy ekspertiziya kengashi ko'p qavatli uylarning “tarixiy qiymatga ega emas”, degan qaror qilib beradi.

1966 yilgi zilzilaga dosh berib, o'tgan vaqt davomida o'zining qiyofasini yo'qotmagan mazkur ko'p qavatli uylarda yashorvchi fuqarolar o'z uylari buzilishini eshitib, norozi bo'lishadi. Aholi va tadbirkor o'rtasida yuzaga kelgan nizo sabab buzib-qurish ishlari to'xtab qoladi.

Xasan Xolmurodov tadbirkordan pora tariqasida olgan pullarini to'liq qaytarmaganligi bizga ma'lum. Hozirda bir tomondan tadbirkor, boshqa tomondan uylari buzilishdan norozi fuqarolar Xasan Xolmurodov ustidan huquq tartibot idoralariga murojaat qilganligi haqida ma'lumotlar mavjud.

Akilova-Xolmurodov kirdikorlari bu bilan cheklanib qolmaydi. Madaniy meros ob'ektlarini rekonstruktsiya-ta'mirlash ishlari bilan shug'ullanadigan quruvchi firmalar uchun Madaniy meros departamentidan litsenziya olish tartibini joriy qilishdi.

Qiziqarli tomoni departament tomonidan litsenziya berish faoliyati bilan shug'ullanishga ruhsat beruvchi huquqiy asos mavjud emas. Buni joriy qilishdan maqsad, litsenziyani Akilova-Xolmurodov o'zlari istagan firmaga berib, evaziga pora olib, istamaganiga litsenziya bermasdan sohani o'z monopoliyasiga aylantirishga urinadi.

O'tgan maqolalarimizda Kamola Akilovaning o'zi kuratori hisoblangan respublika muzeylaridan qanday ustamonlik bilan o'zlashtirish ishlarini olib borgani haqida so'z yuritgandik. Bu gal madaniy meros ob'ektlaridagi bizga ma'lum bo'lgan ayrim nuqtalarni havola etdik.

Shu o'rinda bir xushxabarni ham keltirib o'tishni lozim topdik. 2019 yil tegishli qaror bilan Madaniyat vazirligi qoshidagi Madaniy meros ob'ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab chiqarish bosh boshqarmasi Madaniy meros departamentiga aylantirilganligi, departament rahbari lavozimi bo'yima Madaniyat vaziri o'rinbosari ham hisoblanishi, shuningdek, u respublikadagi muzeylar faoliyatiga ham umumiy rahbarlik qilishini bayon qilgandik.

Madaniyat vaziri o'rinbosarining noqonuniy hatti-harakatlari, sohani rivojlantirish uchun etarli bilim, malaka va tajribaga ega emasligi amaliyotda o'z isbotini topa boshladi. Bu va boshqa faktlar inobatga olinib shu kunlarda Madaniy meros departamenti faoliyatini takomillashtirish bo'yicha hukumat qarori e'lon qilinadi. Madaniyat vaziri o'rinbosari sifatida Kamala Akilova umumiy rahbarlik qiladigan respublikadagi mavjud muzeylar ham uning vakolatlaridan soqit qilinib, Madaniyat vazirining birinchi o'rinbosariga o'tkazilishi kutilmoqda.

Shubhasiz, Kamala Akilova, Xasan Xolmurodov kabi jig'ildon vasvasasiga uchragan kimsalarni mas'uliyatli lavozimlardan chetlanishi, tom ma'nodagi parvozdagi bu bizning, xalqning, madaniyatning yutug'i desak mubolag'a qilmaymiz.

SARVAR PISKENTIY

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube