O’zbekiston Xalq Harakati

VATANPARVARLIK TIMSOLI

VATANPARVARLIK TIMSOLI
28 Mayıs 2020 - 6:42 'da yuklandi va 530 marta o'qildi.

Markaziy Osiyoda vujudga kelgan va dunyoning ko'plab mamlakatlariga tarqalgan tasavvufiy tariqatlardan biri – Najmiddin Kubro asos solgan kubroviya tariqatidir. Najmiddin Kubroning shaxsiyati va tasavvufiy faoliyati, o'z davrida ijtiimoiy hayotda tutgan o'rni, javonmardlik jasorati, Vatan ozodligi yo'lida jon fido qilish ibrati asrlar osha barcha davrlarda o'rganib kelingan. Shayxning to'liq ismi Ahmad ibn Umar ibn Muhammad al-Xivakiy al-Xorazmiydir. U islom olamiga Najmiddin (“Dinning yulduzi”) Kubro (“Ulug', g'olib”) nomi bilan tanilgan. Shayxning otasining ismi Nosiriddin Umar ibn Muhammad ibn Abdulloh, onasining ismi Bibixojar bo'lib, o'z zamonasining darveshsifat, taqvador, fozil kishilari bo'lishgan. Najmiddin Kubro 540 xijriy, 1145 melodiy yilida Xiva tumani hozirgi Sayot qishlog'ida tug'ilib, 615 xijriy, 1221 melodiy yilida xorazmshohlar davlatining poytaxti Gurganjda (hozirgi Ko'hna Urganch, Turkmaniston) vafot etgan. Bu buyuk mutasavvif, faylasuf olimning hayoti va faoliyati avvalo Xorazmshoh Anushteginiylar davlatining gullab yashnagan davrida boshlanib, mo'g'ul bosqinchiligi tufayli vayron etilgan kunlarda poyoniga etgan. 76 yoshga kirgan Najmiddin Kubro keksaligiga qaramay Gurganj qal'asi mudofasini tashkil qilishda o'zining javonmard vatanparvar muridlariga hamda shahar ahliga etakchilik qilib mo'g'ul bosqinchilariga qarshi jangga kirgan. Ot ustidan bir mo'g'ulni tortib tushirib o'ldirgan paytida ortidan urilgan zarbadan halok bo'lgan. Manbalardagi xabarlarga ko'ra, Kubroning changali dushman etagining bir parchasini mahkam tutganicha qotib qolgan ekan.

Qo'lyozma manbalarda Shayxning vafot sanasini “Shahi shuhado” birikmasi bilan bog'lashadi (Bu haqda qarang: Shayx Najmiddin Kubro qissasi yoxud Xorazm tarixi. – Toshkent: “Istiqlol” nashriyoti, 2017. – 112 b.). Bunga shunday to'rtlik keltirilgan:
Bo'lur har kim jahon ahlida paydo,
O'lim changalida bo'lg'usi shaydo.
Aningdek shayxi amvot o'lg'anida,
Bitib tarixida shahi shuhado (O'sha manba. – 57 b.).
Sharq mumtoz adabiyotidagi an'anaga muvofiq abjad hisobiga ko'ra so'nggi misradagi “shahi shuhado” birikmasi Shayxning vafot sanasi hijriy 615 yil ekanligini ko'rsatadi.

Diqqat etilishi kerak bo'lgan jihat shuki, bu o'rinda so'zlarning arab yozuvidagi shaklining muhimligidir. Tarixiy sana ham shunga muvofiqdir. Buning arabiy yozilishi esa: شه شهدا (shahi shuhado) bo'ladi. Birikma “shahidlarning podshohi” mazmunida bo'lib, uning har bir harfi abjad hisobiga ko'ra aniq bir raqamni bildiradi.

Mana shunday:
“shin” harfi – 300 sonini bildiradi (u ikki marta kelgan, demak – 600);
“hoyi havvaz” harfi – 5 sonini, (u ham ikki marta kelgan, demak – 10);
“dol” harfi – 4 sonini;
“alif” harfi esa – 1 sonini bildiradi.
Hammasining yig'indisi esa 615 ga teng bo'lib, bu hijriy qamariy yil hisobidir. Grigoriy, ya'ni milodiy taqvimga ko'ra ushbu yilni solishtirganda 1221 kelib chiqadi.

Bizningcha, ushbu harflarning raqamlarga aylanib kelishida va ularning buyuk Shayx vafoti sanasini anglatishida izchil mantiqiy bir bog'liqlik bor. Ahamiyat etilsa, “Shin” harfi ikki marta kelmoqda. Ya'ni, Shayx Najmiddin ham “Shah”, ham “Shahid”dir.
Shuningdek, ta'rix moddasi bo'lgan ibora “shahi shuhado” (شه شهدا) to'g'ri shakldagi “alif” bilan tugamoqda. Bu esa hazrati Najmiddin Kubro mo'g'ul bosqinchilari bilan kurashda tik turib, adolat va haq uchun halok bo'ldi, “dol”dek egilib yashagandan ko'ra, “alif”dek tik turib o'lmoq afzal, deganidir. Bu ramzda Shayxning vatanparvarligiga ishora borki, bunda tarixiy haqiqat o'z aksini topgan.

Albatta, bu kabi jihatlar ramziylikdir. Lekin, xalq rivoyatlari va ulug' allomalar qalamiga mansub manoqib tarzidagi tazkira asarlarda ushbu “shahi shuhado”ning berilishi bejiz bo'lmay, nazarimizda, uning botinidagi chuqur ma'no-mohiyatga ishora qilish bilan kelajak avlodni bundan ogoh etmoqda.

1995 yilda Mahmud az-Zamaxshariyning 920 va Najmiddin Kubroning 850 yilligi mamlakatimizda keng nishonlandi. Shu munosabat bilan Xiva tumani hokimining qaroriga asosan Shayxning onasi Bibixojar momo maqbarasi atrofidan 3 gektar er ajratilib, bog' qilindi. Bog'ning o'rtasiga “Bu joyda Shayx Najmiddin Kubro nomidagi majmua barpo etiladi” deb yozilgan marmar tosh lavha o'rnatildi. O'sha paytda “O'zshaharsozlik” loyiha instituti xodimi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan arxitektor Sergey Mixaylovich Sutyagin majmuaning loyihasini tayyorlagan edi. Loyihaga ko'ra majmua tarkibida chet ellik mehmonlar uchun 50 o'rinlik mehmonxona, Najmiddin Kubroning uy-muzeyi va xonaqosi qurilishi rejalashtirilgan. Turkmanistondan shayxning xokini olib kelib xonaqosiga qo'yish, ramziy qabrini o'rnatish ko'zda tutilgan. Ushbu loyiha eng yaxshi loyiha deb topilib, ishlab chiqarishga qabul qilingan edi. Lekin…

Yubiley o'tdi-yu, loyiha bajarilmay qoldi. Mustaqillik davridagi ko'pchilik rahbarlarda so'z va ish birligining yo'qligini vaqt qo'rsatdi. Balandparvoz va'dalardan esdalik sifatida bog'ning o'rtasida cho'qqaygan marmar tosh lavha qoldi, xolos!

Xalq o'zining buyuk vatanparvar o'g'lonini xotirlash maqsadida qissalar yaratdilar. Bugun uning qadamjosini ziyorat qilish uchun xalq Najmiddin Kubro tug'ilgan Xiva shahrining yaqinidagi Sayot qishlog'ida joylashgan Bibixojar momo maqbarasini obod etib, ziyoratgohga aylantirganlar. Najmiddin Kubro misrlik ustozi Ro'zbexon Vazzon al-Misriyning kuyovidir. Shunday ekan, bugun xorijiy davlatlar bilan madaniy aloqalarni yaxshilab, musulmon olamida allaqachon vatanparvarlik timsoliga aylangan Shayxning o'zi tug'ilib o'sgan va “Tommat ul-kubro” (“Engilmas balo, g'olib”) faxriy unvoniga ega bo'lgan joyda, Shayxning onasi maqbarasi atrofida uning nomi bilan bog'liq majmua yaratilsa va ziyorat turizmi yo'l xaritasiga kiritilsa, ulug' savob bo'lmaydimi?!

Prezident tashabbusi bilan keyingi yillarda dekabr-yanvar oylarida mamlakatimizda vatanparvarlik oyligi o'tkazilayotgani, vatanni himoya qilayotib xalok bo'lgan mard o'g'lonlarning jasorati haqida televideniyada ko'rsatuvlar berilayotgani quvonarli holdir. Jaloliddin Manguberdi va Amir Temur jasorati haqida eshittirishlar berilgani ham vatanparvarlik tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo, bir narsani unutmaslik kerak. O'rta asrlarda vatanparvarlikni yuksak cho'qqiga olib chiqqan javonmardlik ta'limoti va uning yirik vakillaridan biri bo'lgan Najmiddin Kubroning roli beqiyos bo'lganligini unutib qo'yamiz. Urganch shahrining qoq markazida Jaloliddin Manguberdiga mahobatli haykal o'rnatilishi yaxshi, lekin uning jasoratiga ibrat namunasi bo'lib xizmat qilgan, sarkardaning piri bo'lgan Shayx hazratlarini unutib qo'ysak, adolatdan bo'larmikan?!

Har kimning faoliyati niyatiga yarasha bo'ladi, shogird ustozidan o'rganganini qiladi, deydilar. Jaloliddin Manguberdi jasoratining tagzaminida Najmiddin Kubroning tarbiyasi, ta'limoti yotganligini unutmasligimiz lozim. Bu ma'naviy ta'sir Amir Temurga, qolaversa, Husayin Boyqarodek hukmdorga katta ta'sir qilganligi, shubhasiz. Demak, “Ona Vatan yo'lida, Vatanni himoya qilayotib shahodat jomini no'sh aylash Alloh visoliga etishmoq ila barobardir” deya jon bergan Shayxni vatanparvarlik oyligida esga olish, kerak bo'lsa u haqidagi videofil'mlarni va boshqa materiallarni namoyish etish biz minnatdor avlodning burchimizdir.

Butun madaniy dunyo Najmiddin Kubroning hayoti va ijodini, kubroviya ta'limotini o'rganib turgan bir paytda biz o'zbeklar uning ma'naviy vorisi bo'laturib, loqaydlik qilsak, qadamjosining qaerdaligini bilmasak, shu ham insofdanmi! Do'ppini boshdan olib, bir o'ylab ko'raylik! Ardoqli shoirimiz Omon Matjon Shayx hazratlarini Xorazmning ko'ksidagi tumor deb ta'riflagan edi. Ko'ksimizdagi tumorimizni yulib olib, birovga sovg'a qilib yubormaylik. Tumor – muqaddas! Uni asraylik. Muqaddas tumorimizni avlodlarga beg'ubor qoldiraylik, toki tumorga qo'shib bizlarni ham duo qilsinlar. “Sulton suyagini xo'rlamas!” degan xalq falsafasiga amal qilsak, boshlagan islohotlarimizning natijasi bo'lgay, InshoAlloh!

Keyingi uch yilda Prezidentning tashabbusi bilan Bohouddin Naqshband hazratlarining qadamjolari obod qilinib, yagona kompleksga aylantirildi, Isoqhon to'ra Ibrat qadamjosida yaxlit kompleks majmua yaratildi, Hakim at-Termiziy nomidagi xalqaro hadis maktabi vujudga keltirildi, xalqaro Islom tsivilizatsiya markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Hadisshunoslik oliy maktabi tashkil etildi, Toshkentning qoq markazida “Adiblar xiyoboni” ochildi. Ilgari kam e'tibor qaratilgan tasavvuf allomalari merosini o'rganishga, bayozlarni tadqiq etishga keng yo'l ochildi. Bu quvonarli hol, albatta. Bunday xayrli ishlar ro'yxatini yana davom ettirish mumkin. Biz bunday xayrli va savob ishlarni doim qo'llab-quvvatlaymiz.

Ko'rinib turibdiki, Najmiddin Kubrodek buyuk olim va fozil inson, karomatli shayx, javonmard vatanparvar ajdodimizning munosib xotirasini abadiylashtirish, hayotini, ijodini, u yashagan davr, kubraviya ta'limotining ijtimoiy, ma'naviy, ma'rifiy, falsafiy asoslarini chuqur va tizimli ravishda tadqiq etish, keng tashviq hamda targ'ib qilish bugungi avlodning oldida turgan burchdir. Mazkur fikrlardan kelib chiqib, quyidagi takliflarni olg'a surish maqsadga muvofiqdir:

  1. Najmiddin Kubro tug'ilgan Sayot qishlog'ida (Xiva shahri yaqinida), shayxning onasi Bibixojar momo va qarindoshlari dafn etilgan manzilda, memorial kompleks tashkil qilish;
  2. Najmiddin Kubroning Ko'hna Urganchda qolgan marqadi(qabri)dan xoki pokini Turkmaniston hukumati bilan kelishgan holda keltirib, mazkur kompleksda shayxning ramziy qabrini o'rnatish;
  3. Kompleks tarkibida Xorazmda ilm-fan, madaniyat va islomiy tsivilizatsiya taraqqiyotini namoyish qiladigan muzey hamda Najmiddin Kubro ilmiy-ma'rifiy markazini tashkil etish;
  4. Ilmiy-ma'rifiy markaz hamda kompleks faoliyatining moliyaviy ta'minotini uyushtirish (mablag' manbai masalasini hal qilish) uchun Xalqaro Najmiddin Kubro xayriya jamg'armasi tashkil etish;
  5. Muzey va ilmiy-ma'rifiy markaz faoliyatini ilmiy va metodik jihatdan yo'naltirishda Respublika muzeylar boshqarmasi, O'zbekiston xalqaro Islom akademiyasi, O'zbekiston fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va fol'klori instituti hamda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti bilan konsul'tativ hamkorlikni ko'zda tutish;
  6. Ilmiy- ma'rifiy markazda davriy ilmiy va amaliy konferentsiyalar, vatanparvarlik oyligini o'tkazib turish;
  7. Mazkur memorial kompleksni yuqori darajada tashkil qilingan xalqaro ziyorat turizmi ob'ektlari darajasida shakllantirish;
  8. Xivadan Sayot qishlog'iga qadar kommunikatsiya va turistlarga maishiy xizmat tizimi barpo qilish;
  9. Najmiddin Kubro va uning izdoshlari ijodini, memorial kompleks faoliyatini keng ommaga targ'ib va tashviq qilishga mahalliy hamda markaziy OAVlarini keng jalb qilish.
    Umid qilamizki, ushbu amaliy takliflar Prezident Sh.M.Mirziyoev rahbarligida boshlab yuborilsa, xorazmliklar qo'llaridan kelgan yordamni ayamaydilar, deb umid qilaman. Hech kim bu kabi xayrli va savob ishdan chetda qolmaydi.
    Qolaversa, Turkiya, Eron, Amerika, Angliya, Misr va boshqa mamlakatlarda kubraviya Markazlari mavjud, kubroshunos olimlar faoliyat olib bormoqdalar. U erladagi diplomatik vakolatxonalar orqali bog'lanib, masalaning mohiyati targ'ib qilinsa, ular ham qarab turmasa kerak, deb o'ylaymiz. Chunki, bugun vaziyat o'zgardi – sog'lom muhit, sog'lom tafakkur, vatanparvar tadbirkorlar hayotimizga kirib keldi. Ularni qo'llab-quvvatlab turgan Prezident yangi, hukumat yangi…
    Zero, donishmandlar aytganidek, xayrli-savob ishning erta-kechi bo'lmaydi. Siz nima deysiz, aziz birodarlar…

Madrahim Safarboev,
falsafa fanlari nomzodi, dotsent

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube