O’zbekiston Xalq Harakati

Ahmad Zaki Validiy

Ahmad Zaki Validiy
30 Mayıs 2020 - 12:32 'da yuklandi va 530 marta o'qildi.

AHMAD ZAKI VALIDIY

VALIDIY (taxallusi; asl ismi Ahmat-zaki Ahmetshaxovich Validov; muhojirlikda — Ahmad Zakiy Validiy To'g'on) (1890.10.12, Ufa gubernyasi, Boshqirdiston — 1970. 26. 7, Istanbul, Turkiya) — turkiy xalqlar milliy ozodlik harakatining etakchilaridan biri, sharqshunos-turkshunos olim, falsafa doktori (1930).

Qozon shahar Qosimiya madrasasida tahsil ko'rgan (1908—12), shu erda turkiy xalqlar tarixi va adabiyotidan dars bergan (1910—13). «Turk va tatar tarixi» (1912, Qozon sh.) kitobi bilan mashhur bo'lgan. Qozon un-ti tarix, arxeologiya va eti. jamiyati yo'llanmasi bilan Sharq qo'lyozmalarini o'rganish uchun Farg'ona vodiysida (1913), Rossiya FA Markaziy Osiyo va Uzoq Sharqni tadqiq etish xalqaro jamiyati yo'llanmasi bilan Buxoro amirligida (1914) yashadi.

Turkiston va Volgabo'yi turkiy xalqlari tarixi, turmush tarzi va madaniyati ustida ilmiy ishlar olib bordi. Turkistonda Behbudiy, Munavvarqori, Cho'lpon, Mustafo Cho'qay, Nazir To'ra-qulov va b. arboblar bilan tanishdi.

Sankt-Peterburgda davlat dumasi musulmon fraktsiyasi a'zosi (1915).

1917 y. apr. da Toshkentga kelib, o'lkadagi siyosiy jarayonlarda qatnashdi. Butun Turkiston musulmonlari 1-qurultoyida (1917 y. 16—23 apr.) tuzilgan Turkiston o'lkasi musulmon sho'rosi bosh kotibi, uning organi «Kengash» gaz. mu-harriri. O'lka xalqlari muxtoriyat harakatida faol ishtirok etib, turkiy el-elatlarning birligi va mustaqilligi g'oyasini izchil himoya qildi.

Toshkent sh. dumasining deputati (1917). 1917 yil oxiridan Boshqirdiston muxtoriyati va milliy harakati rahbarlaridan biri, hukumat boshlig'i va harbiy noziri.

Muxtoriyat huquqi cheklab qo'yilgach, sho'rolar hukumati bilan hamkorlik qilishdan voz kechdi. 1920 y. Buxoroga keldi va istiqlolchi guruhlarga siyosiy rahbarlik qiluvchi markaz tuzish maqsadida Buxoro hukumati boshlig'i Fayzulla Xo'jaev va b. bilan muzokara yuritdi.

Milliy birlik kongressida (1921 y. avg., Buxoro sh.) O'rta Osiyo milliy musulmon jamiyatlari federatsiyasi (keyinchalik «Turkiston milliy birligi» deb atalgan) tashkil etilib, Validiy unga rais qilib saylandi, istiqlolchilik harakatining g'oyaviy jipslashuvi uchun kurashdi, qizil askarlarga qarshi janglarda qatnashdi.

1923 y. fev. dan — xorijda. Eron, Afg'oniston, Hindiston, Turkiyada va Evropa mamlakatlarida ilmiy faoliyat bilan shug'ullandi.

Istanbul, Bonn, Gyottingen universitetlarida turkiy xalqlar tarixidan dars berdi. Ilmiy asarlari turk, nemis, frantsuz, rus va boshqa tillarga tarjima etilib, nashr qilindi.

Bulardan muhimlari: «Turkiy xalqlar tarixiga kirish», «O'rta Osiyo tarixining islom davri», «Turkiston», «Turkiylar shajarasi», «Temurning g'arbga yurishlari», «Temur avlodlari», «Bugungi turk eli Turkiston va yaqin tarixi», «Sharkda sho'rolar siyosati», «Turkistonning istiqlol harakatiga qarshi», «Beruniyning dunyoqarashi», «Alisher Navoiy», «Shayboniyxon she'riyati», «Tarixda turklar va forslar», «Xotiralar» va b.

Qahramon Rajabov, Renat Shigabiddinov.

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube