O’zbekiston Xalq Harakati

Fohishaning sochini emas, boshini olsa ham foydasi yo'q

Fohishaning sochini emas, boshini olsa ham foydasi yo'q
31 Mayıs 2020 - 18:53 'da yuklandi va 1171 marta o'qildi.

FOHIShANING SOChINI EMAS, BOShINI OLSA HAM FOYDASI YO'Q

1940 yilda Frantsiya hukumati xalqiga xoinona tarzda Germaniyaga urushsiz taslim bo'ladi va davlat nazorati nemis fashistlari qo'liga o'tadi. Frantsuz armiyasi ojiz qolgach, vatanparvarlar chet ellarga qochib ketadi.

1944 yilda AQSh, Kanada va Angliya yordamida Frantsiya ozod bo'ladi va 1945 yilda g'oliblar qatoridan joy egallaydi.

1940-1944 yillarda frantsuz aholisi fashistlarning hukmronligi va xo'rlashlari ostida kun ko'rishiga to'g'ri keladi. Xalq bosqinchilarni qancha yomon ko'rsa ham savol berganda javob berishga, ish buyurganda bajarishga, ma'muriyat yoki zavod-fabrikalarga safarbar qilsa, mehnat qilishga majbur bo'ladi.

Nemislar davlatning yangi hukmroni bo'lgach, insonlar ularni yaxshi yoki yomon ko'rishlaridan qat'iy nazar tabiiy ravishda ularga ishlay boshlaydilar. Ma'muriyatlarda nemislarga frantsuz ayollari kotibalikka va boshqa mansablarga ishga olinadilar. Ayollar ba'zan majburlikdan, ba'zan o'zlari xohlab nemislar bilan yaqinlik qiladilar. Kimlardir mazza qilib yashaydi, kimlardir bola ham tug'adi.

1944 yilda Frantsiya ozod qilingach, “mag'rur frantsuzlar” “nemislarga sotilgan, ular bilan yotgan” ayollardan or qilib, ularni omma oldida sazoyi qila boshlaydilar. Shaharlarning bosh maydonlarida barchaning o'rtasida ularning sochlarini kal qilib olib, yuzlariga tufurib, xo'rlaydilar.

Tez orada butun Frantsiya bo'ylab “Sochlari olinganlar” deb nomlangan, barcha nafratlanadigan ayollar soni ortib ketadi…

So'nggi yillarda ijtimoiy tarmoqlarda o'zbek, tojik, qirg'iz fohishalarining sochlarini kal qilib olganlarning videolari tarqalib turadi. Videolar asosan Rossiyada olingan bo'lib, orasida O'zbekistonning o'zida olinganlari ham bor. Qirg'iz va tojik millatchilari olgan ayrim videolarda ba'zan fohisha bo'lmagan qizlar ham shunday taxqirga uchraganlarini ko'rish mumkin. Ular o'z millatidan bo'lmagan yigit bilan sevishgan, yashagan yoki yotganlar.

Eng ajoyibi, fohishalarni urgan, xo'rlagan va sochlarini olgan “erkaklar” o'zlarining yuzlarini ko'rsatmaydilar. Ular yoki kamera ortida turib gapiradilar yoki yuzlariga niqob kiyib oladilar…

Men fohishalarni va fohishalikni qo'llab quvvatlamayman. Aksincha. Ammo ayollarni nimalardadir ayblab xo'rlashgan holatlaridagi adolatsizlikka toqat qila olmayman.

Adolatsizlik qaerda va nimadan iborat?

1944 yilda sochlari olinib xo'rlangan frantsuz ayollari 1940 yilda o'z hukumatlari, armiyasi va ERKAKLARI xoinona yutqazishlarini va kelgusi 4 yil ichida nemislar bilan yotishga majbur bo'lishlarini orzu qilgan deb o'ylaysizmi? Menimcha yo'q. Ular tinch yurtda o'z yurtlariga xizmat qilib, bir tayinli yigit bilan turmush qurib, oila boqishni orzu qilganlar. Ularni nemislarning quchog'iga tashlagan, yotishga majbur bo'lganlarida mum tishlab yurganlar kimlar?

Rossiyada yoki o'z davlatlarida fohishalik qilib yurgan o'zbek, qirg'iz, tojik qizlar shu yo'lga kirib ketishdan oldin fohishalikni, tanigan-tanimagan erkaklarning ostida xor bo'lishni orzu qilganmilar? Menimcha yo'q.

Fohishalik dunyodagi eng qadimiy kasb deydilar va barcha zamon va makonlarda bor bo'ladi. Lekin bu kasbning yoppasiga tus olishi, jamiyatda fohishalar noreal tarzda ko'payib ketishi fohishalarning emas, jamiyatning aybi bo'ladi.

Ko'ngilxushlik, kayf-safo jinsidan qat'iy nazar barchaga yoqadi. Xo'rlik va jamiyatning past “kasbi” bilan shug'ullanishni barcha o'zi tanlamaydi. Fohishalikning eng birinchi qurbonlari fohishalarning o'zlari bo'ladilar. Ular fohishalikning qurbonlariga aylanib ketguncha urushni jangsiz boy berib bo'lgach, ERKAKLIK G'URURIni ko'rsataman deb u ayollarning sochlarini olish erkaklikka kirmaydi.

Jangni o'zimiz (davlat, jamiyat, erkaklar va ayollar) boy berib qo'yib, ayollarimizni mijozlarning qo'yniga kirib ketishiga yo'l qo'yib bergach, ularning sochlarini emas, boshlarini olsak ham foydasi yo'q. Bu ularga nisbatan adolatsizlik bo'ladi.

Bir avlodning erkak va ayollari ichidan ko'p insonlar boy berildi. Savodsizlar, mardikorlar va fohishalar paydo bo'ldi. Ularni xo'rlash va jazolash emas, aksincha ulardan uzr so'rash kerak. Va kelajak avlodlar o'z navbatlarida bu ko'yga tushmasliklari uchun harakat qilish kerak. Barcha ayol va erkaklarni yurtning o'zida halol va hurmatli ish bilan ta'minlashimiz kerak.

Doniyor Ro'zmetov

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube