O’zbekiston Xalq Harakati

So'xdagi hodisalarda 25 kishi yaralangan

So'xdagi hodisalarda 25 kishi yaralangan
01 Haziran 2020 - 15:33 'da yuklandi va 715 marta o'qildi.

Bi-Bi-Si radiosining xabar berishicha, 31 may kuni o'zbek-qirg'iz chegarasida kelib chiqqan ziddiyat oqibatida kamida 25 kishi yaralangan.

Bu haqda 1 iyun' kuni Qirg'iziston Sog'liqni saqlash vazirligi xabar tarqatdi.

Xabarda aytilishicha, yaralanganlar Qirg'izistonning Botken viloyatidagi shifoxonaga joylashtirilgan, ulardan ikki nafarining ahvoli jiddiy.

Mahalliy aholi olgan jarohatlar toshbo'ron oqibati ekani aytiladi.

31 may kungi hodisalarda So'x tumanining sobiq hokimi Tavakkal Rahimov ham yaralangan.

Bu haqdagi xabarni Bi-bi-siga Farg'ona viloyati hokimligi Axborot xizmati rahbari Muhammadjon Obidov tasdiqladi.

Unga ko'ra, sobiq hokimning “boshiga tosh tekkan, hozirda ahvoli yaxshi”.

Barqaror, ammo tarang

O'zbek tomonidan jabr ko'rganlar haqida rasmiy ma'lumot yo'q.

O'zbekiston Davlat Xavfsizlik Xizmati yakshanba kuni Farg'ona viloyati So'x tumaniga qarashli, Qirg'izistonning Botken viloyatiga tutash Chashma qishlog'idagi “Chashma” bulog'i ustida kelib chiqqan ziddiyatni bartaraf etish uchun ikki davlat rasmiy vakillari o'rtasida muzokaralar olib borilayotgani, vaziyat nazorat ostida ekanini aytgan.

“Ayni vaqtda vaziyat nazorat ostida. Nizoning sabab va oqibatlarini bartaraf etish bo'yicha tegishli choralar ko'rilmoqda”, deyiladi DXX Chegara qo'shinlarining Telegram kanalida tarqatilgan rasmiy xabarda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda odamlarning tosh otayotgani, sim to'siqlarni qo'porib tashlashga urinayotganini ko'rish mumkin.

Har ikki tomondan kamida bittadan uyga o't qo'yilgani aytilmoqda.

Qirg'iz tomoni hududdagi vaziyat barqarorlashgani, ammo hanuz tarangligicha qolayotganin aytmoqda.

O'zbekiston
O'zbekiston tomoni vaziyat nazorat ostida ekanini aytmoqda

Qirg'iziston o'z tomonida xavfsizlik choralarini kuchaytirgani xabar qilinadi.

1 iyun' kuni O'zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg'iziston bosh vazirining o'rinbosari Qubatbek Bo'ronov bilan muzokalar olib borgan.

Qirg'iz tomoniga ko'ra, muzokaralar Botken viloyatining “Chechme-Avtodorojnyy” chegara-o'tish nuqtasida bo'lib o'tgan.

Har ikki tomon ziddiyatni bartaraf etish va chegaradagi tanglikning yoyilmasligi uchun choralar ko'rishga kelishgani xabar qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Bosh vazir Aripovning so'xliklar bilan muloqot qilayotgani aks etgan suratlar tarqalmoqda.

O'zbek tomoni muzokaralar tafsilotlari haqida rasmiy xabar tarqatganicha yo'q.

Uzoq tarix

So'xdagi oxirgi hodisa yana bir marta O'zbekiston eksklavidagi insoniy inqirozga e'tibor qaratgan.

Qirg'iziston

Oxirgi paytlarda O'zbekiston va Qirg'iziston o'rtasidagi munosabatlarning normallashuvi hamda chegara muzokaralarining faollashganiga qaramay, So'x aholisi amalda qamalda qolayotir.

Farg'ona viloyati tarkibidagi alohida ma'muriy-hududiy birlik bo'lgan So'x tumani hamma tomondan boshqa davlat – Qirg'iziston bilan o'ralgan.

70 mingdan ortiq aholi yashaydigan tumanning o'zi Qirg'iziston hududi orqali yana ikki qismga – shimoliy va janubiy So'xga bo'lingan.

Aholisining asosiy qismini etnik tojiklar tashkil etadigan so'xliklar chegaradan o'tishdagi to'siqlar va iqtisodiy qiyinchiliklardan shikoyat qilib kelishadi.

So'x aholisi asosan, dehqonchilik bilan tirikchilik qiladi va aholining katta qismi mavsumiiy ishlar uchun Rossiyaga qatnashi aytiladi.

So'xliklar o'zlarining mol-qo'ylarini boqish uchun ko'pincha Qirg'iziston hududidagi yaylovlarga o'tishadi.

Qirg'izistonliklarning vaqti-vaqti bilan bunga to'sqinlik qilishi shundoq ham qiyin ahvoldagi so'xliklarning turmushini yanada og'irlashtiradi.

Oxirgi hodisa ham bir guruh so'xliklarning qirg'iz tomonidagi yaylovga o'tishga urinishi ortidan yuz bergani aytilmoqda.

Sovet davrida O'zbekiston qirg'iz yaylovlarini ijaraga olgani ma'lum.

Ziddiyat markazidagi Chashma qishlog'i aholisi chegara muammosi sabab ikkiga bo'linib qolgani aytiladi.

Chegaraning ikki tomonidagi ba'zi oilalarning ota-onalari qirg'iz, farzandlari esa o'zbek fuqarolari.

O'zbek va qirg'iz tomoni So'x muammosini o'zaro hudud almashish orqali hal qilish masalasini muhokama qilgani ham aytilgan.

Bu boradagi muzokaralarning tafsiloti ma'lum emas.

2012 yilda marhum prezident Islom Karimov So'xdagi muammolarda “tashqi kuchlar”ni ayblagandi.

Ammo tahlilchilarga ko'ra, muammo O'zbekiston va Qirg'izistonga tegishli va birinchi o'rinda, insonparvarlik inqirozidir.

O'tmishda So'xdagi vaziyat xalqaro ziddiyatni keltirib chiqarishidan xavotirlar bildirilgan.

O'XH axborot bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube