O’zbekiston Xalq Harakati

Rosssiya foydasiga ishlayotgan “remont obuvi”…

Rosssiya foydasiga ishlayotgan “remont obuvi”…
02 Haziran 2020 - 20:58 'da yuklandi va 1162 marta o'qildi.

ROSSSIYa FOYDASIGA IShLAYoTGAN “REMONT OBUVI”…

O'zidan ketib qolgan, qutirib qolgan hukumat vakillarini XALQman degani o'z qarshisida mana shunday tiz cho'ktiradi!

Unitmang, prezidentdan tortib, soliqchi, milisa, sud'ya, prokuror, so'kong'ich hokimbachchalarining barini Siz – shu XALQ to'layotgan solig'i hisobidan boqmoqda.

Bas shunday ekan, Mirziyoevdan tortib mayda-chuydasigacha xalqqa xizmat qilishga, aholining qonuniy manfaatlarini himoya qilishga majbur.

Siz esa!

Kecha Suxda o'g'ri boshi Aripovni huzuringizga borishga majbur qilganingiz nimasi-yu, uning qarshisida laganbardorlik kasalingiz qo'zib, “Mirziyoevning patinkasini yalayman” deb bukilganingiz nimasi?!

Yo'q, siz najas bosgan patinkani yalamang, Mirziyoevchilar oyog'ingizdagi kovushingizni o'pishga navbatga turishsin! Korcholonlarni shunga, xalqqa xizmat qilishga majbur eting!

Amaldorchalarning o'zlari siz to'layotgan soliqlar hisobidan kun ko'rib, yana O'zbekistonning er osti va er usti boyliklarini itdek talashlariga yo'l qo'ymang!

Xalqim, Sizam hayotga bir marta kelasiz! Yoz bo'yi tezak qorib, qishda sovuqdan dildirab, yil o'n ikki oy hammom orzu qilib, qo'lingiz pul ko'rmay, it yotish, mirza turishda kun ko'rayotganingiz, alpqomat o'g'lingiz o'risiyada ilingandan bir turtki, ming bir haqorat eshitib, kamsitilib, qullik qilib yurganining “sharofati” ga Mirziyoevning bo'q bosgan patinkasini yalashingiz kerakmi?!

Kallangizni ishlatsangizchi bundoq!

Sizning bolangiz Rossiya qaxratonida o'pkasini oldirib, tirikchilik uchun it azobda to'rt tanga topayotganida Siz patinkasini yalashga tayyor Mirziyoevning Otabek otlig' kuyovi bitta kiyilgan sasiq fudbolkani 100 ming dollarga xarid qildi axir!

Hamiyat degan narsa bormi o'zi sizda!

Qachon qorningizga emas, qadringizga yig'lashni urganasiz?!

Xudo “Tilasang, butun tila” degan. “So'ra, niyatingga yarasha beraman” degan va'dasi bor Yaratganning. “Yaxshi gapgayam, yomon gapgayam farishtalar ovmin deydi!” degan hikmatlar bejizmas! “Ko'pning duosi ko'l bo'ladi” deguvchi edi mashoyixlar!

Siz ko'pning oldida Mirjiyoevning patinkasini yalab kun ko'rish qismatini Yaratgandan tilab oldingiz!

Sizdaqalarni O'zbekchilikda “Pishak tilov” deyishadi. Niyati bad!

Ana endi niyatingiz yo'ldoshingiz bo'lib, umr bo'yi patinka yalab kun ko'rib yuraverasiz!

Ey, Mirziyoevning patinkasini yalashga ishqiboz, laganbardor amaki, siz minglagan olomon orasida O'zbek xalqiga Xulodan nimani so'rab berdingiz?!: Mirziyoevning bo'qqa botgan patinkasini yalashnimi?!

Yana kamiga ana u o'g'riboshi shopmo'ylov Aripov “Sizni hajga yuboraman” deya nozik joyingizdan ushlasa, dunyo topgan tentakdek suyunib ketasiz, nega?!

“Prezident patinkasini yalashga ixtisoslashgan” ey, Siz – “poyabzal ustaxonasi”, ey, siz – “Remont obuvi”, ey, siz – xarom og'iz sohibi, shu suxandan keyin ham siz uzingizni Islom odami, musulmonman deb hisrblaysizmi?

Islom nima deb ta'limot beradi bandasiga?!: “Olloh yagonadur! Birgina Yaratgandan qo'rqing va yolg'iz Xudogagina sajda qiling! ” deb uqtirmaydimi Islom?

Musulmonchilik butlarga, sanamlarga, bandasiga sig'inishdan qaytarmaydimi?

Siz Olloh yaratgan odliy bandasiga, o'zingizdan bir tukiyam farq qilmaydigan Mirziyoevga sig'inib, sajda qilib o'tiribsiz-ku!

Yana “Hajga yuboraman” desa, qiyqirasiz. Haj sizdaqalarning joyi emas!

Xaj Xudo qolib, u yaratgan bandasiga sig'inadiganlarning sajdagohimas!

Sizning o'z Ka'bangiz bor: Mirziyoev otlig'!

Istaganingizcha tuflisini yalab, sajda qilavering.

Ha, darvoqe, chegaradagi, Suxdagi bu to'palonlar O'zbekistondagi prezidentlik saylovi oldi mamlakatimizga Rossiya qurolli kuchlarini kiritishga bir bahona sifatida uyushtirilayotgan Putinizimning g'oyasi ekanligiga endi ishondingizmi?

Putin va Mirziyoev ikkiligi birdan ikki quyonni otishni mo'ljalga olishgan. Ham guyoki “qo'zg'olon”, uning bahonasida Rossiya armiyasini O'zbekiston biqiniga keltirish, joylashtirish, ham” Mirziyoevni ulug'lash, Mirziyoevga sig'inish, sajda qilish kompaniyasi.

“Mirziyoevning bo'qli patinkasini yalashga moyil” poyabzal ustaxonasi” ham bu shunchaki oddiy mestnyy og'izlardan emas. Importnyy! Rossiyadan keltirib qurilgan “Remont obuvi”lardan!

Muammoni, voqelikni ziyrak nigoh bilan tahlil qilib ko'radigan bo'lsak, shunday!

Malohat Eshonqulova

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube