O’zbekiston Xalq Harakati

Bizga hukumatdan faqat ADOLAT kerak

Bizga hukumatdan faqat ADOLAT kerak
04 Haziran 2020 - 11:41 'da yuklandi va 1156 marta o'qildi.

Amerika politsiyasi oyog'i bilan bo'g'ib o'ldirgan Djordj Floydning so'nggi so'zlari Amerika xalqini larzaga soldi.

Yani Floyd o'limi oldidan politsiyachiga “men nafas ololmayapman” deb aytdi.

Jamiyatning qachon qo'zg'alib ketishini hech kim bilmaydi, bekorga xalq dengizdir deyilmaydi.

O'zi tarang bo'lib turgan xalqni bitta odamning o'limi hukumatga qarshi bosh ko'tarishga majbur etdi.

Men nafas ololmayapman!

Oxirgi yillarda O'zbekiston hukumati olib borayotgan feodal tuzum ham O'zbek xalqini nafasigacha bo'g'ib tashladi.

Bir tarafdan snoslar, Buxorodagi tomi uchgan uylar, Sardobadagi suv omborining avariyasi, pandemiya davridagi Xalqni bir tiyinsiz o'z holiga tashlab qo'yilishi (vaholanki hukumat tashqaridan kamida 5 milliard qarz oldi qani pullar) So'xdagi ikki xalqning mojarolari, narx navoning haddan ziyod oshib ketishi, IIB bo'limi xodimlarining Xalqni jarimalarga tortishi shaxsan meni nafaslarimni bo'g'ib tashladi.

Bunday vaziyatda xalq qanday nafas oladi.

Millionlab qashshoq xalq ertadan umidini uzib bo'ldi sababi hukumat xalqni oyoqlari bilan emas qo'llari bilan ham bo'g'ib tashladi.

Qachongacha xalqqa qulga qilingani kabi muomala qiladi amaldorlar xohlaganini qamab, xohlagan joyini xaritadan o'chirvoradigan hokimlar oxiri Xalqni bosh ko'tarishga majbur qilmaydi, deb kim kafolat beradi.

Qani adolat?

Karimov paytida ham yozganman, Mirziyoevga ham gapim shu bizga hukumatdan faqat ADOLAT kerak.

Komil Ahmedov

02.06.2020

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube