O’zbekiston Xalq Harakati

Behbudiyga suiqasd qanday sodir bo'lgandi?

Behbudiyga suiqasd qanday sodir bo'lgandi?
09 Haziran 2020 - 21:28 'da yuklandi va 736 marta o'qildi.

Turkiston jadidchilik maktabining asoschisi Mahmudxo'ja Behbudiyning so'nggi kunlari, fojiali o'limi to'g'risida yozish og'ir. Ammo bu taraqqiyparvar, yurtparvar ajdodimiz hayotining nisbatan kam tadqiq qilingan qismiga bog'liq bo'lgani bois ham shunga jazm etdik. Zero, o'tmish insoniyatni hushyorlikka chorlab, saboq chiqarishga undab turadi.

Ma'lumki, Mahmudxo'ja Behbudiy o'z sheriklari Mardonqul Shomuhammadzoda va Muhammadqul O'rinboy o'g'li bilan birga Buxoro amirligiga qarashli Shahrisabzda qo'lga olingan va Qarshiga keltirilgan. Qarshi begi Tog'aybek buyrug'i bilan zindon yaqinidagi “podsholik” chorbog'ida amirning Qarshi shahridagi voliysi Nuriddin Og'aliq tomonidan 1919 yil 25 martda vahshiyona o'ldirilgan.

Albatta, Mahmudxo'ja Behbudiyning vahshiyona va xiyonatkorona o'limi xalqimizni larzaga solgan. 1920 yilning aprelida bu tabarruk inson tug'ilgan Samarqand shahrida Buxoro amiri va uning johil amaldorlariga qarshi umumxalq namoyishi bo'lib o'tadi. Namoyishchilar amirdan Behbudiy qotillarini jazolashni qat'iy talab qilishadi. Xalqning talabi amir tomonidan inobatga olinmaganligi Behbudiyning fojiali o'limida amirlik va sovet hukumati maxfiy kelishuvi borligini ko'rsatadi. Sovet hokimiyati yillarida avj oldirilgan diskriminatsiya siyosatining tig'i Turkiston mintaqasidagi ziyolilarni birin-ketin yo'qotishga ham qaratilgan edi.

1920 yil sentyabr' oyi boshida amir hukumati ag'darilib, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tashkil topganidan so'ng, Mahmudxo'ja Behbudiyning Samarqandda faoliyat yuritayotgan shogirdlari, safdosh va maslakdoshlari uning qabrini izlab topish, qotillarni aniqlash harakatiga tushishadi.

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi 9 viloyatdan iborat bo'lib, ularning biri Qarshi edi. Qarshida ushr-soliq nazorati idorasining boshlig'i bo'lgan Nuriddin Og'aliq (Nuriddinxo'ja Og'aliq Ahmadxo'ja o'g'li) “Samarqand komissiyasi”ning Qarshidagi faoliyatiga yo'l qo'ymagan. Qarshi shahridagi hukumat a'zolari esa uning xohish-irodasiga qarshi borolmaganlar.

Shu o'rinda kishini o'ylantiradigan bir savol tug'iladi. Amir davrida e'tiborli mansabda ishlagan Nuriddin Og'aliq Sho'ro hukumatida ham o'z mavqeini saqlab qolishga qanday erishdi ekan? Bu hanuzgacha jumboq bo'lib qolyapti. Nuriddin Og'aliq komissiya faoliyatiga yo'l qo'ymay “yopiqliq qozon yopig'ligicha qoladi”, deb o'ylagan. Lekin BXSR hukumati taftish komissiyasi 1923 yilning kuzida Qarshi viloyati soliq idorasi faoliyatini tekshiruvdan o'tkazadi. Komissiya Og'aliq hamda uning safdoshlari katta qonunbuzarlik va jinoyatga qo'l urganligini aniqlaydi. Nuriddin Og'aliq va uning hamtovoqlari Hoji Abdulaziz Boqiev, Mirzo Mahmud Hoji Ibod o'g'li kabilar oliy inqilob tribunali sudiga beriladi.

Nuriddin Og'aliq soliq idorasining boshida turganida: “hukumatning 42 ming pud bug'doyini, 20 ming oltin gazmolini o'g'irlag'on. 2000 qo'y, 20000 qorako'l terisi bo'lg'on, mehnatkashlardan 1000 — 2000 nafarini yarim och, yarim to'q holatda o'z erlarida ishlatg'on… Og'aliqning qilg'on ishlarini, jabr va zulmlarini, xiyonatlarini yozib, uchig'a chiqarish mumkin emas”, deb yozadi “Buxoro axbori” gazetasi. Ushbu shaxsning yuqoridagi qonunbuzarlikka qaratilgan xatti-harakatlariga buyuk mutafakkir Mahmudxo'ja Behbudiy hayotiga zomin bo'lganligi bilan bog'liq jinoyati ham qo'shilgan.

Sud “Nuriddin Og'aliqni otishga, qolg'on ikkisini besh yilga qamoqqa olishga qaror qildi. Hukm Registonda bo'lib, 5 mingga yaqin kishi ishtirok qildi”. Nuriddin Og'aliqni otish hukmi 1923 yil 19 sentyabr' kech soat 7.00 da ijro etilgan. Bu haqda gazeta “Behbudiy va rafiqlarining o'ldirilishiga sabab bo'lg'on fuqaro hukumatining molig'a xiyonat qilgan mazkur Og'aliq 19 sentyabrda (1923 yil) odil hukumatimiz tomonidan otildi, demak, Behbudiy va rafiqlarining o'chlari olindi”, deb yozadi.

Shunday qilib, Behbudiy o'limidan 4 yil keyin qotil o'zining jazosini olgan. Shundan so'ng Buxoro hukumati tomonidan Qarshi viloyati ijroqo'mi raisi Jo'ra Zokiriy hamda Qarshi viloyat firqo'mi Nazarov zimmasiga Behbudiy qabrini qidirib topib, uning haykalini o'rnatish vazifasini yuklagan. “Buxoro axbori”da bu haqda shunday xabar berilgan: “Mahmudxo'ja Behbudiy qabri oz kunda (tez kunda) topilib, ustig'a haykal ishlanib yotadur. Behbudiy o'zining o'rtoqlari bilan hibsxonaning yonida vokzalg'a qarag'on tarafda hammasi bir qabrg'a ko'milg'onlar. Behbudiy qabrini izlab topib, ustig'a haykal ishlatishga Qarshi viloyat ijroqo'mi bilan viloyat firqo'mining boshida o'ltirg'on Jo'ra Zokiriy va Nazarov o'rtoqlar ko'p g'ayrat qilg'onlar”. Lekin bu mutasaddi shaxslar o'zlariga yuklangan vazifani uddalamaganligi manbalarda qayd qilinadi.

“Ozod Buxoro” gazetasining 1923 yil 19 oktyabrdagi sonida: “Turkistonning mashhur jamoat xodimlaridan Behbudiyning ismini umrbod (abadiy) qoldirmoq uchun Qurultoy (Buxoro Respublikasi qurultoyi) Qarshi viloyatini Behbudiy viloyati deb ismlamakka qaror berdi”, deb xabar beradi. Demak, Behbudiy nomi Qarshi viloyatiga 1923 yildayoq berilgan. “Ozod Buxoro” 1923 — 1925 yillar davomidagi sonlarida ham Qarshi viloyati haqida fikr bildirilsa, uni “Behbudiy viloyati” deb qayd qilinganligi bilan bog'liq ma'lumotlar uchraydi.

Mahmudxo'ja Behbudiy bilan bog'liq salmoqli maqola muallifi “Musofir”ning asl ism-sharifi kim bo'lgan?Behbudiy qotili Nuriddin Og'aliqni 3 yil davomida Buxoro hukumati organlarida ishlab kelishiga qaysi shaxslar homiylik qildi ekan? “Go'ri Amir” (Samarqand) darvozasi oldida Mahmudxo'ja Behbudiy bir guruh ziyolilar bilan birga tasvirga tushganlar orasida Og'ali(?) degan kishi (Qarang: “O'zbekiston adabiyoti va san'ati” gazetasi, 1995 yil 14 aprel') ham bor. U qaysi Og'ali? Qarshi viloyati rahbarlari nega o'zlariga yuklangan vazifani oxirigacha bajarmadilar? Bu kabi jumboqli savollar tadqiqotchilarning e'tiborini o'ziga tortishi tabiiy hol. Xullas, Mahmudxo'ja Behbudiy va Buxoro tarixi muammosi bilan bog'liq tadqiqotlarning kelgusidagi vazifalari shu kabi savollarga javob topmoqdan iboratdir.

“Sizlarga vasiyat qilaman. Maorif yo'linda ishlayturg'on muallimlarning boshini silangizlar. Maorifg'a yordam etingiz. O'rtadan nifoqni ko'taringiz. Turkiston bolalarini ilmsiz qo'ymangizlar. Har ish qilsangiz, jamoat bilan qilingizlar. Hammaga ozodlik yo'lini ko'rsatingizlar. Buxoro tuprog'iga tezlik ila yo'l boshlangizlar. Ozodlikni tezlik ila yuzaga chiqaringizlar”.
Bu so'zlar manqurt vahshiylar qo'lida azob chekkan Mahmudxo'ja Behbudiyning o'z umri so'nggi daqiqalarida qilgan vasiyati, bo'g'zida qotgan dil nolasi edi.

Shodmon HAYITOV,
Buxoro davlat universiteti professori,

Kamol RAHMONOV,
tarix fanlari nomzodi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube