O’zbekiston Xalq Harakati

GENERAL JO'RABEK HAQIDA ROMAN

GENERAL JO'RABEK HAQIDA ROMAN
12 Haziran 2020 - 16:45 'da yuklandi va 1271 marta o'qildi.

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, taniqli adib, “Ayol suvratiga chizgilar”, “Mavhumot”, “Adam vodiysi”, “Oldinda tun bor”, “Savti sarvinoz” kabi ko'plab kitoblar muallifi Ne'mat Arslon Kitobning sobiq begi, ma'rifatparvar inson Jo'rabek Qalandar qori o'g'li haqidagi “Ikki qutb oralig'i” nomli romanini yozib tugatdi. Modern uslubida yozilgan mazkur asarda general Jo'rabekning murakkab va ziddiyatli hayot yo'li haqida hikoya qilinadi.

–Adibga Jo'rabek haqida roman yozishni ikki yil oldin tavsiya qilgandim, –deydi shahrisabzlik jurnalist Mo'min Azizov. –Qo'limdagi Jo'rabekka aloqador barcha ma'lumotlarni taqdim etdim. Romanni yozish jarayonida ham fikrlashib turdik. Qisqa fursatda 150 betdan ko'proq asar yozib tugatildi. Qo'lyozmani o'qib chiqdim. Asar Ne'mat Arslon ijodiga xos tarzda mahorat bilan yozilgan. Jo'rabek tarixda o'zidan iz qoldirgan kuchli shaxs, ma'rifatparvar inson sifatida talqin qilingan.

Darvoqe, O'zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi a'zosi Mo'min Azizovni ko'pchilik yaxshi taniydi. Kesh tarixi bilimdoni, ayniqsa, temuriylar davri haqida qator maqolalar yozgan. Uning ismi sharifi bilan tez-tez viloyat va respublika matbuotida tarixiy mavzudagi dalillarga asoslangan ilmiy maqolalar chop etib turiladi. Hozirgacha Mo'min akaning “Keshning mashhur siymolari”, “Buyuklik yo'li”, “Qashqa osmonida qo'sh yulduz”, “Olamshumul siymo” kitoblari nashrdan chiqqan bo'lsa, yaqinda “Oqsaroynoma” kitobini yozib tugatdi.

Mo'min Azizovning ijodiy faoliyatida general Jo'rabek mavzusi alohida o'rin tutadi. Uning Jo'rabek haqidagi turkum maqolalari “Qashqadaryo”, “Bekajon”, “Daryo”, “Mo''jizaviy dunyo” gazetalarida chop etilgan. Tinib-tinchimas jurnalist General Jo'rabek hayotiga oid ma'lumotlar to'plash uchun uning Qorasuvdagi uyida ham bo'lgan, yaqinlarini topib, muloqot qilgan.

–General Jo'rabekning Qorasuvdagi uyiga borganimga o'n yillar bo'lib qoldi, –deydi Mo'min aka gap orasida. –Hovli mahalla idorasi binosiga aylantirilgan ekan. Jo'rabekning ruhiga Qur'on tilovat qildim.

Shu kunlarda Mo'min aka Kitob va Shahrisabz bekliklarining chor Rossiyasi tomonidan zabt etilishiga oid maqola yozish uchun yangi ma'lumotlar to'playapti. O'z-o'zidan maqola mavzusi Qalandar qori o'g'li Jo'rabek va Shahrisabz begi Bobobeklar hayotiga borib taqaladi.
Fursatdan foydalanib Mo'min Azizovning General Jo'rabek haqidagi maqolalaridan birini do'stlarimiz e'tiboriga havola etyapmiz.


XUDOYoRXON XIYoNATI
yoxud general Jo'rabekning so'nggi kunlari

Jo'rabek Qalandarbek o'g'li birinchi o'zbek general-mayori. Bu rutbani unga chor armiyasidagi harbiy xizmati uchun berishgan edi. U mustamlakachi davlatning bir necha ordenlari bilan ham mukofotlandi. Rossiya imperiyasi tasarrufidagi Turkiston o'lkasining hamyurtlari orasida hurmat va ehtirom qozongan mashhur siymolaridan biri bo'lgan.

Jo'rabekning otasi Qalandarbek o'z elining boy-badavlat, obro'li insonlaridan edi. Qiz farzandlar ko'rib, o'g'li yo'qligidan juda o'ksinardi. 1840 yilda uning orzusi amalga oshib, o'g'il farzandli bo'lganidan boshi osmonga etdi. Nasl-nasabini davom ettiruvchi zurriyodiga Jo'rabek deb ism qo'ydi. O'ziga munosib farzand bo'lishi uchun uning tarbiyasiga katta e'tibor qaratdi. Masjid huzuridagi maktabga o'qishga berdi. Jo'rabek dastlabki harbiy saboqlarni otasidan o'rgandi. Qalandarbek unga otda yurish, kamondan o'q otish, qilich o'ynatish, yovdan himoyalanishni o'rgatdi. Jo'rabek keyinchalik yaqin qarindoshi Hakimbekning o'g'li, o'zidan etti yosh katta Bobobek bilan mashq qila boshladi.

Jo'rabek navkarlik yoshiga etgach, Shahrisabz bekligi sarbozlari safiga qo'shildi. Bir necha yil Buxoro amirligi qo'shinlarida xizmat qildi. Buxorodagi xizmatini tugallab, yurtiga to'qsabo harbiy unvoni bilan qaytdi va Kitob bekligida harbiy xizmatni davom ettirdi. Chunki har bir beklikning o'z qo'shinlari bo'lib, ular hududlarini tashqi hujumlardan o'zlari himoya qilishgan, zarur paytlarda amirlik qo'shinlari tarkibida ham jangga kirishgan.
1860 yilda amir Nasrulloh vafot etib, Buxoro taxtiga uning o'g'li Muzaffarxon o'tirdi. Beklar esa amir tomonidan o'ziga sodiq amaldorlardan tayinlanardi. Muzaffarxon Shahrisabzda Ashirbiyni, Kitobda Zokirbiyni bek lavozimiga qo'ydi. Bu ikki beklik aholisi, ayniqsa, katta-kichik amaldorlar chetdan kelgan beklarni yoqtirishmas, ularga itoatsizlik ko'rsatib, bekliklarini mustaqil idora qilishni istar edilar. Shu tufayli amir Nasrulloh davrida ularga qarshi bir necha marta harbiy yurishlar uyushtirildi.
Yangi beklar amir Muzaffarxonning topshirig'i bilan soliqlarni ko'paytirdi, tubjoy savdogar, hunarmand, kosiblar, kichik amaldorlarga nisbatan qattiqqo'llik siyosatini olib bordi, oddiy fuqarolarning hayot kechirishi og'irlashdi. Oqibatda bekliklar ahli oyoqqa turib, qo'zg'olon ko'tarishga majbur bo'ldi. Buxorodan yuborilgan beklar hibsga olinib, ikki beklik Buxoro amirligi boshqaruvidan xalos bo'ldi. 28 yoshli Jo'rabek Kitob begi, Bobobekning otasi Hakimbek Shahrisabz begi etib saylandi.
Bundan g'azabi qo'zigan amir Muzaffarxon amirlik sharqidagi bekliklarga katta qo'shin yubordi. Har tomondan qal'a bilan o'rab olinib, mustahkam mudofaa tizimiga ega bo'lgan bo'ysunmas bekliklarni zabt etishga chog'landi. Ammo ikki oylik qamal natija bermagach, qaysar beklar bilan sulh tuzishga majbur bo'ldi. Shahrisabz va Kitobda mustaqil hayot davom etardi…

Rossiya imperiyasi bosqinchilari uzoq yillardan buyon Turkiston erlarini egallab olish ishtiyoqida edi. Nihoyat, ular XIX asr 60 yillari boshida o'lkaga katta qo'shin tortib, Qo'qon xonligining shimoldagi muhim strategik shahri bo'lmish Toshkentni egalladi. Endi asosiy e'tiborni janubga – Buxoro amirligini qo'lga kiritishga qaratdi, 1867 yilda urush boshlandi. Dastlab, Samarqand ruslarga taslim bo'ldi. Amir Muzaffarxon bu jangda mag'lubiyatga uchrasa-da, asosiy kuchlarni Zirabuloqda to'plab, rus bosqinchilaridan qasos olishni rejalashtirdi. Bo'lajak jangga tayyorgarlik ko'rilayotgan paytda, Samarqand ahli chorizmga qarshi shaharni ozod qilish uchun qo'zg'olon ko'tardi. Ularga chor atrofdan minglab xaloskorlar qo'shildi. Shahrisabzdan Jo'rabek va Bobobek qo'mondonligidagi katta qo'shin ham yordamga keldi.

1868 yil 1 iyunda Zirabuloqda amir lashkarlari ustidan g'alaba qozongan rus armiyasi Samarqandga tashlanib, qo'zg'olonni bostirishga muvaffaq bo'ldi. 1868 yil 23 iyunda Buxoro amirligi va Rossiya imperiyasi o'rtasida sulh tuzilib, amir Muzaffar tobeligini tan oldi va chorizmning vassaliga aylandi.

Amirning taslimchilik siyosati uning to'ng'ich o'g'li, taxt vorisi Abdumalik to'ra, Jo'rabek va Bobobekning noroziligiga sabab bo'ldi. Abdumalik to'ra ana shu ikki bek yordamida o'z atrofida katta kuch to'plashga muvaffaq bo'ldi. Ularning maqsadi amir Muzaffar va rus istilochilariga qarshi kurashni davom ettirish edi. Bu borada ular jiddiy muvaffaqiyatlarga ham erishdi. Qarshi, G'uzor, Yakkabog', Chiroqchi hududlari vatanparvar kuchlar qo'liga o'tdi. Jom qishlog'i yonidagi jangda amir lashkarlari ustidan g'alaba qozonildi. Abdumalik To'ra amir deb e'lon qilindi.

Endi qo'zg'olonchilar Buxoroga tahdid sola boshladi. Bundan tashvishga tushgan amir Muzaffarxon Turkiston general-gubernatori fon Kaufmanga yordam so'rab murojaat qildi. Zarafshon harbiy okrugi boshlig'i general Abramov yuborgan katta harbiy kuch tengsiz jangda qo'zg'olonchilarga katta talafot etkazdi. Abdumalik To'ra qo'lga tushmaslik uchun Buxoro hududlaridan chiqib ketishga muvaffaq bo'ldi.

Amir Muzaffarxonning Shahrisabz va Kitob bekliklaridan alamzadaligi shu bilan barham topmadi. Buxoro amiri bosqinchilardan shu ikki beklikni unga tiz cho'ktirishda harbiy yo'l bilan ko'mak berishni so'radi. Bu rus harbiy ma'murlari uchun ham ayni muddao edi. 1870 yil 11 avgustda bosqinchilar Kitobga hujum boshladi. Ular to'plar, tog' zambaraklari bilan qurollangan edilar. Asosiy zarba qal'a devorlariga va shahar darvozasiga berildi. Mudofaachilar ham to'p va zambaraklardan shiddatli o't ochish bilan javob qaytarishdi. Dushmanlar 14 avgust tongda mard va jasur mudofaachilar qarshiligini sindirib, shahar ichkarisiga kirishga muvaffaq bo'ldi. Shahrisabz esa ortiqcha qiyinchiliksiz olindi. Jo'rabek va Bobobek o'zlari bilan birga 200 kishini olib, Farg'ona vodiysi tomon yo'l oldi. Ammo Mahram qal'asiga kirishda Qo'qon xoni Xudoyorxon buyrug'i bilan ikkalasi ham hibsga olindi va xiyonatkorona tarzda Turkiston general-gubernatorligi ixtiyoriga yuborildi. Ularning ko'p sonli hamrohlari esa asirlikda qoldi.
General-gubernator fon Kaufman har ikki sobiq bekni jasur, harb ishlarida mohir, taktikada qobiliyatli sarkardalar deb bilardi. Shuni hisobga olgan holda ularni qatl qildirishdan ko'ra, Rossiya manfaatlari yo'lida foydalanish zarur, deb hisobladi…

Jo'rabek o'zi uchun butunlay begona bo'lgan yangicha hayot tarzini general-gubernator devonxonasida ishlashdan boshladi. O'zi istamagan holda mustamlakachilar xizmatiga o'tgach, ularga adovat va nafratini ichida saqlab, ko'ngildagidek xizmat qilishga harakat qildi. Rus tilini o'rgana boshladi. Mahkamaga arz va boshqa yumushlar bilan kelgan mahalliy amaldorlar, oddiy fuqarolarga tarjimonlik qildi. Asta-sekin uni harbiy ishlarga ham jalb eta boshlashdi.

Jo'rabek bo'sh vaqtini bekor o'tkazmas, kitob mutolaasi bilan mashg'ul bo'lardi. Alisher Navoiy, Lutfiy, Bedil, Jaloliddin Rumiy g'azalu masnaviylari jonu dili edi. Rus yozuvchilari orasida Lev Tolstoy asarlari unga juda yoqardi. Ijod ahli, taraqqiyparvar ziyolilar, san'atkorlarni o'ziga yaqin tutar, ular davrasida bo'lish, suhbat qurishga intilardi.

Sharq tarixi va adabiyotini yaxshi bilgan Jo'rabek Sankt-Peterburgda o'tkazilgan sharqshunoslarning uchinchi xalqaro kongressiga ishtirok etadi. U dunyoning turli joylaridan kelgan olimlar anjumanida qatnashibgina qolmay, ma'ruza ham qildi.
1901 yilda Jo'rabek Qalandarbek o'g'liga chor armiyasining general-mayori harbiy unvoni berildi. Toshkent shahar dumasiga deputat etib saylandi.

Mashhur shved sayyohi Sven Gedin 1893 yil Toshkentga kelganida Turkiston general-gubernatori Vrevskiyning uyida uyushtirilgan ziyofatda Jo'rabek bilan uchrashib qoladi. Bilim doirasi keng, qiziqishlari behisob bo'lgan Jo'rabek bilan suhbat uni maftun etadi. So'ngra sayyoh Jo'rabekning Qorasuvdagi uyida bir necha kun mehmon bo'ladi, uning ertaklardagidek sehrli tarjimai holini tinglaydi. Sven Gedin “Osiyo yuragi” kitobida bir necha sahifani Jo'rabekka bag'ishlaydi, unga “Markaziy Osiyo tarixida katta rol' o'ynagan siymo” deb ta'rif-baho beradi.

1905 yilning yanvarida Rossiyada chor hukumatiga qaratilgan noroziliklar, qonli voqealar Turkistonda ham aks-sado berdi. Jo'rabek o'z maslakdoshlari bilan ozodlik uchun kurashga oid bir qator rejalar tuzdi. O'sha yilning noyabr' oyida mahalliy ziyolilar bilan bir necha marta majlis o'tkazilib, Turkistonda hukm surayotgan og'ir ahvoldan qutulish choralarini ko'rish masalalari muhokama qilindi, Rossiya imperatoriga murojaatnoma yozilib, o'lka xalqlariga siyosiy va iqtisodiy erkinliklar berish talablarini qo'yish haqida so'z yuritildi.

Chorizm mustamlakachilik siyosatining tub mohiyatini tushunib, mahalliy xalq mehnati bilan yaratilayotgan boyliklarning markazga olib ketilayotganidan, aholi nochor ahvolga tushib qolganidan norozi bo'lgan Jo'rabekda chor hukumatiga sadoqat tobora susayib bormoqda edi.

Akademik Vasiliy Bartol'd Jo'rabek bilan qilgan suhbatlarida uning chorizmga qarshi kayfiyatini payqagan edi. General Toshkent shahar dumasi majlislarida ham mahalliy aholi manfaatlarini himoya qilib, duma minbaridan o'z maqsadlarini targ'ib etishda foydalana boshladi. Jo'rabekdagi bu o'zgarishlar general-gubernatorlik yuqori doiralari e'tiboridan chetda qolmadi, u qora ro'yxatga kiritildi. Generalni oradan ko'tarish choralari ko'rildi. U 1906 yil 25 yanvar' tunida o'z uyida yollanma qotillar tomonidan o'ldirildi. General Jo'rabekning sirli o'limi haqida bir necha gazetalarda ta'ziyanomalar berildi. Xususan, Jo'rabek doimiy muxlisi va targ'ibotchilaridan biri bo'lgan Ismoilbek Gaspirinskiy muharrirligidagi “Tarjimon” gazetasi “General Jo'rabek vafoti” sarlavhali ta'ziyanoma e'lon qildi…

Mo'min AZIZOV,
tarixchi-jurnalist.

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube