O’zbekiston Xalq Harakati

Tilimiz va alifbomizni asl o'zligiga qaytaruvchi islohotlar lozim

Tilimiz va alifbomizni asl o'zligiga qaytaruvchi islohotlar lozim
27 Haziran 2020 - 13:57 'da yuklandi va 504 marta o'qildi.

Mutaxassislar tomonidan Chig'atoy tili deb nomlanadigan mumtoz turkiy (eski o'zbek) tilimiz 3 ta (qarluq, qipchoq, o'g'uz) asosiy turkiy lahjaning uyg'unlashgan varianti edi. Shuning uchun asrlar davomida butun turkiy xalqlar uchun adabiy til sifatida tatbiq etildi.

Zamonaviy o'zbek adabiy tili va alifbosidagi eng katta xato ham muayyan 1 ta (qarluq) lahja atrofida qurilgani va turkiy tilga xos bo'lgan tovushlarning ifoda etilmasdan, forsiy tilga yaqin bo'lib qolgani bo'ldi.

Natijada yillar davomida hududiy jihatdan O'zbekistonning eng keng mintaqalariga tarqalgan qipchoq hamda o'g'uz lahjalarida so'zlashuvchi aholi o'zlarini o'zbek adabiy tiliga begonadek, tutishlariga qaysidir ma'noda sabab bo'lmoqda. Darhaqiqat, qipchoq lahjasi mamlakatimizning deyarli barcha mintaqalarida keng tarqalgan. O'g'uz lahjasi esa, asosan Qoraqalpog'istonda va Xorazm viloyatlarida keng tarqalgan bo'lib, Buxoroning Qorako'l va Olot tumanlari aholisi, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida yashaydigan chandirlar ham ushbu lahja vakillari hisoblanadilar.

Ijtimoiy tarmoqlarda muayyan qipchoq va o'g'uz lahjalarida so'zlashuvchi guruhlarning tashkil topgani o'sha lahjalar vakillari tomonidan o'z shevasining ohangdorligini, jozibadorligini, go'zalligini saqlab qolishga haqli ravishda harakat qilayotganini ko'rsatadi. Aslida, ham shevalarimiz tilimizdagi “parazit” emas, balki tilimizning rangbarangligini, boyligini ta'minlovchi omildir. O'zbek tilida 3 ta lahja vakillarining borligi tilimizga boshqa qardosh tillar qarshisida juda katta ustunlikni ta'minlaydi.

1929 yildagi lotin alifbomiz ham ancha turkiy til qoidalariga mos edi. 1940 yildagi kiril alifbomizda keskin o'zgarishlar qilingan. O'sha alifbo ta'sirida bir nechta avlod shakllandi. 1995 yildagi lotin alifbomizga 1929 yildagi lotin alifbomiz asos qilib olinmasdan, 1940 yildagi buzib tashlangan kiril alifbomiz asos qilib olindi. Bu esa, o'z navbatida sovetlar ataylab yo'l qo'ygan “xato”ni haqiqat sifatida qabul qilishga va tilimizni aslidan uzoqlashtirishga xizmat qildi.

Xulosa qilib aytganda, adabiy til qoidalarini qayta ko'rib chiqib, eski o'zbek tilimizning ko'plab jihatlariga qaytish va milliy alifbomizni asl o'zligiga qaytaruvchi islohotlar yo'lida jasorat ko'rsatishga juda katta ehtiyoj mavjud.

Bunga ayrim ziyolilarimiz turkiy tilli davlatlar bilan yaqinlashish uchun siyosiy sabablar asosidagi islohotlar degan radikal baho berishga oshiqmasliklarini so'rardim (alifbo masalasida mana shunday e'tirozlar ham juda ko'payib ketgandi). Bu, aslida, eski o'zbek tilining xalqaro til darajasida qo'llanilgan davridagi boyligi va jimjimadorligini saqlab qolish va qayta tiklash hamda xalqimizning barcha shevalar vakillarini mustahkam asosda birlashtirish uchun zarurdir. Masala qaysidir davlatlar bilan siyosiy munosabatlar emas, millatning bardavomiligida.

Anvar Yusupov

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube