O’zbekiston Xalq Harakati

Yosh avlod dialogi

Yosh avlod dialogi
27 Haziran 2020 - 16:06 'da yuklandi va 858 marta o'qildi.

YoSh AVLOD DIALOGI

Nasrullo Ergash: AVLODIM HAQIDA O'YLARIM

(Shoir Jontemirga ochiq xat)

Qadrli ukam Jontemir, yaqinda yaxshi bir tashabbus bilan chiqib, kaminani ham bunga bosh qo'shmoqqa chaqiribsiz. Taklifingizdan xursand bo'lsam-da, siz boshlagan xayrli ish ko'ngil tubidagi eski yaralarimni yangilagani rost. Oxiri o'sha dardlarimni siz bilan bo'lishishga qaror qildim. Axir, sizni o'zimga bir maslakdosh do'st deb bilaman. Qisqasi, siz bizdan adabiyotimiz oldida turgan muammolar va echimlar haqida so'rabsiz. Men bugungi adabiyotimizni quyidagi muammolar girdobida ko'raman:

Kambag'allik

Kambag'allik adabiyotimizda avvaldan hal bo'lmay kelayotgan muammo. Esingizda bo'lsa, sizu bizning sevimli yozuvchimiz Shukur Xolmirzaev ko'p yillar burun “Tafakkur” jurnalida “Adabiyot o'ladimi?” sarlavhasi ostida mana shu masalani ko'tarib chiqqan edi. Ammo bu masala atoqli yozuvchimiz hayotlik davrida hal etilmay, sevimli adibimiz o'zining Do'rmondagi kulbasida kamtarona yashab dunyodan o'tdi. Xullas, kambag'allik sindromi bizning avlodga ham meros bo'lib qoldi.

Axir, shoir-yozuvchi ham hamma qatori odam. U ham qorni to'q payti yaxshiroq fikrlaydi, yaxshiroq ijod qiladi.

“Duel'” loyihasini bir eslang. Uning so'nggi sonlaridan birida siz ham qatnashgan edingiz. O'sha paytlar yana bir ardoqli shoirimiz Abduvali Qutbiddin olamdan o'tgan, shu bois siz “Duel'”ni sevimli shoirimizning she'ri bilan ochib bermoqchi bo'ldingiz. Sizga mikrofon taklif qilishdi, ammo siz mikrofonni keskin rad etib, she'rni mikrofonsiz o'qiy boshladingiz. To'g'risi, do'stim, siz o'shanda mikrofonni rad etib chakki qilgan edingiz. Chunki sizning ovozingiz old qatorda o'tirganlardan boshqalarga eshitilmadi. Men buni nima uchun aytyapman? Agar sizning maishiy turmushingiz yaxshi bo'lganda edi, o'shanda ishonchim komilki, ovoz tembrlaringiz zalni titratib yuborgan bo'lardi.

Bugun kambag'allikka qarshi kurash davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Aslida, kambag'allikni tugatishni adabiyot odamlari, xususan, shoir-yozuvchilar hayotidan boshlash kerak. Bizda o'qituvchilar maoshi ko'tarildi. Bundan xursandmiz. Ammo o'qituvchilarga kitob yozadigan shoir-yozuvchi va jurnalistning hayoti hamon o'sha-o'sha. Axir, xalqqa nur, ya'ni ma'naviyat va ma'rifat beradigan qalam ahli emasmi?.. Qalam haqini-ku gapirmasa ham bo'ladi. Axir, adadi 400-500 atrofida chop etilayotgan gazeta-jurnallar bizga qanday qilib qalam haqi to'lasin? Kitobni-ku, aytmay qo'yavering. Axir, kitobni o'zimizning pulimizga chiqarishimiz kerak. Xo'sh, oylikka uchma-uch qilib zo'rg'a kun ko'rayotgan shoir-yozuvchi kitob chiqarishga pulni qaerdan topsin? Ilgarigi zamonlarda, deylik, Abdulla Qahhor davrida adib hajman qissadek keladigan “Sarob” romani uchun 8000 kupon olishi kerak bo'lgan. O'shanda 8000 ga yangi “Volga” sotib olish mumkin ekan. Ammo Qahhor insofli adib bo'lib, yoshlarga qancha beryapsizlar deb so'raydi, 6000 deydi nashriyotdagilar. Shunda Qahhor 2000 ni qurtdek qilib sanab nashriyotga qaytaradi.

Bizning avlod jadidlardan ko'p misol keltirishni yaxshi ko'radi. Ammo jadid yoshlarini biz bilan muqoyasa qilib bo'ladimi? Ular sho'rpeshona bo'lsa-da, moddiy tomondan qiyinchilik ko'rmagan. Shuning uchun ham jamiyatda mislsiz islohotlarni amalga oshirishgan. Jadidlar hali XX asrning boshlaridayoq dunyo kezib chiqadi. Bunga ularning puli bemalol etgan. Ular jahonning manaman degan oliygohlarida tahsil ko'rishgan. Xo'sh, siz bilan men dunyoga kelib, Toshkentdan naryog'ini ko'ra oldikmi?

Shunday ekan, do'stim, bugun biz avlod deb atayotgan 10-20 chog'li yoshlarning vatan, millat, xalq, adabiyot degan so'zlari menga o'ta balandparvoz tuyuladi. Bu xuddi qorni och bolaning yig'lab xarxasha qilishiga o'xshagan bir gap.

Ha, keyin yana sizga gapning dangalini aytsam, feysbukdagi qarsakka qorin to'ymaydi.

Xolislik

Siz menga, mana, yaqinda yozuvchi-shoirlarga imtiyozli uylar berildi-ku deb e'tiroz bildirishingiz mumkin. Xo'sh, imtiyozli uylar o'zining haqqoniy egalariga to'liq xolislik bilan tarqatildimi? Men yo'q deb javob beraman. Aslida, imtiyozli uylar birinchi navbatda kimlarga berilishi kerak edi? Sizu men kabi boshpanasi yo'q yosh ijodkorlarga berilishi kerak emasmidi? Unda nega siz va men hamon Toshkentning zax bosgan, ammo narxi juda qimmat ijara uylarida bola-chaqa va yuklarimiz bilan u yoqdan bu yoqqa ko'chib, mirshablardan xavsirab sarson-sargardonlikda yashab yuribmiz? Chunki adabiyot ahli orasida hali xolislik vaksinasi shakllanganicha yo'q.

Men ham siz kabi, jillaqursa, bir xonali uydan umid qilib bir emas, ikki marta ariza yozib, uy uchun kerak bo'ladigan hujjatlarni to'plab topshirgan edim. Atigi bir martagina majlisga chaqirishdi-yu, boshqa yo'qlashmadi. Keyin bilsam, uylarni bizga xabar bermay tarqatib yuborishibdi. Holbuki, arizalarim va topshirgan hujjatlarimda telefon raqamlarim ko'rsatilgan edi.

Bundan tashqari, Yozuvchilar uyushmasi rahbari – mening yurtdoshim. Men u kishi tug'ilgan qishloqqa qo'shni qishloqda tug'ilganman. U kishi meni har ko'rganda, nega mening oldimga kelmaysan deb xijolat qilishni yaxshi ko'radilar-u, ammo ishxonalariga yo'qlab borsam, xonalarida qabul qilmay, koridor yoki zinada qabul qiladilar. Shunday bo'lsa ham men o'sha koridoru zinalarda u kishiga yuzimning suvini to'kib, kambag'alning bolasi ekanim, otam damqisma kasal, onam ham paxta teraverib oyoqlari shishib ketib nogiron bo'lib qolgani, o'zim esa qariyb 20 yildan buyon, yaqindan boshlab oilam va farzandim bilan Toshkentda boshpanasiz sarson bo'lib, matonat bilan ijod qilib yurganim haqida bir necha marotaba aytgandim. Jillaqursa, u kishi mening ahvolimdan xabardor edi-ku. Xo'sh, do'stim, qani menga ayting-chi, bu erda xolislik qani?!

Uyli bo'lgan aka-opalarimiz esa, uylarining kalitini maqtab, suratlarini qo'yib, biz o'gaylar ustidan kulgani-kulgan. Chunki, egan og'iz uyalar deydi-ku dono xalqimiz. Ammo ularda jim turish imkoni bor edi-ku. Yo'q, ular jim turishmaydi. Ular kitobi chiqqan, uy olgan, xullas, manfaat ko'rgan lagerini tish-tirnog'i bilan himoya qilib, bizni battar xo'rlashadi.

Ular bizning Yozuvchilar uyushmasiga a'zo emasligimizni ro'kach qilishar. Uyushmaga a'zolik nima degan gap o'zi? A'zolikka qabul qilishda iste'dodga bosh mezon sifatida qaraladimi? Aslo, yo'q. Nechta kitob chiqarganiga qaraladi albatta. Biz esa bor-yo'g'i bittagina kitob chiqarganmiz. Nodir Jonuzoqdan so'kish eshitib, ro'yxatlarga nomimiz kirmay, imtiyozlardan mahrum va sharmanda bo'lib, Zomin seminariga go'yoki o'g'rincha borib, she'r o'qimay qaytib kelganmiz. Bizning Yozuvchilar uyushmasidan ko'rgan bor-yo'q imtiyozimiz mana shu. Mayli, bunga ham ko'z yumaylik. A'zolik – uy berishda asosiy mezon bo'lishi to'g'rimi? Men bunga ham yo'q deb javob beraman. Chunki men shunday iste'dodlarni bilamanki, ular uyushmaga a'zo emas, ularning hatto Toshkentga kelishga puli ham yo'q. Ammo manaman degan uyushma a'zosidan yaxshiroq yozadi. Uy beruvchi komissiya uchun esa buning ahamiyati yo'q. Qanchalik iste'dodli bo'lmasin uyushmaga a'zo bo'lmasa, shoir-yozuvchi hisoblanmaydi va uy berilmaydi. Tamom-vassalom. Ularning nazaridagi xolislik mana shundan iborat.

Yaqinda bir jurnalist akamiz, uylar to'g'ri tarqatildimi degan mazmunda post qo'ygan edilar. Men bizlarni o'ylaydigan odamlar ham bor ekan-ku, deb xursand bo'lgandim. Adashgan ekanman. Akamizga maslahat so'rab bir necha marta xat yozdim. Javob kelmadi. Sababini bugun bildim. Uyushma u kishini va bir nechta jurnalistlarni a'zolik bileti bilan siylabdi. Axir, jurnalistlarga ustoz Mahmud Sa'diyni keksayganda a'zo qilgan Jurnalistlar uyushmasi ham bor edi-ku. Xullas, jurnalist akamiz bizdek ukalarining g'amini bitta a'zolik biletiga almashibdilar.

Mayli, u kishini qo'yib, yana o'zimizning shoir-yozuvchilarga qaytaylik.

Ustoz Abdulla Oripov bizdek paytlari hali uylari yo'q ekan. Bir ziyoratgohda Tangri taologa iltijo qilib, boshpana so'ragan ekanlar. Bu hol o'sha paytdagi insofli uyushma rahbariyati qulog'iga etib, ustozga uy berishgan ekan. Endi, do'stim, mening ham sizga o'xshab Makkayu Madina borishga pulim yo'qligini bilasiz, ammo baribir ustoz Abdulla Oripovga havas qilib, Ollohga iltijo tarzida “Iltijo” nomli bir she'r qoralab, avlodimizning yakkayu yagona minbari bo'lgan fbda e'lon qilganimdan xabaringiz bor. Qizig'i shundaki, shu she'rni o'qib, meni qo'llab-quvvatlaganlarning ko'pchiligi begonalar bo'ldi. Ammo uyushma u yoqda tursin o'zimizning hammaslak do'stlardan juda kamchiligi meni qo'llab-quvvatladi. Hatto, do'stlarimiz orasida meni tilamchiga chiqarib ma'lomat qilganlari ham topildi. Holbuki, men bandasidan emas, Xudodan so'ragan edim. So'raganda ham o'zimning halol haqqimni so'ragandim. Ammo shuni ham noto'g'ri talqin qilib, meni yomonotliq qiluvchilar topildi. Demak, hali bizning avlodimiz ham xolislik va halollik, rostgo'ylik va adolat vaksinalariga judayam muhtoj ekan.

Guruhbozlik va maddohlik

Endi men sizga nega meni Yozuvchilar uyushmasiga qabul qilishmaganini aytay. Chunki men sizga o'xshab yoshlikdan yolg'iz bo'ri bo'ldim. Oqni – oq, qorani – qora dedim. Har xil guruhlarga qo'shilmadim. Shuning uchun do'stlarim mudom kam bo'ldi. Oliygohda o'qiyotganimda ustozlarga bag'ishlov yozib, devoriy gazetalarda e'lon qilmadim. Ustozlar amal pillapoyalariga ko'tarilganda yoniga yugurib bormadim. Mudom o'zimni chetga olib yurdim. Biz kambag'alning bittagina kitobi chiqib, ustozlarning yiliga hech bir to'siqsiz qo'sha-qo'sha kitoblari chiqib yotganda “bay-bay-bay, muqovaning qordek oppoqligini qarang, oq rangda hikmat ko'p-da” deb kitob muqovasini maqtamadim… Ana shuning uchun meni ajratib qo'yishdi. Ana shuning uchun meni chetlatishdi. Ana shuning uchun oyda-yilda bir yurtdoshim qabuliga borganimda biz tengi yordamchisi chiqib, tap tortmay, nima masalada kelding deb so'raydigan bo'ldi. Kotibasi ichkariga qo'ymaydigan bo'ldi. Kutib-kutib, sarg'ayib-sarg'ayib qaytib ketadigan bo'ldim. Sababi maddohlik qilmaganim uchun ular meni odam o'rnida ko'rishmadi. Ular menga ikkinchi darajali odam sifatida qarashdi va haligacha shunday.

Xullas, meni Yozuvchilar uyushmasiga qabul qilishmadi. Chunki mening tankam yo'q edi.

Iste'dodning vaqtida qadrlanmasligi sindromi

Bizda adabiyot sohasida iste'dodlar vaqtida qadrlanmaydi. Bizda iste'dodsizlardan iste'dod yasamoqchi bo'lishadi. Ular uchun to'garaklar ochishadi, maqtash kampaniyasi uyushtirishadi, sayohatlarga yuborishadi, uyushmaga a'zo qilishadi, uylar, mukofotlar berishadi. Xullas, sun'iy shoir-yozuvchi yasalib, Xudo bergan tirik iste'dod esa mudom chetda qoladi. To'g'risi, bizda hali-hamon iste'dod va iste'dodsizning farqiga borishmaydi. Oddiy xalqni qo'ya turing, katta-katta ustozlarda ham did va saviya haminqadar. Qaytanga, ustozlar orasida iste'dodni ko'rib-ko'rmaganga olish nihoyatda rivojlangan.

Ayirmachilik va mahalliychilik

Siz ham hamma qatori o'qiysiz, izlanasiz, tunni tongga ulab qog'oz qoralaysiz, she'rlar bitasiz, hikoyalar yozasiz. Ularning mavzusi turlicha bo'ladi: vatan, muhabbat, urush… Shu yurt, shu el, shu vatanga mehnatim singsin deysiz. Ammo uyushmaning internet nashrlari va unga tegishli gazeta-jurnal, to'plam-almanaxlarda ko'pincha bir xil navbatchi mualliflarning yozganlari e'lon qilinadi. Nega bunday deb so'rasangiz, bizga yubormagansiz deyishadi. Holbuki, bunday gaplar eskirdi. Chunki ular internetda judayam faol. Yozganlaringizni bitta qo'ymay o'qib borishadi. Buni faqat o'zingizga bildirishmaydi, xolos. Ular sizni o'qishadi, ammo nashlarida e'lon qilishmaydi. Maqsadlari esa tayin: sizni adabiy jamoatchilikka yaqinlashtirmaslik. Ular uchun urush haqida va vatan haqida yozadigan o'zlarining navbatchi mualliflari bor.

Qo'rquv va ikkiyuzlamachilik

Biz adabiyot ahli bo'lsak-da, fikr bildirishdan qo'rqamiz. Chunki bildirgan fikrimiz uchun jazolanishimiz mumkin. Haqiqiy demokratik jamiyatda esa fikr erkinligi qaytanga himoyalangan. Odamlar bildirgan fikri uchun hech qachon jazolanmaydi. Biz esa bir fikr bildirib qo'yib, yillab qo'rqib yuramiz. Noto'g'ri yozmadimmikan, ertaga bu boshimga balo bo'lmasmikan deb vahimaga tushamiz. Endi kitobimni chiqarishmasa nima qilaman, uyushmaga a'zo qilishmasa yoki a'zolikdan o'chirishsa-chi, uy berishmasa nima qilaman deb qo'rqamiz. Shuning uchun ikkiyuzlamachilik qilamiz, qorani – oq deymiz, oqni esa – qora deymiz…

Xullas, do'stim Jontemir, fikri ojizimga kelgan adabiyotimiz oldidagi muammolarni ko'rsatdim. Ularning mohiyatiga e'tibor bersangiz, echim va takliflar borligini ham ko'rasiz. Ammo hali bunday muammolar etarlicha. Omon bo'lsak, ularga ham birga echim izlarmiz. Joningiz omon bo'lsin, do'stim!

2020 yil

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube