O’zbekiston Xalq Harakati

YoSh AVLOD DIALOGI

YoSh AVLOD DIALOGI
28 Haziran 2020 - 8:00 'da yuklandi va 680 marta o'qildi.

BO'ShLIQ

Taqqoslashni juda yaxshi ko'raman. Aynan bir predmetni boshqasiga emas, shu predmetning kechagi va bugungi holatini. So'z va unga bo'lgan munosabatda ham shunday. Aynan Adabiyotda. Men, Biz bugun qanday ahvoldamiz? Va rosa yarim asr avvalgi “uzangidoshlar” ahvoli qanday edi?

Bugun Adabiyot bor bo'yicha akademik fanga aylanib ulgurdimi, degan gumonga boraman. Negami? Chunki bizda asl adabiyot faqat xos davralardagina jon saqlayotgandek – ijodkorning o'quvchisi ijodkor, kuzatuvchisi shu soha vakili. Oddiy misol, she'r yozganim uchun uydagilarim meni haligacha bekorchilikda ayblab, jiddiyroq ish bilan shug'ullanishimni istashadi. Tan olish kerak, adabiyotga nisbatan bunday radikal munosabatda bo'lgan shaxs bugun har bir xonadonda topiladi. Nega? Avom va Adabiyot orasida qachon bunchalik bo'shliq paydo bo'ldi? Hammadan har xil shakldagi javob eshitaman, lekin mazmun o'sha: Adabiyotning likvidligi yo'q, ya'ni moddiy tus ola bilmaydi va qorin to'ydirmaydi. Qiziq, yarim asrlar oldin bu xossalar bormi edi Adabiyotda. Menimcha yo'q! Enam (ayamning ayasi) haligacha texnikum talabasi paytlarida bo'lgan adabiyot manzaralari, ijodkorlar bilan bo'lgan adabiy kontsertlar, kitoblarning talash bo'lishini aytib yuradi. “Ikki eshik orasi”ning bir nusxasini qo'shni dugonalar bilan navbatlashib mutolaa qilishgani haqida aytadi. Boshqacha bo'lib ketaman. Yana enamning eslashicha, u kishi Halima Xudoyberdieva bilan bir davrda, bir texnikumda tahsil olgan va talabalar o'z tengquri bo'lishiga qaramay shoirning she'rlarini yoddan bilgan. Halima aya talabalik chog'idayoq nafaqat texnikum, balki butun viloyat madaniy hayotining avangardida turgan. Shaxsan men uchun bu (o'sha davrda yashab ko'rmaganim uchun) utopik romantizm, yozarman va o'qirman orasida bunday ko'prik bo'lganini tasavvur qilolmayman.

Bugun bizning davrimiz kelgan. O'sha paytlardagi Enadaryo (Halima Xudoyberdieva) kirgan navqiron yoshning nari-berisidamiz.

Xo'sh, bugun yozarmanning qadri qanchalik? U qanday pozitsiyaga ega?

To'g'ri, bugungi ijod vakillarining aksariyati o'ta individuallashib, xonakilikka o'rganib qoldi. Tabiiyki, ta'sir va qamrov doirasi ham torayib bordi. Lekin aynan shu individuallik va xonakilik Avom va Adabiyot orasidagi bo'shliqqa vajkorson bo'lishi mumkinmi?

Bugun odamlar Adabiyotdan, yozarmandan uzoqlashdi, degan iddaolarni eshitamiz. Lekin eng qizig'i, katta avlod – enamlar ham (umrlari uzoq bo'lsin) bugun kitob o'qimaydi.

Bu ahvolga qandaydir sabablar ixtiro qilmay, enamning o'zidan so'ragan edim. Qo'lida televizor pultini ermak qilib, oddiy, jaydari javob qaytardi: “Bizning davrimizda boradigan joyimiz o'qish (p.s. maktab yo texnikum bo'lsa kerak), ovunadiganimiz kitob edi. Televizor yo'q edi. Biz uchun tashqi dunyo faqat shu gazeta yo kitob bo'lgan, shekilli”.

Aslida ham shunday emasmi?! O'shanda adabiyot o'zida jamiki ko'ngilxushlikni (razvlechenie) jamlagan. Keyinchalik internet, televidenie, musiqa, kino, raqs kabi boshqa yo'nalishlar ommaviy ravishda Adabiyotdan o'z auditoriyasini ajratib ola boshlagan. Endi televizor ko'rish yoki internetga kirish istagi bo'lgan odam bugun u ehtiyojlarini faqat kitob o'qib qondirishgagina majbur emasligini anglaydi.

Demak Adabiyot auditoriyasining siyrakligi aslida tabiiy hol bo'lishi mumkin.

Lekin So'zdan chiqqan har ne yana So'zga qaytishiga ishongim keladi. Balki qaytar ham.

Faqat avval oradagi bo'shliqlarni teran anglab ularni munosib to'ldira olishimiz kerak…

Xo'sh, hozir orada qanday konkret bo'shliq bor? Bu borada faqat o'zimga tegishli bo'lgan sub'ektiv omilni misol keltirishim mumkin: ayam she'riy matnlarimni o'qib, ulardan ko'p hollarda hech narsani tushunmaganini, mavhumligini aytadi. Va bu kabi “umumiy til” (obщiy yazyk)ni topa olmasligimiz o'rtamizda bo'shliq paydo bo'lishiga bir sabab bo'ladi. Ya'ni yozuvlarimdagi o'sha “mavhumlik” va ayam istayotgan “shaffoflik” bir-biriga zid bo'lgani tufayli, o'sha umumiy tilni topishga, o'qirman va yozarman munosabatlarini mustahkamlashga qiynalamiz.

Unda echim nimada? Bu bo'shliqni qanday to'ldirish mumkin?

(bu haqdagi fikrlarimni yana batafsil yozaman, nasib)

Farrux Xasanov

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube