O’zbekiston Xalq Harakati

YoShLAR DIALOGI

YoShLAR DIALOGI
28 Haziran 2020 - 7:58 'da yuklandi va 660 marta o'qildi.

Jontemir Jondor: Zulfiqor.Munosabat.
(Kirish)


Savdo sohasida ishlagan kishi biladi, mol haridor yoniga borsa qadrsizlanadi. Lekin shuni anglagan holda fikri uyg'oq ijodkor tengqurlardan adabiyot orqali jamiyatimizda ro'y berayotgan to'g'ri-noto'g'ri voqealarga keskin, vijdonan, hodisalarni teran tahlil g'alviridan o'tkazib munosabat bildirishlarini (majburlagan, buyurgan emas) iltimos qilgan edim. Va shu yo'sin sizlarning inson, millat, borliqni qay darajada tushunish, anglash va atrofingizda o'yin tushayotgan “ajina shamol” yuragingizni qanchalik kuydirayotganini fahmlab olmoqchi edim. Ammo bundan ikki yil burungi kabi hamma gur etib yondiyu, amalga kelganda sasi chiqmay in-iniga kirib ketdi. O'shanda ham eng yaqin do'stlarimdan katta umid qilgan, ularga qattiq ishongan, natijada pand eb qolgan edim. To'g'ri, hali belgilangan bir hafta yakuniga etmadi. Baribir sezyabmanki, bu gal ham to'rt-besh uzoq tanishlardan bo'lak qadrdonlar og'iz ochmaydilar. Va buni tabiiy qabul qilaman. Shunchaki o'tgan safar orqaga tisarilgan do'stlarga yana imkon berilsa, mardliklarini ko'rsatib qo'yarmilar, degan umidim bor edi. Alalxusus amin bo'ldimki, tomirida qul, qo'rqoq qoni oqadurganlar to qiyomat nohaqlik ko'ziga tik qarolmas, ko'ksida hazrati Aliy jasorati nur tashlaganlar undamasang-da maydonga chiqar ekan.

Bu yog'iga faqat jasoratlilarga murojaat etmoqchiman. Ko'chada, davrada, ishxonasida, qadah qoshida emas, ichida, ruhida, muqarrar qiyomat va Tangri qoshida haqiqat tomonida tik turguvchi jasoratlilarga!

Endi qo'yilgan maqolalar to'g'risida


Do'stimiz Begali Eshonqulovning she'riyat va xalq o'rtasida paydo bo'lgan uzilish, bo'shliq haqidagi qarashlarini o'qidim. Begali, do'stim, rosti, oxirigacha jo'yali tahlil kutdim maqolangizdan. Negaki siz men nimadir kutishimga arzirli odamlardan birisiz. Qarang, kimningdir she'rini to'rtta shishadoshidan boshqa o'qimas, eshitmayotgan ekan, bu uning darajasi va bahosi! Sizningcha “kim odamlarga tushunarsiz ruhda yozsa, o'shaning oshig'i olchi”. Va aynan shular adabiyotni o'z xalqidan uzoqlashtirmoqda. Keling, imkoni boricha sochma gapdan qochib, manzili bilan yozaylik. Nomma-nom sanang “o'shalar”ni. Saviyangiz, she'riy san'atingiz etganicha tahlil qilib, fikringizni isbotlab bering. Masalan bugungacha birorta she'rni tahlil qilib ko'rsatganingizni men bilmayman. Yana bir narsani esingizga solib qo'yay. Sizu men sevib o'qigich Rauf Parfi, 70 lar, Abduvali Qutbiddin, Aziz Said, hatto Eshqobil Shukur ham “odamlarga tushunarsiz ruhda” yozishadi. Adbiyotningxalchillashishi haqiyuagi fikringizga qarshi o'laroq aytaman, xalq adabiyot oldiga chiqishi kerak! Adabiyotning vasifasi bu. Asta-sekinlik bilan insoniyatni quyidan yuqoriga yuksaltirib borajak narvondir u.

“Mundoq qarasa, adabiy davralarda modern maqtalmoqda. Shartta modernga o'tdi qo'ydi…”

Sizdan iltimos, avval modern degan so'z zamirida nima yotganini, bu atama qachon yuzaga kelgan, ma'nosi nima bilib oling. Esingizda bo'lsinki, hozir metamodern davrida yashayabsiz. Sodda qilib tushuntirsam, bizga yangilik bo'lgan hamma narsa modern. Endi aytingchi, Navoiyning qaysi g'azali, qaysi satri sizga yangilik bo'lib ko'rinmaydi?! Meni kechiring, xotirangizga bu kabi noto'g'ri qarashlar yopishib qolishiga siz emas, sizga modernni o'zi anglamay tushuntirganlar aybdor. Deyarli sakson foiz yosh hatto katta ijodkorlar ham sizdek o'ylaydilar bu haqda. Dalada ketmon chopayotgan dehqon “yashil rang” ostidagi ma'noni anglaguncha o'lib ketadi debsiz. Shu erda adabiy qarashlaringiz haddan ortiq tor ekanini isbotlab qo'yibsiz. Ramzlar, ishoralar aynan xalq og'zidan olinadi. Gap tagida gap yashirish aynan xalqimizga xos. Birgina xalq yaratgan “QARG'ALAR” qo'shig'ini misol qilib ko'rsatsam etarli menimcha. Ramz, metaforasiz adabiyot – o'lik adabiyotdir. Ya'ni voqelikning o'zi emas, unga berilgan ishora go'zal. Ko'chaning o'ydim-chuqurligi voqelik. Endi uni she'rga solish uchun ramzilik kerak. Alpomish eposidagi kamon, Go'ro'g'lidagi ot, go'r, Navoiy dostonlaridagi ko'zgu, tog', saroy… bularning bari ramz! Ishonmasangiz bemalol dostonshunos, falklyorshunos olimlardan, deylik Shomirza Turdimovdan so'rashingiz mumkin. O'zimzda ham ramzlar qalashib yotibdi, degan gapingiz esa, yuqoridagi go'l dehqonga mutlaqo ters.
Sizni men angladim. Aslan iste'dodi bo'lmay turib, har maqomda yo'rg'alayotganlarni savalamoqchisiz. Shunday ekan, yuzxotirlikni chetga surib, dangal-dangal kimligini aytib, isbotlab yozishga majbursiz. O'rdak o'q emas, to'ng'iz o'qdan foydalaningki, tekkan joyini o'pirib ketsin!

“Xalq shoirini xalq ham tanishi kerak” degan gapingizga qo'shilaman. Sarlavhani shunday nomlagansizu bog'-u toqqa o'rlab ketgansiz. Xalq shoiri degan unvonni ko'tarib yurgan, ammo na adabiyot tan olgan, na xalq tanidiganlardan misollar keltirib, ochiq-oydin yozsangiz boshqacha chiqardi.

Nima bo'lganda ham sizga rahmat. Doim shunday faol bo'ling. Yaqin olib achchiq gapirgan bo'lsam, ma'zur tuting.


Farruh Hasanovning “BO'ShLIQ” maqolasi ham Begaliniki bilan deyarli egiz. Farq: Begali “xalqqa yaqinlashaylik” desa, Farrux xalq bilan muloqatga kirishmoq uchun “umumiy til”ni topolmayapmiz, degan xulosa beradi. Ham sodda, ham tag ma'noli, ham san'atkorona yoziladigan umumiy til. Buni o'ylab ko'rsa arziydi.


Jahongir G'oyipov esa, kitobdan uzoqlashib borayotgan avlod fojiasini o'z hayotiy misollarida ko'rsatib o'tmoqchi bo'lgan. Do'stimiz aytganidek, texnikada hissiyot yo'q. Taraqqiyot engillik yaratish bilan birga, inson qalbini muzlatish bilan ham shug'ullanyapti. Ishonamanki, odamzod baribir ibtidoga qaytadi. Boshqa yo'li ham yo'q uning.


Nasrullo Ergash tor doirada bo'lsa-da, alamli dardlarni ko'tarib chiqibdi. Bir qarashda maqola muallifning shaxsiy etishmovchiligi ustiga qurilgandek ko'rinadi. Masalan u KAMBAG'ALLIK SINDIROMI to'g'risida o'zi va atrofidagi yosh, iste'dodlardan misol keltirib gapiradiki, buni o'qiganlar, hech shubhasiz muallifga achinadilar. Kuyunadilar. Va Nasrullo buni atay kimningdir rahmini keltirish uchun yozmayotgani shundoq sezilib turibdi. Aslida ham ahvol shu darajaga etib kelgan-ku! Savol tug'iladi: vazir, hokim, umuman amaldorlar otning kallasidek oylik olib yashaydilaru ijodkor qalam haqiga bir kun to'yib taomlanolmaydi? Unda adabiyotni butunlay cheklab, ta'qiqlab qo'yishsin, inqirozga uchragan soha sifatida. O'lma eshagim, arpa eysan, deya aldab, sudrab yurmasdan.

Ijodkorlarga atalgan a'zolik chiptasi, imtiyozli uy masalalarida ham kuyunib gapirgan do'stimiz. Uyuushma Nasrulloga tegirmon navbati bilan, qabilida chiroyli tushuntirishi mumkin edi menimcha. Yoki ikkoviga ham arzimasa, arzimasligini isbotlab bersa olam guliston.

Guruhbozlik va maddohlikni yo'qotib bo'lmasligi aniq. Bu hol Gomer davrida ham bo'lgan. Va tarix haligacha maqtovni suymaydigan o'rindiq egasini ko'rmagan. Iste'dodli odam mag'rur bo'ladi. Ha deganda haqqini so'rab boravermaydi. Vaziyatdan esa, hakkalar, qarg'alar, shoqollar ustamonlik ila foydalanadilar. Echim shuki, biz o'z haqqimizni talab qilishni o'rganishimiz kerak! Yolg'iz bo'ri bo'lib yursam birov e'tirof etadi deb o'ylamang. Qaytamga quvonadilar.

Iste'dodni qadrlamaslik, uning ko'lamini fahmlamaslik iste'dod egasidan ko'ra u yashaydigan mamlakat uchun fojia! Va buni iste'dodsizlar ikki dunyo tushunmaydilar. Nafaqat adabiyot, ilim sohasidagi barcha talantlilar ayanchli ahvolda bugun. Bunga baribir tangri jim qarab turmas, bir xor qilgan narsasini bir ulug'laydi. Ammo shunday ekan, deya jim kutish bizga yarashmas! So'nggi nafasgacha munosiblar qadr-qiymati uchun kurashamiz.


Orifjon Komil akamiz SO'Z borasida ancha ko'lamdor maqola e'lon qildilar. Mavzuni tarixdan boshlaganlari, dinu ilohiyot zamirida fikrlarini yoritib berganlari yoqdi. Ammo e'tirozim ham yo'q emas. Birinchidan Turkiy adabiyotni Rabg'uziydan boshlabsiz, Tosh bitiglar qaerda qoldi? Turkiy adabiyot tartxi islom dini yo arablarga borib taqalmaydi ham. Tarixchilar ilk yozuvlar Turkiylarga tegishli, deb bong uryapti axir. Rabg'uziy Islomdan keyingi shaxs. Keyin so'z va uning yuksalishini faqat islom diniga bog'lash kerak emas, menimcha. Yana menda johiliyat davri adabiyoti degan kitob bo'lardi. O'sha davr adabiyoti juda yuksakka chiqqan. So'fizim ham islomga taqalmaydi. Iso alayhissalom qalban so'fiy emasmidi?
Tag'in siz ham Begali do'stimiz singari modern atamasini sal noto'g'ri tushungansiz shekilli, har bo'lmag'ur ijodni unga taqagansiz. Sizlar aytmoqchi bo'lgan rasvo yoziqlar butunlay boshqa narsa.

Menga maqolaning eng yoqqan tomoni muammo, uning sabablari va unga muallifning echimi bor. Aytmoqchimanki, quruq oldi-qochdidan iborat emas. Ilmli kishi yozgani shundoq ko'rinib turibdi. Orif aka, qo'l uchida emas, masalaga jiddiy yondashib yaxshi narsa yozganingiz uchun rahmat. Aytganingizdek avvalo So'z va ijodkor nomini poklab olmog'imiz shart. Yo'qsa, ilmu amalimiz bir pul.


Gulhayo Anorova moddiy etishmovchiliklarga o'ralashib qolgan, mayda mavzulardan chiqolmayotgan tengqurlarga: “ey, hali oila qurmagan, bo'yniga ola xo'rjin tushmagan shoir, shoiralar, sizni nimaning yoki kimning dardi qiynayapti” deya hayqirarkan, yasama dard bilan she'r yozib bo'lmasligini ichikin uqtirmoqchi bo'ladi. Dard oilali bo'lgandan keyin tug'ilmaydi shoirda. Shoir dard bilan tug'ilsa (tan dardi, kasallik emas, ichki, ruhiy dard), boshqa gap. Gulhayo aytmoqchi tug'ma dardni yasamasidan ajrata olish uchun o'quvchida adabiy did bo'lmagi kerak. Menimcha did o'sib boryapti.

Xulosa
Adabiyotga munosabat, uning qudrati cheksiz ekaniga, ma'rifatsiz hozirgi chang bosgan holimiz o'nglanmasligini his etib, unga jiddiy qarayotganingizdan xursandman.

Niyat
Aslida niyat yaxshi asarni yomonidan saralash emas, omma va hatto ijodkorlarni ham fikrlashga o'rgatishdir. Fikrlay olgan odamda o'z-o'zidan did hosil bo'ladi. Uzoq-yaqinni ko'rib xulosa chiqara oladi u. Eng muhimi mavjud muammolarga echim izlashga kirishadi. Taklif beradi. Shaxsiy qarashlari orqali atrofidagilarga ta'sir o'takazadi. Haqqini talab qiladi!

P.S:
Yuqoridagi uch-to'rt kishi bilan munosabat yakun topmaydi deb umid qilaman.
Kuzatuv so'nggida yana boshida tilga olganim JASORATLILARga chetda mum tishlab turmasliklarini tag'in takrorlagan holda, endi adabiyot doirasidan kengayib, butun millat, jahon miqyosidagi o'rnimiz to'g'risida ham zalvorli fikr-mulohazalar bildirishga o'tishingizni so'rab qolaman.

Jontemir Jondor

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube