O’zbekiston Xalq Harakati

YoSh AVLOD DIALOGI

YoSh AVLOD DIALOGI
28 Haziran 2020 - 10:52 'da yuklandi va 747 marta o'qildi.

“ZULFIQOR”

Adabiyot oliygohining bir talabasi sifatida darslikka kiritilgan shoir va yozuvchilardan o'zgasini tanimaydigan yoki asarning pishiqligini bestsellerlik me'zoni bilan o'lchaydigan hamkurs tengqurlarim borligi shaxsan meni qo'rquvga soladi. Bu adabiyotshunos sifatida omma bilan shoirlar orasida ko'prik bo'lolishiga ko'zim etmaganidan emas, hech qursa o'qituvchi bo'lib borgan dargohidagi bolakaylarda xuddi o'zlaridagi kabi saviyaning shakllanishida sabab bo'lishiga nisbatan qo'rquv. To'g'ri, bir vaqtning o'zida hammada adabiy saviyani shakllanirish imkonsiz. Lekin, bo'lar-bo'lmas yozmalar bizni tobora chalg'itib yotgan bir vaqtda puxta namunalarni atrofga kengrooq tanishtirib borsak, hech bo'lmasa o'sha muammoga zarba berishni boshlagan chiqarmiz. Quyida ana shu maqsadda yozilgan fikrlar.

(Feruza Xayrullaeva ijodi haqida)

Odatda, hazmi og'ir, fiklashsiz anglami qiyin kechadigan she'rlar “tushkun” deya baholanadi nimagadir. Bu, balki, o'sha jarayon (fikrlash) bergan og'riq yoki ichkarilagan sari o'zi ilg'amayotgan hislarni tuyqus tanib qolgandagi qo'rquvdir. Yoki chindan tushunilmagan kechinmalarga nisbatan, osongina “tushkun” degan so'zni muqobil qilib qo'yishar. Bilmadim. Kimga qanday. Menga ilk bor Feruza Xayrullaevaning she'rlarini tavsiya qilayotgan odam shu ta'rifni aytgani esimda.

Qishlog'idan tog'lar bosh olib ketgani haqidagi, o'z bo'yidan oshmagan (tog'ga aylana olmagan) qirlarni har ko'rganda yig'lamaslik uchun ham tuprog'iga qaytolmaganidagi iztirobning ifodasidayoq o'zim sezib-sezmay she'rga chirmashib bo'lgandim. O'quvchini shoirga hech bir dard ikkisidagi umumiy dard kabi favqulodda bir kuch bilan bog'lab ololmasligiga ishonganman shunda. Balki, boy berib bo'lingan bolalikdir, o'sha tog'lar…

Ko'nglingni tutmagin, kaftlarim sovuq,
Men asli nigohdan bezor tun qizi.
Ishqning otgan o'qin quyoshga ko'mdim,
Qara, osmonlarim hanuz qirmizi.

Shoira o'zini nigohlardan zada bo'lgan tun qizi deya tanishtiradi o'quvchiga. Kaftlarining sovuqligini bilgani holda, ko'ngilni va u orqali keluvchi ishqni o'zi yashay olmaydigan kunduzlarning quyoshiga ko'mib qo'yadi. Ehtimol, ishqni o'z-o'zidan ham ehtiyot qilishdir bu. Umuman shoiraning ko'p yozmalaridagi o'zidan qizg'onilgan baxtning shiddati gangitadi o'quvchini.

Ketsam, asra o'zingni asraganing kabi
Ishqingni mendan!
Men esa Cheksiz so'rayveraman
Baxtli bo'lishing,
Seni so'ray olmagan
Xudoyimdan! – deydi shoira.

Yoki yana bir bandda:

Kuzakka qarama – unda men borman,
Soyabon tutib ol — yomg'irman, qorman.
Men o'sha – bir ko'rib o'lmoqqa zorman…
Lekin, izlama! – deya tashrifiga muhtoj yaqinini o'zidan nari itaradi. Iztirob berayotgan lazzatdan ayrilmaslikka bo'lgan urinishdir bu, ehtimol. “Jomini ichib bitirmaslikni baxt” deya hisoblashdir, balki.

Bir maqolada o'qib qolgandim: birorta yozuvchi, birorta shoir iztirobni o'ylab chiqarmaydi. Aksincha, iztirob ularni o'ylab chiqaradi. Haqiqiy shoirlarning barchasi ― millionlab odamlar ichidan IZTIROB tanlab olgan buyuk qullardir. Ko'zi tiyran bu dard – shafqatsiz ijod – eng sog'lom yuraklarni tanlaydi, o'ziga bo'ysundiradi.

Ichiga qamalgan azaliy yig'ining aqldan ozgancha qayta-qayta faryod qilaverishini, o'zi yovvoyi va tiyiqsiz sog'inch ichida yurib turib yuragini, umrini ko'zmunchoq qilayotgani yoki tasvirdagi insonni o'lguncha unutmaslik uchun yoqib yuborilayotgan suratlar ifodasi, iztirob tasviri bu – tushkunlik emas. Bu emin-erkin yashay olmayotgan, azoblanayotgan ilinjning, umidning bir tasviri, xolos. O'ta ichkin va go'zal tasviri.

Men esa hamon xona ichida.
Qamalib boraman o'zimga tomon! – deya o'zining ichiga berkinayotganini yashirmaydi Feruza opa. Chetlanishga, berkinishga qanchalik zo'r berilishi bu tashqaridagi qolip yo vaziyatlarga shu qadar sig'mayotganligining in'ikosi. Real voqelik bilan botiniy dunyosining kesishishi natijasida birinchisidan ilojsiz bir alpozda qochish. O'zining ichiga, o'z qudug'iga…

“Xonamga ichkari qulflarni urgan, Ichkari – dunyodan bezigan taqdir” – degan misrasi ham yuqoridagi fikrimni qat'iylashtiradi yana. Haligi azoblanayotgan umid o'z-o'zicha poklanish jarayonini tug'dirishini ham shoira yaxshi biladi. Shuning boisidan ham ruhiga shisha sinig'iday botguvchi mahzunliklariga nazar solishdan cho'chimaydi. O'quvchining qo'liga ham ildizsiz quvonchlarni tutmaydi hech. “Ko'ngil ichra g'am yo'qligi asru g'am” ekanligini, balki, anglab-anglamay biror bosimsiz, o'ta tabiiy bir yo'lda anglatadi o'quvchiga. Baxtni zaminga ekindek ekishni orzulagan ifodalari sim-siyoh qorong'udagi yog'du kabi jozibali ko'rinadi she'rxonga. Shoiraning o'zi aytganidek, qayg'ulari aro shodligi hali tirik ekaniga quvonasiz beixtiyor.

Navro'za Mahamadxo'jaeva

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube