O’zbekiston Xalq Harakati

“Keling, shu maqolangizni e'lon qilmang!”

“Keling, shu maqolangizni e'lon qilmang!”
29 Haziran 2020 - 12:20 'da yuklandi va 815 marta o'qildi.

ZULFIQOR

Haftadirki ijtimoiy tarmoqda ushbu rukn ostida bir qancha maqolalar e'lon qilindi. Bu chiqishlar bilan ijodkor yoshlar o'zlarini va ijodiy jamoatchilikni qiynab kelayotgan ba'zi muammolarni o'rtaga tashlashdi. Men ham shu yoshlar qatorida bir maqola yozib e'lon qilish istagida edim. Bu maqolamda so'z erkinligini ta'lab qilib chiqaman deb niyat qilgandim. Ha, juda to'g'ri o'qidingiz SO'Z ERKINLIGI.

Ammo bugun yana bir shoir do'stimiz telefon qilib feysbukda Oq Mergan degani paydo bo'lgani va u “Zulfiqor” ruknidagi chiqishlarni shoir Muhammad Solih bilan bog'lab go'yoki biz yoshlar muxolifat buyurtmasi va chetdan har birimizga kelib turgan 500 Aqsh dollari evaziga bu harakatni boshlaganimizni yozibdi. Uning nazdida biz yoshlar go'yoki vatanparvarmiz. Aslida moddiy ehtiyojimiz o'laroq yozyapmiz ekan. Shu xabarni eshitib kirib o'qidim o'sha maqolasini. Unda asosiy muammo biz yoshlar emas ammo har ehtimolga qarshi 22 yoshdan 35 yoshgacha bo'lgan 9 nafar muxolifat “xizmatchilari” tilga olinibdi. Bu iddaolarning barchasi bo'hton ekanligini barchangiz yaxshi bilasiz. Mana o'zingiz guvoh bo'lyapsiz, hali oila qurmagan yoshlarga nisbatan hozirdanoq qo'rquv hissini uyg'otishmoqda. “Keling, shu maqolangizni e'lon qilmang. Agar sizni ham Akromni yoniga tiqib qo'yishsa nima qilamiz” dedi do'stimiz. Xo'p mayli, xotirjam bo'linglar. Agar zarurat bo'lmasa maqolamni e'lon qilmayman. Ammo shu muhitda butun umr ijod qilaolamizmi?

Butun umr haq va nohaqni bahosini bermay o'tamiz, shunaqami?

Bizni kuzatib borayotgan hammaga shuni ma'lum qilaman: “Zulfiqor” hech qanday siyosiy birlik emas. Alloh shohid, biz hech qachon hech kimdan pul olmaganmiz! Masalan, meni bankdan 15 mln so'm kreditim bor. Masalan, Jontemirning hech vaqosi yo'q! Boshqalar bilan esa shunchaki tarmoqda tanishmiz. Shaxsan men ularni hayotda ko'rmaganman. Nihoyat, Vatanga muhabbat va sadoqatimizda zarracha bo'lsa-da yolg'on yo'q. Bizning istagimiz faqat ezgulik. Oq Mergan yozgani kabi “ommaviy tartibsizlik” ko'tarish darajasida kuchli emasmiz. Hammamizga Alloh insof bersin. Omon bo'linglar.

Rahmiddin ABRAEV

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube