O’zbekiston Xalq Harakati

ZULFIQOR

ZULFIQOR
29 Haziran 2020 - 12:23 'da yuklandi va 665 marta o'qildi.

Biz

U er bu erda “ZULFIQOR” maxfiy guruhi degan, o'qigan kishida g'ayri fikr uyg'otuvchi ilmoqli gaplarga ko'zim tushib qolyapdi. Indamasa dushman ham yasab oladilar. Shuning uchun o'zim ZULFIQOR nima, degan savolga batafsil javob berishga qaror qildim.

Avvalo nom haqida to'xtalsam. Taxminan 6-7 yil burun 80-yillarda chop etilgan to'plamdagi adabiy tanqidiy maqolalarni o'qiyotib, ichimda savol uyg'ondi. Nega hozir jarayon o'lik? Adabiy muhit parokanda. Tanqidiy qarash yo'qolganmi, yo tanqidga arzirli asar? Shu savol javobini izlab, o'zbek adabiyotini jadidlardan boshlab (jadidlarni puxta o'zlashtirmadim lekin) to o'zim tengilargacha sinchiklab o'qishga kirishdim. Orada yangi adiblar, shoirlar, adabiyotshunoslar, rassomlar, bilan tanishdim. Kitob orqali albatta. Va bildimki, adabiyot ham, tanqid ham tirik. Faqat ularga bo'lgan ishonch susaygan. Natijada oxirgi o'n-o'n besh yilda hech kim adabiyot holidan xabar olmay qo'ygan. Keyin oldimga jarayonni imkoni boricha jonlantiraman do'stu yorlar bilan, deya maqsad qo'ydim. Ikki yil burun shu o'ylar amali o'laroq Zulfiqor rukni ostida tanqidiy maqolalar e'lon qila boshladim. Ko'plarning xabari bor. Keyinroq shu nom bilan to'garak tashkil qildik. Nomga kelsak, Zulfiqor hazrati Alining tig'i ilon tilidek ayri qilichlarining nomi. Uzoq o'ylab, nafas olishi deyarli sezilmay qolgan adabiy muhitni qayta oyoqqa turg'izish yo'lida to'xtamay olg'a borish uchun tanlangan ramziy nom bu. Qisqasi to'garak uch-to'rt darsdan so'ng yopildi. Aslan o'zim to'garaklarni xushlamayman, lekin iste'dodlar birdamligini juda istardim. Negadir hafsalam o'ldi. Balki talabni katta qo'yib yuborganim uchunmi, bilmadim. Xullas hafsalasizlik bugungacha davom etdi. Va yana adabiy tanqidga qaytdim. Agar ishni boshqa birov qilganida men hech ikkilanmay yonida turgan bo'lardim. Hech kimdan sado chiqmagach…

Bu yog'iga bir-birimiz uchun ijobiy ma'noda tanqidchi vazifasini o'tamasak bo'lmas ekan. Xudoga shukur, tushunganlar jarayonni boshlab yuborishdi. Istaymanki, Zulfiqorsiz ham shu yo'ldan chalg'imang.

Bilmaganlar bilib qo'sin. ZULFIQOR hech qanday maxfiy guruh emas, nom. Maxsulot brendlari kabi adabiy tanqidiy brend. U hech kimga zarar etkazmaydi. Adabiyot va vijdon uchun xizmat qiladi. Keyin u menga tegishli ham emas. Hammaniki. Bizniki ya'ni. Shunday ekan qaerda bu nomga chaplangan bo'xtonlarga ko'zingiz tushsa, hayiqmang. Biz ma'rifat, adabiyot tarafdorlarimiz. Yozilayotgan maqolalarni ham hech qanday manfaatsiz qoralayapmiz. Natijasini ham tez orada ko'ramiz. Mana, hozirdan adabiy jarayon o'zgarayotgani, yakdillik bo'y ko'rsatayotganining guvohimiz. To'xtab qolmasak, so'z qadr-qiymati uchun harakat qilaversak kitobga, qalbga bo'lgan engil elpi qarashlar yo'qolib, adabiyotda yangi davr, yangi to'lqin yuzaga kelishini ta'minlab bergan bo'lamiz.

Yana takidlayman, Zulfiqor bor yo'g'i nom. Uning niyati kimnidir yo'ldan urish, fikrini zaharlash, to'da tuzish emas, sof adabiy jarayonni shakllantirishdir. Illo “men”dan “biz”ga o'tishimizning o'zi katta natijadir.

Jasorati oshkor, chin adabiyot muhibi bo'lmish jigarlarim. Balki bu balandparvoz, minbarbop so'zdir, ammo hozir aytmasam chidolmayman: BIZ BIRLAShSAK KATTA KUChGA AYLANAR EKANMIZ!

Jontemir Jondor
Manba: facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube