O’zbekiston Xalq Harakati

ZULFIQOR

ZULFIQOR
30 Haziran 2020 - 11:42 'da yuklandi va 505 marta o'qildi.

MULOHAZA
(Adabiyot darslari haqida)

Men adabiyotni yaxshi ko'raman, lekin adabiyot darsini emas, deb hazil qilardim do'stlarimga. Aslida, bu hazil ham emasdi. Qaysidir ma'noda, shunday edi. Adabiyotning boshqacha o'qitilishini istardim chunki.

1.
Abiturientlik yillarida adabiyotni aniq fandek yodlab o'rganishga majbur bo'lganmiz. Biz asarlardan xulosalar, fikrlar, tuyg'ular emas, raqamlar, sifatlar va faktlar qidirardik.

Cho'lponning “Go'zal“ she'rida nima ifodalangan, nimaning ramzi nazarda tutilgan degan savol qolib,
“Go'zal“ she'rida go'zalni kimlardan so'ragan? – degan savolga javob berishimiz lozim edi. (Javobi: oy, quyosh, yulduz, shamol)

“Kecha va kunduz“da asar mohiyatini anglash ӯrniga, biz Zebini necha yilga surgun qilishganini esda saqlab qolmoqqa tirishardik. (Javobi: 7 yil)

“Dunyoning ishlari“ asarida qaysi obrazning sochi ham, soqoli ham, hatto ko'ziga qayrilib tushgan qoshlari ham oppoq deya ta'riflangan? (Javobi: Ermon buva)

yoki

“Yulduzlar mangu yonadi“ asarida Bo'ri polvon eski raisni qaysi lavozimga tayinlaydi? (Javobi: ferma mudiri)

Aslida, “Dunyoning ishlari“dan onani e'zozlashni, “Yulduzlar mangu yonadi“dan esa jo'mardlik, or-nomus xislatlarini o'rganishimiz kerak emasmi?

Kim aybdor bunga?
Adabiyot o'qituvchilarimi?
Menimcha, unday emas. Ularning ham joniga teggan, aslida, bu.
Ammo Davlat Test Markazi savollarni yuqoridagidek tuzgandan keyin, shu savollar bo'yicha tayyorlanib yurgan abiturientga yana qanday dars o'tishlari mumkin? Boshqa iloj qolganmi ularda?

(Yuqorida misol sifatida keltirganlarim o'tgan yilgi kirish testlarida tushgan savollar. Qidirib o'tirmay, esimda borini yozdim.
Oldingi yillarda bundan battar bachkana va mantiqsiz savollar bor edi)

2.
Adabiyot darsliklarida shoir va adiblarning tarjimai holi va asaridan boshqa hammasi kitob mualliflarining shaxsiy qarashlaridir.
Ammo, hatto shularni ham test qilishadi.
Misol keltiray:

Istalgan o'quvchidan Abdulla Qahhorning “Bemor“ hikoyasidan qanday xulosa kelib chiqadi deb so'rang. Hech o'ylanmay va hatto tushunib-tushunmay, “JAMIYaT — BEMOR!“ degan jumlani aytadi. Chunki bu fikr kitobda to'rtburchak ichiga olinib, katta harflar bilan yozib qo'yilgan.

Adabiyotning vazifasi insonni fikrlashga o'rgatish emasmi? Ammo bunday holatlar miyani qotirib qo'yadi, fikrlashni o'ldiradi.

Darslikda asarning tahlillari berilganini yoqlayman, ammo kitob mualliflarining shaxsiy fikrlari o'quvchilarga qandaydir o'zgarmas qoida yoki nazariya sifatida qabul qildirilishiga qarshiman!

3.
Litseyda o'qirdik. Bir kuni tekshiruvchilar kelishdi. Qaysidir guruhga kirib, vatan haqida she'r so'rashibdi. O'sha o'quvchilar aytib bera olmagani uchun butun litseyga yarim yil adabiyot darslarida she'r yodlatishgan, she'r so'rashgan.

Vatan haqida, ona haqida.

Tekshiruvchilarning fikricha, o'quvchi vatan va ona mavzusida she'rlarni “sharillatib“ yodlayversa-yodlayversa, unda vatanparvarlik va onaga mehr hislari paydo bo'larmish.

She'rni ham majburlab yodlatadimi?
Axir, o'quvchiga yoqqan she'r bo'lsa, ikki o'qishdayoq xotiraga muhrlanadiku. Eng yomoni, she'rlarni o'zlari tanlab berishgan va tanlashdagi asosiy mezon she'rda «Vatan» so'zining borligi edi.

Bunaqa yo'llar bilan vatanparvarlar emas, chinakam maddohlar etishtiryapsizlar!


  1. Universitetda Adabiyotshunoslik degan fan o'tildi.

Bir o'qituvchi ma'ruzani “O'tgan kunlar“ bilan boshlab, shu asar bilan tugatardi.

Bizga bir dunyo vazifa berilgandi va universitetdan sotilgan bir adabiyot nazariyasi bo'yicha kitobni sotib olganlar shu vazifadan ozod qilinardi. Hozir shu kitobning changini artib turasizlarmi, kursdoshlar?

Seminarda esa she'riyat mavzusini gapirib bermoqchi bo'lganimda ustoz bilan o'rtamizda shunday dialog kechgan:
— Daftaringiz bormi?
— Yo'q, ustoz, lektsiyada tutilgan daftarim bor. Baribir mavzulari bir xilku.
— O'tiring joyingizga!

Aytingchi, adabiyotni shunday o'qitiladimi?

5.
Meni doim bir savol o'ylantirib kelgan:

“Nega adabiyot darsliklarida ba'zi adiblar qayta-qayta beriladiyu, lekin Shavkat Rahmon, Rauf Parfi kabi millat shoirlarining hayot yo'li ham berilmasdan, 2-3 ta “engil“ she'rlari o'rin olgan?
Asqar Mahkam va A'zam O'ktam kabi shoirlar haqida hatto birorta gap yo'q…“

O'quvchilarga shu shoirlarni o'qiting, shunda Vatanni majburlab sevdirishingizga hojat qolmaydi.

XULOSA

Test tuzishga mas'ullar, iltimos, o'quvchidan asar qahramoni qanaqa rangdagi ko'ylak kiyganiyu, uning tulpori anhor bo'yiga borib necha marta kishnaganini so'rashni bas qiling. O'quvchi adabiy obrazning ichki kechinmalari bilan qiziqsin, uning xatolaridan xulosa chiqarsin, chiroyli amallaridan o'rnak olsin. O'quvchining adabiy didi va saviyasi o'ssin. Badiiy tahlilni o'rgansin.
Hech bo'lmaganda, darslikdagi parchani o'qib, uyiga borib asarning to'lig'ini topib o'qishga tirishsin.

O'quvchilarni bunchalik bezdirmang, adabiyotdan!

Ӯqituvchilar, bolalarga adabiyotning ӯrnini, ahamiyatini anglating. Ularga tushuntiring, adabiyotsiz inson fikrlashdan tӯxtaydi, bundaylarni esa qul qilish oson bӯladi.

Mening fikrimcha, barchasini maktabdan boshlash kerak. Chunki aynan shu yoshda paydo bo'ladi adabiyotga mehr-muhabbat.
Ahvol shunday xarob ekan, bizning ADABIYoT deb bong urishimiz befoyda!

Manba: facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube