O’zbekiston Xalq Harakati

ZULFIQOR

ZULFIQOR
30 Haziran 2020 - 15:50 'da yuklandi va 662 marta o'qildi.

Musiqa va Qullik

Tabiatan ohangsevarman. Ko'chalarda hirgoyi qilib yurmasam-da, qo'shiq tinglayman. Asosan musiqa. Asosan klassik musiqalar. Klassik musiqalarning ta'siri har xil kechadi. Deylik “Cho'li iroq” diydamni yumshatadi. Motsart tinch uxlashimga yordam beradi. Paganini tushkunlik chohidan olib chiqadi. Shopen sokinlik ummoniga tashlaydi. Xullas ruhiyatim ozuqasi uchun foydali ular.
Ana endi bugunning likir-likir ashulalari borki, odam qalbini o'ldirib, robotlashtiradi. Bu jarayon uzoq davom etadi. Sezmaysiz. Televizor, radio, mashina, qo'l telefonlari, to'y, bayramlar… hamma erda sizga hujum qiladi. Va qo'lga oladi ham.

Tolstoy: bir nemis kn'yazining aytishicha, qaerda qullarga ehtiyoj sezilsa, o'sha erda musiqaga kuch beriladi, deb o'z kundaligiga yozib ketgan.

Qadimgi Rim imperiyasida xalq hukumatdan norozi bo'lib ko'tarila boshlaydi. Vaziyatni yumshatish uchun o'sha paytdagi senat ko'cha tomoshalarini uyushtirish, bozor, maydon, qisqasi odam mo'l joylarda ko'chma teatr tomoshalarini ko'proq qo'yish rejasini ishlab chiqadi. Gladiatorlar janglari ham o'sha paytda o'ylab topilgan. Va hammasi tinchigan!

Yuqoridagi fikr naqadar to'g'riligini Gitler janoblari ham boplab isbotlab berganlar. Undan keyin bu g'oyani SSSR o'zlashtirdi va butun mustamlakalarida sinadi. Natija yomon bo'lgani yo'q.

Keksalar yaxshi eslashadi. Har qishloqda kinomaydonchalar bo'lgan o'sha payt. Kinochi amaki kelib hindcha film qo'yib bergan. E'tibor bering, asosan hind filmlari. Chunki yarimidan ko'pi qo'shiq bilan o'tadi. Kun uzoq dalada ishlab holdan toyganlar sulayib kelishadi. Kino ko'rishadi. Tomosha jarayonida hozirgacha bo'lgan qiyinchiliklarini unutib yuboradilaru kino qahramonlarini muhokama qilishga o'tib ketadilar. Uyga ham o'sha mavzuda suhbatlashib qaytadilar. Paxtada ham o'sha mavzu. Chalg'itish, avrash, qullashtirish degani bu. Odamda savol, fikr uyg'otadigan kinolar deyarli qo'yilmagan. Tarkovskiy filmlarini berishsa bo'lardi-ku. Yo'q. Bo'lmasdi! Ishchi chumolilar ish tashlashardi unda.

Boshim portlab ketay deyapdi.

Jin ursin, ichimga g'ulg'ula solib qo'ydingiz Tolstoy bobo! “Qullarga ehtiyoj tug'ilgan jamiyatda musiqaga zo'r beriladi”.

Qullashtiradigan musiqa deganda Motsart, Shopen, Botir Zokirov, Cho'li Iroq, Shashmaqomlarni nazarda tutmaganingiz aniq. Undan keyin hozir bizda durust musiqachi ham, ashulachi ham yo'q hisob, uch-to'rt arzirlisini aytmasa. Demak, hozir hammasi yaxshi!

Demak men qul emasman.
Men qul emasman.
Men qul emasman.

Tolstoy bobo, hamma pachaq ashulachilarimiz qanday qilib sahnadan tushmay yurishlarining sirini menga aytishingiz shartmidi?!

Suf sizga, Tolstoy bobo. Suf. Odam podam emassiz. Ha, allaqanday odambashara individsiz.

Qullarga ehtiyoj tug'ilgan mamlakatda musiqaga zo'r berilarmish.

Tavba, tavba, ming tavba.

Jontemir Jondor
Manba: facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube