O’zbekiston Xalq Harakati

YoSh AVLOD DIALOGI

YoSh AVLOD DIALOGI
01 Temmuz 2020 - 19:15 'da yuklandi va 598 marta o'qildi.

Zulfiqor

Ikkinchi maqola. Akamiz qo'ldan kelgancha harakat qilganlar. Kamchiliklarni kechirib o'qiysiz, degan umiddaman.

ShOIR DARAXT

Assalomu alaykum, yaxshilar!
Men bu Daraxtni nav-nihol bo'lgan davridan bilaman, aniqrog'i pinhon taniyman. O'sha paytda bu yigit Buxorodagi eski turk litseyi bo'lgan o'quv maskanida tahsil olardi va shu orada buxorlik taniqli shoir Isroil Subhoniyga shogird tushgandi. Men Rahmiddinni o'sha paytda yozgan she'rlari bilan tanir edim. Balki hozir u o'sha she'rlarini tan olmas yoki eslashni ham istamas. Ne bo'lganda ham uni shoir qilgan balki o'sha 15 ,16 yoshli yigitcha yozib yurgan she'rlardir. Men o'zim ijodga 23, 24 yoshimdan kirib kelganman. Ijodni endi boshlagan kishiga, qofiya va turoq to'g'ri tuzilgan “she'r“ni ko'rsa shoirni dahoga chiqaradi qo'yadi. Ma'no bilan ishi yo'q aslida menga ham shunday tuyulgan chamasi . Nima bo'lganda ham menga iliq taassurot qoldirgan. Bu tasurot shoir bilan yuzma-yuz uchrashishga undadi. Alloh nasib qilgan ekan 2018 yil yozda u bilan uchrashdik, suhbatlashdik, do'stlashdik…
Bilasizmi Adabiyotda qoida yo'q, chegara yo'q. Rahmiddin mendan bir necha yosh kichik lekin men uni ustozlarim qatorida bilaman.
Har tugul Aql yosh tanlamaydi…

Shoirning qo'lida qalam, qalbida she'r mehri bo'lsa, nima yozishi haqida aniq biladi deb o'ylayman. Shoirga nima kerak? Ilhom va g'oya.
Masalan:

Ko'ngil gul kabidir, ayniqsa
qizlarning ko'ngli gul kabidir.
Shu bois oshiqlar, ayniqsa,
Haroratli she'rlar yod olar.

Mumkinku yashnamay qurimoq,
Suv quyib turmasak guldonga.
Eng og'iri yurakni tutmoq,
Cho'g' bosmoq og'irdir kuldonga.

Xa, sevgi odamni shoir qiladi. Gul kabi nozik ko'ngillarga faqat she'r bilan kirib borish munkun. Ko'ngilga kirib borishning o'zi ham u erda mangu qolasan degani emas. U ham e'tibor istaydi. Eng og'iri bir kuldon qadar she'rlarga yurakni tutmoqdir…

Asl she'r esa yurakda tug'ulib miyada shaklanadi. Yurak va aql birlashgandagina chinakam she'r tug'uladi. Bu lag'zalar ichida bo'ladigan hodisa. Shoir o'zi aytgandek “uni yangi tug'ilgan “quralay“dek qog'ozga o'rab oladi.“

Rahmiddin Abraev( Qarluq Xon) shoirning shahsiyatiga ko'p to'qtalmoqchi emasman.

Uning ijodi go'zal, bir qarashda hayotga bo'lgan muhabbat yo'qdek tuyuladi ammo kosa ostidagi nim kosani olsangiz xayotga va kelajaka bo'lgan muhabbat, ishonch bor.


Odamlardan ko'proq
daraxtlarda bor:
Muhabbat, sadoqat, mehr va shafqat.
Men siz o'ylaganday odam emasman,
Daraxtman, daraxtman, daraxtman, daraxt!

Oyoq ostidagi tuproq yo'lkaga,
Bolalarin qo'ygan noshud otaman.
“To'rtta fasli bahor“ bo'lgan o'lkada
tokay barglarimni qovjirataman?!

Ha U Daraxt. Daraxt bo'lganda ham oddiy Daraxt emas Shoir Daraxt. Shoirdan boshqa yana kim, o'z xalqi, millati uchun barglarini qovjirata oladi? Hatto “To'rtta fasli bahor” bo'lgan o'lkada! Bolalari, oilasidan ham ko'proq vatanini, uning tuprog'ini seva oladi? Faqat Shoir Daraxt!!!

Uning ko'p she'rlarida xalq dardi, umum manfaati yotadi. U so'zdan qo'rqmaydi.
U bosimdan qo'rqmaydi. U HAQIQATdan qo'rqmaydi. Haqiqat bilan doim yuzma yuz
kelaveradi, haqiqat uning eng yaqin do'sti:

Qo'rqma, axir do'stingku sening,
Do'stimizku axir, bizning ham!

Kelib qolsang haqiqatga yuzma-yuz
o'zingda jur'at top, titramaslikka!

Ko'zlariga qarashdan qo'rqma,
Unutma, ichingda gina bor, jindek.

Dadil turib so'ra: “Qaerda eding?
Nega ko'rinmaysan hech, do'stim!
Nega bizga ko'rsatmading…
Qorangni?!“

Dadil aytolmasang
yig'lamsirab ayt,
To'kib tashla ichingdagini.
Ho'ngrab-ho'ngrab yig'la
va bag'ringga bos!

Qo'yvorib yuborma endi hech qachon!

Mukammal odamning o'zi bo'lmaydi. Rahmiddin ham xatolardan holi emas, chunki U ham odam siz-u bizga o'xshagan. Uning ham kamchiligi bor albatta. U juda qiziqqon. Uyg'onishi kutilayotgan vulqonga o'xshaydi. Bu uning kamchiligi va shu bilan birga fazilati. Boshqalardan ajratib turadigan fazilati.
Uning ruhiyatiga tushunmayman ochig'i.
(O'zimning ruhiyatimga ham tushunmaymanu boshqalarga yo'l bo'lsin)

Adabiyotimizga kelsak. Uning o'rni o'ziga xos, etakchilik salohiyatiga ega shoir. Yangi avlod adabiyotida uning o'rni bor desam ortiq maqtov bo'lmasa kerak. U olg'a surayotgan g'oyalar hozirki xayotimizda juda zarur. Kelajagimizni belgilovchi nuqta deb bilaman:

TARIXIY ZARURAT

Har bir qum zarrasi hatto ranglar ham,
Zarur payt tug'ilgan payg'ambarlar ham.

“Tarixiy zarurat” bo'lmas edi gar,
Dunyoni olmasdi rumlik Iskandar.

Nozil bo'lsa edi jihodsiz Qur'on,
Turkiylar bo'lmasdi mo'min-musulmon.

Demakki, hikmat bor bunda chindan ham,
Sabab topsa bo'lar Temuchindan ham.

“Mulki Turonmiz” deb tuymasdik g'urur,
Zarur payt qon to'kmay o'tsaydi Temur.

Taqlidga ergashar minglab havoyi,
Bitta “Xamsa” yozib qo'ysa Navoiy.

Boburdek qaroqni yoshlash vaqti bor,
Zarur payt Vatanni tashlash vaqti bor.

O'z ering g'animdan qolmaskan ortib,
Zarurat tug'ilsa olarsan tortib!

Jadidlar, yuz yilki yuzingiz qaro –
Bitta go'r bermagan hukumat aro!

Bo'laklarga bo'lib tashlangan makon,
Bugun zaruratsan, Ota TURKISTON!

ar bo'lmasdi mo'min-musulmon.

Demakki, hikmat bor bunda chindan ham,
Sabab topsa bo'lar Temuchindan ham.

“Mulki Turonmiz“ deb tuymasdik g'urur,
Zarur payt qon to'kmay o'tsaydi Temur.

Taqlidga ergashar minglab havoyi,
Bitta “Xamsa“ yozib qo'ysa Navoiy.

Boburdek qaroqni yoshlash vaqti bor,
Zarur payt Vatanni tashlash vaqti bor.

O'z ering g'animdan qolmaskan ortib,
Zarurat tug'ilsa olarsan tortib!

Jadidlar, yuz yilki yuzingiz qaro –
Bitta go'r bermagan hukumat aro!

Bo'laklarga bo'lib tashlangan makon,
Bugun zaruratsan, Ota TURKISTON!

Toki bu millatlar yagona musht bo'lib tugilmas ekan, taraqiyot yo'lini tutush qiyin. Toki bir- biriga yov qarash qilarkan ertadan umid yo'q. Biz qo'shni emasmiz aslida bir uyda turuvchi og'a inilarmiz. O'zbegim, Qirg'izim, Qozog'im, Uyg'urim, Turkmanim, Buyuk Turonim bir ildizdan ko'kargan bu xalqlarni ajratishga hech kimning haqqi yo'q. Aslida shu she'ri bilan haqiqatni ro'yi rost ko'rsata olgan shoir.
U bugun shoiri emas u kelajak shoiri.

U hammani uyg'onishga da'vat etadi. Ba'zi kazzoblar esa hali mudrayotgan odamlarning haqini urush bilan ovvora. Shoir bularga jim qarab turolmaydi, achinadi, hayqiradi, faryod chekadi. Lekin zarang bosgan quloqlar uni eshitmaydi:

O'ZBEK

Bu el – sodda, bu xalq – xokisor,
“Mehnat qilsa o'lib qolmaydi“.
Kengfel, tanti, sofdil, beozor,
Qo'y og'zidan cho'p ham olmaydi.

Kech kuzgacha elkasi pishib,
Bosh ko'tarmay… tergani paxta!
(O, yuragim ketar uvishib,
Mafkurasin qilishgan axta!)

Bor gazini Xitoyga sotib,
Qishda tezak yoqib kun ko'rgan.
Halol rizqchun qora ter botib,
Maqtanishni o'zbekdan o'rgan!

Achinsamda ich-etimni eb,
Tushunaman, qilsamda gina.
Axir bu xalq – bola-chaqa deb,
O'tib ketar, indamaygina…

Bu she'rning izohi o'zi bilan.

Xulosa: Shoirning o'z so'zi bilan xulosa bersam.

Nasihat qilarkan rahmatli buvim:
“Kekkayma, zo'rdan ko'p zo'r!“ – derdi.
“Qadaming bilib bos, jon o'g'lim,
Oyog'ing ostini ko'r!“- derdi.

Ming pand-u nasihat qilmas kor,
Garchi anglasam-da barini.
Oyog'im ostida nima bor?
Ko'rmayman burnimdan narini.

Qisqasi ulg'aydim ters yashab,
Allohgadir omonat jonim.
Yurolmayman dorbozga o'xshab,
Bo'ynimdadir mening arqonim!

Rahmiddin Sizning daraxt bo'lib “meva“lar berishingizga ishonaman va bu “meva“lardan kelajak avlod ham bahramand bo'lishiga ishonaman!

30.06.2020

Mahmud MUHIDDIN, Temirchi.

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube