O’zbekiston Xalq Harakati

O'zbekistonda yana bir mahbus qiynoqdan vafot etdi

O'zbekistonda yana bir mahbus qiynoqdan vafot etdi
01 Temmuz 2020 - 19:25 'da yuklandi va 649 marta o'qildi.

27 iyun' kuni O'zbekiston Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasining 64/18-sonli muassasasi (Sangorod)dan 45 yashar mahkum Farruh Xidirovning o'ligi chiqqan. Bu haqda “Ezgulik” inson huquqlari tashkiloti rahbari Abdurahmon Tashanov xabar tarqatdi.

Tashanovning Feysbuk sahifasida chop etilgan xabariga Toshkent viloyatining Yangiyo'l tumani Bahor mahallasida istiqomat qilgan Farruh Xidirovning momataloq izlari bo'lgan va qontalash jasadi tushirilgan tasvirlarni ham ilova qilgan.

“Bilmadim, Feysbuk ijtimoiy tarmog'i postimga ilova qilinayotgan videomateriallarni chop qiladimi-yo'qmi, ijtimoiy tarmoqdagi do'stlarimizdan koloniya tezkor vakillarining vahshiyligi bayon qilingan postimni o'zaro ulashishlarini iltimos qilardim”, deb yozgan huquq faoli va jurnalist.

Uning marhum yaqinlariga tayanib aytiishcha, Farruh Xidirov bir necha kun avval uyiga qo'ng'iroq qilib, koloniya xodimlari pul talab qilishayotganini aytgan.

“Hatto, qandaydir hisob raqamlari ham berishgan ekan”, deydi Tashanov.

“So'ng uning chalajon tanasini Sangorodga olib kelishibdi. U erda 8 kun davomida o'ziga keltirishga urinishgan, lekin bo'lmabdi.

Oddiy bir huquq himoyachisi, fuqaro sifatida iztirobga tushmoqdaman. Nahotki, hammasi shunday ketaveradi?! Qiynoqlarning, xo'rliklarning oxiri bormi?!”, deb yozgan Abdurahmon Tashanov.

Rasmiylar oxirgi hodisa yuzasidan hozircha izoh bergani yo'q.

Bu so'nggi bir oydan kamroq vaqt mobaynida O'zbekiston IIVga tegishli muassasasidagi ikkinchi o'lim holati.

Hodisa Prezident Shavkat Mirziyoev Andijon va Chiroqchi IIBlarida ikki nafar fuqaroning qiynab o'ldirilishi hodisasida IIV rahbarlarini ayblaganidan bir kun o'tib sodir bo'lmoqda.

Manba: bbc.com/uzbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube