O’zbekiston Xalq Harakati

Ruh kapalak parvozi

Ruh kapalak parvozi
01 Temmuz 2020 - 19:46 'da yuklandi va 554 marta o'qildi.

Davrning nafasini she'riyat beradigan bo'lsa, bugunimiz olayotgan nafas ham allaqachon she'rga aylanib bo'ldi. Bugun she'riyatga kirib kelayotganlar orasida ijodning yukini elkalashga qodirlari bor. Ularni yoshlar ijodini kuzatib borayotganlar e'tirof etib ulgurdi.
Bugunning yosh shoirlari orasida Gulhayo Anorova ham bor. Gulhayoning ijodi bilan bir necha yillar oldin tanishganman. Samarqand Yozuvchilar uyushmasida ustoz Orif Hoji boshchiligidagi she'riyat to'garagiga qatnardik. To'garak a'zolarining aksariyati havaskorlar bo'lib, ular ichida yozmishlari e'tirof etiladigan tengdoshlarimiz orasida Gulhayo Anorova ham bor edi. Boshqalardan ko'ra ko'proq Gulhayoning hayratomuz tashbehlari, o'tkir fikrlari e'tiborimni tortgan.

Gulhayo she'rlari qishloq qizining samimiy ko'ngliga, shijoatiga, to'poriligiga ko'zgu tutadi. Bir jumla yoki bir obraz bilan qishloqdagi bolalikni xiralashayotgan tasavvurimizda yorqinlashtiradi. Masalan, “Tomdan sakrab tushgan bolalik”, “ko'ylagidan quroq tikib o'tirgan, yomg'ir suviga kir yuvgan ona”, “bolishidan somon hidi anqigan ota”, “ot bo'lgan paxsa devor” – qanday tabiiy satrlar! Oqdaryolik “oppoq qiz”ning yozganlarida ham daryo mavjlanadi: “Ko'ksing devorlariga urilib tursa to'lqin, qandayin bu dunyoda osuda yashash mumkin” yoki “Mening o'zanimni o'zgartma aql, daryo bo'larmidim gapingga kirsam?!” Daryodil shoiraning ijodida aksariyat qizlar she'rlarida uchraydigan farishtaniqoblik, diydiyoga berilish yo'q. Kelgan fikrini elakka solmay, hayiqishlarsiz bayon qiladi:

Rutbasiga tupurdim shohning
Birodarin aylasa qalqon…
Misralarida shoirona jasorat seziladi.
Shunday rohatlansang, shunday zavqlansang,
Jiqqa qon ko'ksingga panja botirib…

Ijod ahli uchun rohat – iztirob-u anduh. Ko'ksi qonga belangan shoirda holiga achinish yo'q, hatto shu qon ko'ksiga panja botirib, she'rga solib zavqlanadi. Shoirona zavq, shoirona lazzat – shu!
Zaminiy lazzat emas, samoviy lazzat…
Sen surat chizasan : tinglaysan sim-sim,
Yurakni chayqatar samoviy lazzat.
Lirik qahramonga surat bergan bu lazzat misralar qatida she'rxon yuragini ham chayqatadi.
Risoladagiday kechayotgan umr she'rga aylanmaydi. Ruh va jism qarshiligi – buzilgan muvozanat. Mana, shoira uchun baxt nima:
Vujud o'zanimdan ayro tushgan kun
Dunyoda eng baxtli o'zimman beshak.
Shoirlar saodati shundaki, misralarga joylangan ruhi asrlararo parvoz qilib yuradi. Quyidagi she'rda Gulhayo ana shu parvozdagi ruhkapalakka murojaat qiladi:

Ruh kapalak,
Buncha sokinsan?
Osmon yonib ketguday hozir.
Ildizsiz,
Muallaq bulutni
Suyab qolarmikan nimadir?
Qaragin,
Ichimda siniqlar
Gardishlangan,
Oy kabi to'lin.
To'zg'itib yubordim ruhini
Qamishlarning archib vujudin.
(O'zimga ham etsaydi kuchim).
Ruh kapalak,
Buncha sokinsan ?

Ruh kapalak bir kun yashamaydi, asrlararo, zamonlar-u insonlararo sokin uchib yuradi. U aql bormagan joylarga borishga, aql ko'rmagan narsalarni ko'rishga qodir. Parvoz jarayoni – ilohiyotga yaqin ilhom. U mudom yuksakda. U nafosat yomg'irini to'kuvchi bulut, lekin har mavsumdagi muqarrar bulut emas: kezi kelsa osmonni to'ldirib suzishi, kezi kelsa asrlar almashsa ham suzmasligi mumkin. To'kilgan yomg'iri erdagi go'zallikka tashna nihollarni sug'oradi.
Ruh kapalakning onasi dard. Dardlangan ko'ngilda siniq paydo bo'ladi. Siniq tirqishlaridan ko'ngilga tepadan tushgan nur kiradi, zulmat ko'ngilni yoritadi. Yana bir misol vujudi archilmagan qamish. U g'aflatda. Kuylashga moyil nay qilish uchun archib uyg'otish kerak. Lirik qahramon ruh kapalakni kuylatish uchun o'ziga kuchi etmaganligidan o'kinchda.
II. Tebranadi nur pardalari,
Ichimda bir namiqqan bo'shliq.
Darbadar ruh ming yildan buyon
erk haqida aytadi qo'shiq
va hammasi zavolga yovuq.

Siniq qalbga tushgan nur eng ichki hissiyot pardalarini tebratadi, erk esa parda ortida. Pardalar yashirgan erk qo'shig'ini kuylash “ming yildan buyon” “zavolga yovuq”. Erk zavoli she'riyatning azaliy muammosi. Balki shu muammo bilan she'riyat tirikdir. O'tmishi davomida u ne-ne chirkin jamiyatlarga isyon bo'ldi, itoat bo'ldi. Nafis qanotlariga haqiqat zalvorini ortib uzoq zamonlardan uchib kelayotgan ruh kapalak bugun tirikmikan? She'rning so'nggi qismi shu murojaat bilan yakunlanadi:
III. Tirikmisan,
Ruh kapalagim?
Bu yakun nisbiy. She'r o'quvchi mushohadasida davom etadi. Savolga javobni ham she'rxonning tafakkuri beradi. Bir chin she'rga xos xususiyat bu.
Gulhayo Anorovadan hali ko'p shunday chin she'rlar kutsa bo'ladi. Chunki uning ruh kapalagi tirik. Shu kapalakka bardavom parvozlar tilaymiz.

Nurjahon Qayumberdieva Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi.

Manba: facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube