O’zbekiston Xalq Harakati

Bemavrid mulohazalar…

Bemavrid mulohazalar…
02 Temmuz 2020 - 22:19 'da yuklandi va 695 marta o'qildi.

BEMAVRID MULOHAZALAR…

Faqat yaxshi bo'lmoq judayam kamdir,
Juda kamlik qilar yashamoq halol.
Shavkat Rahmon

Sarlavha xususida: yo'qsillarning eng mashhur yozuvchisi Maksim Gorkiyning “Bemavrid mulohazalar” deb nomlangan kitobi bor. Kitobga munday nom tanlashining sababi – u bir umr mamlakatda yo'qsillar hokimiyatga kelishini va dahri-dunda mazlumlarning haqqi ado bo'lishini istagan edi. Biroq inqilob natijasida sho'rolar hukumati barpo bo'lgach, ko'rsaki, eski zolimlarning o'rnini kechagi mazlumlarning o'zi egallab olibdi. Ya'ni, zulm yo'qolmabdi, aksincha, tobora tomir otib, shox yozmoqda ekan. Balkim, kechagi mazlumlarning dilidagi qasos chanqog'i arisa, adolat va ma'rifatning g'olib bo'lishi uchun yo'l ochilar, deb umid qilgan Maksim Gorkiy mamlakatdagi haqiqiy ahvol haqidagi mushohadayu mulohazalarini bemavrid o'ylar, deya baholab, qo'yin daftariga yozib qo'yabergan.

Men ham adabiyot haqidagi bugungi mulohazalarimni, aslida, bemavrid hisoblayman. Odamlarimiz bir parcha noniga surkash uchun saryog', ovqatiga solish uchun go'sht topish, ya'niki, odamga o'xshab yashash ilinjida o'zini to'rt tomonga urayotgan bugungi zamonda adabiyot haqida gapirsang, birovlar eshitmaydi, degan qat'iy qarorga kelganimga ancha bo'lgan. Shu qarordan haligacha qaytganim yo'q. Biroq ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh yoshlarning, keling adabiyot haqida gaplashamiz, xalq bizni tushunmayotgan bo'lsa, avval o'zimizni o'zimizga, keyin xalqqa tushuntiramiz, degan chaqirig'i yangrab, bir-ikkita maqola paydo bo'lgach, negadir ko'nglim g'imirladi. Ich-ichimda bir-ikki fikr-mulohaza uyg'ondi. Ularni o'zimcha tahlil qilib ko'rdim va “balkim, bu mulohazalar ham bemavriddir”, degan xayolga bordim.

Shunday bo'lsa ham, ularning ayrimlarini e'lon qilmoqchiman. Mavridli bo'lsa, eshitadigan quloq topiladi. Bemavrid bo'lsa, o'sha o'zaro gaplashayotgan yoshlarning o'ziga saboq bo'lar…

***

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarluq Xon taxallusi bilan she'rlarini e'lon etib borayotgan Rahmiddin Abraev ismlik yigitning she'rlari to'g'risida Mahmud Muhiddin degan ukamiz maqola e'lon qilibdi. Shoir va uning ijodi to'g'risida iliq fikrlar bildirgan. Qo'lidan kelgancha tahlil ham etgan. Biroq maqola ancha bo'sh chiqibdi. Buni uning tengdoshlari ham ko'rib, payqashibdi.

Mening nazarimda bugungi adabiyotga eng ko'p kerak narsa, bu – tanqid. Afsuski, mazkur maqolada tanqid yo'q. Negaki, she'rni sharhlashga uringan kishi o'zini shoirdan pastroq ko'ra boshlasa, tanqid chiqmaydi. Yozganlari aravani quruq olib qochishga o'xshab qoladi. Bunday bitik uning o'ziga ham, shoirga ham, adabiyotga ham xizmat qilmaydi. Aksincha, she'r tahlili natijasida bo'y ko'rsatadigan tanqidiy fikrlar har doim dolzarb. Adabiyotshunosning tanqidiy fikrlari esa, hatto, to'g'ri bo'lmagan taqdirda ham, boshqalarda fikr uyg'otadi, she'rni tushunishga turtki bo'ladi.

Qarluq Xonning hamma she'rini o'qiganman, doim kuzatib boraman, desam g'irt yolg'on aytgan bo'laman. Biroq keyingi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqda e'lon etilgan bir nechta she'riga ko'zim tushdi. Ularni ichki quvonch bilan o'qidim. Tabiiyki, sakta joylari ham yo'q emas. Shoirning tanqidga dosh beradigan siyog'i bor, degan ishonch bilan ayrim kuzatishlarimni aytgim keldi.

Ko'ngil gul kabidir, ayniqsa,
Qizlarning ko'ngli gul kabidir.
Shu bois oshiqlar, ayniqsa,
Haroratli she'rlar yod olar.
Mumkin-ku yashnamay qurimoq,
Suv quyib turmasak guldonga.
Eng og'iri yurakni tutmoq,

Cho'g' bosmoq og'irdir kuldonga.Dastlabki ikki satrda shoir o'zi yangi deb o'ylagan bir tashbeh aytadi: har qanday ko'ngil gulga o'xshaydi, ayniqsa qizlarning ko'ngli. (Bu tashbehning yangi ham, original ham emasligini ta'kidlash ortiqcha, deb o'ylayman.) She'r degan san'atning qoidasi bo'yicha, matla'da aytilgan fikr yo tashbeh keyingi misralarda rivojlantirilishi, kengaytirilishi shart. Biroq mazkur she'rning keyingi misralarida shu qoidaga amal qilinmagan: oshiqlar haroratli she'r yodlaydi, degan jumlaning ma'nosini “gulday ko'ngil” tashbehi bilan bog'lash juda qiyin. Qolaversa, to'rtlikning vazn-turog'i sakta, musiqiylik, ohangdorlik yo'q, qofiya mutlaqo kelishmagan. Albatta, bularga mutlaqo e'tibor bermay, hatto, ularni atay inkor qilib ham she'r yozish mumkin. Lekin mazkurda bu xususiyatni ko'rmaymiz.

Ikkinchi to'rtlikda “ko'ngil – gul” tashbehi davom ettiriladi: vujud – guldonga suv quyib turilmasa, gul yashnamay qurib qolishi mumkin. Mabodo, ilk to'rtlikdagi fikr – oshiqlarning “haroratli she'rlar” yodlashini guldonga quyib turiladigan suvga qiyos etish mumkindir, deb o'ylaydigan bo'lsak, tashbehning juda-juda zaifligini tan olishimiz kerak. Chunki suv va harorat tushunchalarini o'zaro bog'lash qiyin. Bu, xuddi, o'ng qo'l bilan chap quloqni boshning orqasidan aylantirib ushlaganga o'xshaydi. Anchayin o'xshovsiz chiqqan.

To'rtlikning keyingi ikki misrasida “ko'ngil – gul”, “vujud – guldon” tashbehlari shoirning butunlay yodidan chiqqanga o'xshaydi. “Eng og'iri yurakni tutmoq” – yurak va ko'ngilning ikki so'zda ifoda etilgan bir narsa ekanini e'tiborda tutadigan bo'lsak, shoir she'r so'ngida “ko'ngil – gul” tashbehidan voz kechdimikin, degan o'yga ham boradi kishi. “Kuldonga cho'g' bosish” tasviri original, biroq u kichikkina she'rning obrazlar tuzilmasiga deyarli begona. Bu satrlarni she'r bilan bog'lab turadigan yagona rishta “cho'g'” va “harorat” so'zlarining ma'no jihatidan yaqinligi, xolos…

O'tgan asrning etmishinchi yillari g'arb adabiyotshunosligida strukturalizm degan adabiy metod paydo bo'lgan edi. Bu metod har qanday adabiy matnni struktura deb tushunadi va uning ichki bog'liqligini o'rganadi. Ushbu metod yordamida chinakam badiiy asarning ichki bog'lanishi juda pishiq, mustahkam va mantiqiy bo'lishi isbotlab berilgan edi. Yuqoridagi she'rda esa ichki bog'lanishning kamligini ko'rdik.

Yana bir she'rda shoir “men daraxtman, afsuski, atrofimdagi muhit bois barglarim qovjirab boryapti”, degan ijtimoiy zalvori cho'ng fikrni badiiy obrazlar qatiga singdirishga uringan. Bu obrazli fikrning original ekanini tan olgan holda, uning so'zga ko'chish jarayoni bir qator g'alizliklarga ega ekanini ko'rsatib o'tish lozimga o'xshaydi.

Odamlardan ko'proq daraxtlarda bor:
Muhabbat, sadoqat, mehr va shafqat.
Men siz o'ylaganday odam emasman,
Daraxtman, daraxtman, daraxtman, daraxt!
Oyoq ostidagi tuproq yo'lkaga,
Bolalarin qo'ygan noshud otaman.
“To'rtta fasli bahor“ bo'lgan o'lkada
Tokay barglarimni qovjirataman?!

Bu she'rdagi ichki mantiqiy butunlik yuqorida ko'rib chiqilgan she'rdagidan ko'ra ko'proq. Biroq “men daraxtman” tashbehining sifatlari ancha oddiy. “Muhabbat, sadoqat, mehr va shafqat” sifatlarini daraxtga bog'lash anchayin “qulog'idan tortib kelingan o'xshatish”. Qolaversa, uchinchi misra o'ta g'aliz. She'r mantig'iga ko'ra, shoir “Siz meni odam deb o'ylayotirsiz, unday emas, men daraxtman” demoqchi bo'lgan. Ammo “Men siz o'ylaganday odam emasman” degan jumla bu ma'noni bermaydi. Bu erda ma'noning “Men siz o'ylaganday yaxshi (yomon) odam emasman” kabi turli ma'nolarga burilib ketish ehtimoli bor.

Ikkinchi to'rtlikda “yo'lka” degan so'z ishlatilgan. O'zbekchada bunaqa so'z yo'q. Yo'l bor, kichik yo'lni esa yo'lak deymiz. “Bolalarin qo'ygan” birikmasi esa o'ta qo'pol. Ayniqsa, tuproqqa qo'yish. Buning ma'nosini sharhlamasam ham bo'lar. Qolaversa, yo'lak oyoq ostida bo'lmaydi. Yo'lakdan yurib borayotgan odamning oyog'i ostida xazonmi, cho'p-xasmi, toshmi, tikanmi, changib yotgan tuproqmi bo'ladi. Zinhor yo'lak bo'lmaydi. So'zning zargari bo'lishi lozim sanalgan shoir buni bilishi, his etishi lozim va lobud. “To'rtta fasli bahor” degan birikma ham avomga manzur, xosga to'g'ri kelmaydi. To'rtta fasli bahor deyilsa, beshinchi yo oltinchi faslning borligi ehtimolda tutiladi. Bunday bo'lishi esa sog'lom mantiqqa zid. (Katta bir shoirimiz bir vaqtlar “Beshinchi fasl” degan kitob ham chop qilgan edi. Bundagi beshinchi fasl iborasi mantiqsizlikdan mantiq yaratgan tashbeh bo'lgan edi.) Shu bois “to'rtta” so'zidagi “ta” qo'shimchasi bu erda ortiqcha. Bu qo'shimcha she'rga vazn talabi jihatidan ixtiyorsiz qo'shilib qolgan, deydigan bo'lsak, shoirning hali badiiy mahorat bobida anchagina ter to'kishi lozimligini ta'kidlashimizga to'g'ri keladi.

Qarluq Xonning quyidagi she'ri ham menga juda ma'qul bo'ldi. Afsuski, bu she'rda ham qator kamchiliklar manaman deb bo'y cho'zib turadi. Go'yoki, choyxonada osh oshayotgan vaqting tishingga qarsillab tosh tekkani kabi. Magarkim o'ylab ko'rsak, guruchning toshini termagan oshpaz go'sht-sabzi tanlashda ham e'tiborsizlik qilgan, qo'lini yuvmay kapgirni ushlagan bo'lishi ehtimoli bor.

TARIXIY ZARURAT

Har bir qum zarrasi hatto ranglar ham,
Zarur payt tug'ilgan payg'ambarlar ham.

Qum zarrasi narsa, jism bo'lib, unga nisbatan zarur paytda paydo bo'lgan, deya jumla tuzish mumkin. Bu erda mantiq buzilmaydi. Lekin qum zarrasi degan so'zlarga uyushadigan so'z ham jismni anglatishi shart. Ranglar so'zi esa jismni atamaydi. Bu so'zlarning o'zaro uyushib kelishi mantiqan to'g'ri emas. Birinchi o'qiganda to'g'riga o'xshab tuyuladigan bu satrda botiniy saktalik borligi uchun ham u darrovdan o'qirmanning ko'ngliga o'tirishmaydi. Qolaversa, payg'ambar so'zining narsalarni ataydigan so'zlarga uyushib kelishi ham mantiqiy saktalikdir. Alloh er yuziga payg'ambarlarni o'zi xohlagan vaqtda tushiradi, degan islomiy tushunchani tarixiy zarurat tushunchasi bilan almashtirish moddiyunchilik falsafasining oqovasi.

“Tarixiy zarurat” bo'lmas edi gar,
Dunyoni olmasdi rumlik Iskandar.
Nozil bo'lsa edi jihodsiz Qur'on,
Turkiylar bo'lmasdi mo'min-musulmon.
Demakki, hikmat bor bunda chindan ham,
Sabab topsa bo'lar Temuchindan ham.
“Mulki Turonmiz” deb tuymasdik g'urur,
Zarur payt qon to'kmay o'tsaydi Temur.

“Mulki Turon” birikmasi esa kitoblardan kitoblarga o'tib kelayotgan katta bir xato. Bu iboraning manbasi sifatida Amir Temurning “Bizkim, mulki Turon, amiri Turkistonmiz” degan so'zlari ko'riladi. O'ylashimcha, bu xatni kimdir qachondir xato o'qigan va shu holicha bizning shuurimizga kirib qolgan. Meningcha, Amir Temur “Bizkim, maliki Turon, amiri Turkistonmiz”, ya'ni, biz Turon yurtining podshohi, Turkiston elining esa amirimiz degan. Yoki bu bitikni boshqacha o'qish ham mumkin: “Bizkim, mulki Turon amiri, Turkistoniymiz”. Harholda, o'zimiz haqimizda “Mulki Turon” – Turon mulkimiz deb g'ururlanish to'g'ri emas. G'ururlanish uchun Turon mulkining amirimiz, deb aytsak, to'g'riroq bo'lardi.

Taqlidga ergashar minglab havoyi,

Bitta “Xamsa” yozib qo'ysa Navoiy.Yuqoridagi baytda jumla qurilishi ham, uning mantig'i ham xato. Boringki, “Taqlidga” deb emas, “Taqlidla” ergashar deb yozilganida ham semantik jihatdan jumlaning ma'nosi to'g'ri bo'lardi. Shunda ham mantiqiy jihatdan noto'g'rilik yo'qolmaydi. “Navoiy bitta “Xamsa” yozib qo'ysa, minglab havoyi unga ergashib ketadi” deyish Navoiyni kamsitish, erga urish, Xamsani tuproqqa qorishtirish demakdir. Lekin mening nazarimda Qarluq Xon munday demoqchi emas. U buning aksini aytmoqchi bo'lsa kerak. Ya'ni, Navoiy bitta, uning “Xamsa”si ham bitta, qolganlarning hammasi unga taqlid qilmoqchi bo'lgan havoyilar, demoqchi. Harholda, men she'rning ruhidan shu kayfiyatni tushundim.
Endi, tasavvur qilib ko'ring, shu she'rni boshqa tilga tarjima qilmoqchi bo'lgan mutarjim jumlaning semantik qurilishidan kelib chiqsinmi yo umumiy ruhidan? Bu erdagi jumla qurilishining misolini maqtov ma'nosidagi “Yomon usta ekan!” gapiga qiyoslash mumkin. Mutarjim bu jumlaning maqtov ma'nosida aytilayotganini anglasa-ku, o'z tilidan uning muqobilini topadi. Anglamasa-chi? Kompyuter tarjimon bo'lsa-chi!

Boburdek qaroqni yoshlash vaqti bor,
Zarur payt Vatanni tashlash vaqti bor.

Bu baytdagi fikrlarni to'g'ri, deb tushunadigan bo'lsak, bir kuni hammamiz ona Vatanimizni tashlab ketamiz, degan xulosaga kelishimiz shart. Axir, bu noto'g'ri-ku! Vatanni tashlash boshqa, hijrat boshqa narsa. Bobur shohlik orzusining ortidan ergashib, vatanni tashladi, keyin bir umr ko'zda yosh bilan Andijonni, hatto, uning qovunlari hidini sog'inib o'tdi. Vatandan ketishini alam bilan “yuz qarolig'” deb atadi. Mening nazarimda, ushbu she'rning, shoirning men o'qigan boshqa she'rlarining umumiy ruhidan kelib chiqsak, u ahvol shu turishida davom etsa, xuddi Bobur kabi biz ham hijratni ixtiyor aylashimiz mumkin, demoqchi. Lekin o'shanda ham bu tashbehdagi saktalik she'rning badiiyatini ezg'ilab turgan bo'lar edi. Chunki Boburning vatandan ketishi hijrat emas edi. Boburning podshohligidan farqli o'laroq, hijratda saodat bor. Qarluq Xon Boburning Vatandan chiqib ketishini hijrat, deb ataganida xato qilgan. Shu xato baytdagi tushuniksizlikni keltirib chiqargan.

O'z ering g'animdan qolmaskan ortib,
Zarurat tug'ilsa olarsan tortib!
Jadidlar, yuz yilki yuzingiz qaro –
Bitta go'r bermagan hukumat aro!

Yuqoridagi baytni ham mutarjimning to'g'ri tushunib, to'g'ri tarjima qilishiga shubha bor. She'rni so'zma-so'z o'qiyotgan mutarjim “Shoir jadidlarga qarata ey, jadidlar, sizlarning yuzingiz qaro, deyapti” deb tushunadi. Va to'g'ri tushunadi! Chunki so'zlar semantik va stilistik jihatdan o'zaro shunday bog'langan. Holbuki, shoir bunday demoqchi emasligini sezib turibmiz-u, mutarjimga isbotlay olmaymiz. Juda jahli chiqib ketgan mutarjim hukumat odamlardan tashkil bo'ladi, uning a'zolari bo'ladi, ularning ichida go'r bo'lmaydi, nega mening boshimni og'ritasizlar, deb turib olishi mumkin.

Bo'laklarga bo'lib tashlangan makon,

Bugun zaruratsan, Ota TURKISTON!Men bu she'rning g'oyasi haqida atay hech nima demadim. Chunki bu shusiz ham hammamizga tushunarli. Yagona Turkiston g'oyasi bugun tarixiy zaruratga aylandi, degan fikr allaqachon yangilik bo'lmay qoldi. Lekin meni xijolat qiladigan narsa shuki, shoir nega Turon haqida gap boshlab, jumlani Turkiston jumlasi bilan tugatadi?! Turon va Turkiston tushunchalari ijtimoiy-siyosiy jihatdan ham, jo'g'rofiy jihatdan o'zaro teng emasligini bilmaydimi? Turkiston hududi “Mulki Turon”dan ancha ulkan ekanini shoir ukamizga eslatsak, bizga uyatmi, ungami? Yo u maktabda jo'g'rofiya darslariga qatnashmaganmi?..

Xulosa o'rnida.

To'g'risini aytsam, Qarluq Xonning ko'p she'rlari menga yoqdi. Biroq ularning yutuqlari haqida gapirishni istamayman, sababi, yuqorida aytganim, bugungi adabiyotga tanqid kerak. Adabiyotimizda tanqidni ko'tara oladigan shoirlar qolsa, ertamizdan umid qilsak bo'ladi. Ko'tara olmaydiganlar tezroq boshqa yumushning boshini tutgani tuzuk. Bu shoir haqidagi tanqidiy-tahliliy fikrlarimni esa shu erda to'xtatishim o'zimga ma'qul ko'rinmoqda. Katta bir shoirimiz bir vaqtlar “men o'zim tubiga tushay bu so'zning”, deb aytgan edi. Shundan xulosa qilsak, Qarluq Xon ham o'zi ishlatayotgan so'zlarning tubiga tushib ko'rsa, biz hali bilmagan kamchiliklarni ham o'zi topadi.

Qolaversa, she'r tahlili juda inja, ingichka bir ish. Mutloq ko'pchilikka juda zerikarli va ahamiyatsiz ko'rinadigan yuqoridagi mulohazalarim, she'r tahlilining bir ushog'i, alifbosi desayam bo'laveradi. Tabiiyki, alifbodan keyin o'qish kitobi, keyin jiddiy asarlar, so'g'inida esa adabiyotning bugungi vazifasini qanday bajarayotgani haqida tortishuvlar boshlanadi.

Tasavvuri tez, xayoli o'ktam, ruhi baland, she'rni yaxshi ko'radigan shoir ukamiz Qarluq Xonda uchraydigan kamchiliklarning bir qismini mahoratning etishmasligi bilan, boshqa qismini esa hali yoshligi bilan izohlasak bo'ladi. Qunt bo'lsa – mahorat egallanadigan narsa; xohish bo'lsa – bilimning o'zi keladi.

Musulmon Namoz
adabiyotshunos

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube