O’zbekiston Xalq Harakati

Qo'g'irchoq xon va fitnachi amaldorlar

Qo'g'irchoq xon va fitnachi amaldorlar
03 Temmuz 2020 - 15:55 'da yuklandi va 863 marta o'qildi.

QO'G'IRChOQ XON VA FITNAChI AMALDORLAR

Laffasiy va Bayoniy kabi murrixlarning yozishiga ko'ra, Isfandiyor yoshligidan yuvosh tabiatli, g'oyat iqtidorli kishi bo'lib, «Farrux» taxallusi bilan she'rlar bitgan. Kasb-hunarga qiziqqanidan soatsoz va qilich yasovchi usta sifatidayam mashhur bo'lgan. Tijoratchi sifatida Rossiya va Sharq davlatlarini ham kezib chiqqan edi. Hatto rus tili, dunyo jug'rofiyasini mukammal bilgani bois, oldingi sahifalarda ta'kidlaganimizdek, Rossiya jug'rofiya jamiyatining a'zosi ham edi.

Avvalo, shuni esdan chiqarmaslik kerakki, Isfandiyorxon Islomxo'janing islohot dasturini qo'llab tursa-da, u Chor imperiyasining vassali edi. Qolaversa, xon saroyida Islomxo'jaga muxolifatda bo'lgan fitnakor amaldorlar guruhi ham mavjud bo'lgan. Shunday guruhlardan biri og'a-ini podpolkovnik Husayinbek, yasovulboshi Shayxnazarboy va Omongeldi Matmurodovlar edi. Har bir og'a-ini xonlikda hisobsiz er, kattagina molu-mulkka ega edilar.

Mabodo Islomxo'janing erlarni o'lchash, soliqlarni tartibga solish, davlat amaldorlariga maosh to'lashdek islohotlari to'la amalga oshsa, ular ko'p narsadan ajralib qolardilar. Shu bois, og'a-ini Matmurodovlar imkoni boricha Islomxo'janing shaxsiyati va islohotini badnom etishga harakat qilishgan. Isfandiyorxon yuvosh va ko'ngilchan bo'lganligi bois chor imperiyasi bilan urush davrida qahramonlik ko'rsatib xalq o'rtasida katta shuhrat qozongan Matmurod devonbegining o'g'illarini saroydan to'la chetlashtirolmasdi.

To'g'ri, u dastlab 1911 yilda Islomxo'jani quvvatlab, Matmurodovlarning mol-mulkini musodara qiladi va ularni saroydan chetlashtiradi. Ammo og'a-ini Matmurodovlar chor amaldorlari bilan yaxshi aloqa o'rnatgani bois, 1913 yilda rus ma'murlari ta'sirida yana saroyga ishga tiklanib, mol-mulkini qaytarib olishadi. Biroq, shundan keyin ham og'a-ini Matmurodovlar rus ma'murlariga Islomxo'jani ig'vo qilishda davom etishadi.

Jumladan, Husayinbek 1913 yil yanvarida Amudaryo bo'limi boshlig'i Likoshin huzurida bo'lib, unga bergan axborotida o'zining 1911 yil xon g'azabiga uchrab, og'ir kulfatlarga duchor bo'lishi va 1913 yil yanvarida yovmudlarning chorizmga qarshi ko'targan isyoni sababchisi Islomxo'ja ekanligini ta'kidlaydi. Shuningdek, u musodara qilingan, qiymati bir million rubldan ortiq bo'lgan mol-mulkining atigi 150 ming rublini qaytarib berilganiniyam aytib, uning qolgan qismini Islomxo'ja o'zlashtirgan, deya da'vo qiladi. Qolaversa, og'a-ini Matmurodovlar Islomxo'janing islohotlaridan norozi bo'lib, bu haqda xonga ariza ham yozgandilar.

Chor hukumati, ayniqsa, Amudaryo bo'limi xonga ta'sir o'tkazib, Xivaning ichki ishlariga muntazam aralashib kelar, zero, ular uchun Isfandiyorxon qo'g'irchoq hukmdor edi.

Matvafo, Abdurahmon va Sharif Baqqolovlar Islomxo'jaga muxolifatda bo'lgan ikkinchi guruh vakillari edi. Tog'a-jiyan Baqqolovlar ham ko'plab er, mol-mulk sohibi bo'lib, ular ham o'tkazilayotgan er, soliq islohoti bois anchagina mol-mulkidan ajralib qolishdan qo'rqar, shuning uchun bosh vazirga nisbatan doimo adovatda bo'lib kelishar edi.

1899 yildan xon saroyida tarjimonlik qilgan V.N.Kornilov u haqda: «Matvafo nihoyatda yulgich bo'lib, ogir soliqlar bilan xivaliklarga zulmini o'tkazdi. Xivaliklar uni juda yomon ko'rishadi. U turkmanlarga yashirincha igvo qilib, ularni talonchilikka gij-gijlardi. Matvafo judayam uddaburon bo'lib, har qanday yo'llar bilan bo'lsa ham xon saroyida birinchi lavozimni egallash uchun harakat qildi», deb yozgandi.

Bundan tashqari, Amudaryo bo'limining boshlig'i Likoshin Turkiston general-gubernatoriga yozgan axborotida,« Xonlikda barcha ishlar Baqqolov va uning og'a-inilarining savdo tijorat manfaatlari yuzasidan olib borilmoqda.Jamiki davlat tadbirlari ushbu savdogarlarning shaxsiy boyligini oshirish-ga qarata hal etilmoqda» (O'ZMARDAVARXIV, f.i 2, op 2, d 476, 53 bet).

N.S.Likoshin, shuningdek, Islomxo'ja vafotidan so'ng, 1913 yil dekabrida general-gubernatorga yozgan axborotida shunday degan: «Marhum Islomxo'ja savdogar emasdi. Shuning uchun u savdogarlarga boshqacharoq qarardi.Savdo ishlaridan xoliligi tufayli, xonlikdagi islohotlarni hatto o'zining shaxsiy manfaatidan ustun qo'yardi. Xonlikning hozirgi mulkdor amaldorlari bo'lsa, o'zlarining savdo tijorat daromadini oshirish bilan mashgul bo'lmoqdalar» (yuqoridagi arxiv, f,i 2, op 1, d 475, 54-bet).

Hattoki, xonlikdagi eng ayyor va boy savdogar Matvafoning inisi Abdurahmonboy Yangi Urganch hokimi qilib tayinlanib, Matvafo safarga ketganida bosh vazirlik lavozimini ham egallab turadigan darajaga etadi.

Islomxo'ja 1911 yilda Yangi Urganch, Hazorasp, Pitnak, Monoq va Darg'onotadagi erlarni xon tasdiqlagan islohot dasturiga ko'ra qaytadan o'lchatib chiqqandi. Shunda ushbu bekliklarda og'a-ini Matmurodovlar hamda tog'a-jiyan Baqqolovlarning behisob erlari borligi, ular davlat hisobiga kiritilmay, xonlik xazinasiga soliq to'lamayotganlari aniqlangandi. Shu bois og'a-ini Matmurodovlar hamda tog'a-jiyan Baqqolovlar saroydan chetlatilib, aniqlangan xufiya mol -mulki xon farmoniga ko'ra musodara qilinadi. O'shanda har ikkala guruh chorizmning Amudaryo bo'limi boshlig'iga shikoyat qilib, Islomxo'ja faoliyatiga chek qo'yishda ko'mak so'ragan edilar.

Islomxo'ja esa islohotlari va unga to'g'anok bo'layotgan amaldorlar haqida 1911 yilning 3 dekabrida, polkovnik Gulushanovskiyga shunday maktub yo'llab, vaziyatni tushuntirib o'tgandi: «Biz amalga ogiirayotgan islohotlar xon atrofidagi amaldorlar manfaatiga, albatta ma'qul tushmadi. Ular avvalgi xon davrida ham katta erlarni egallab, behisob foyda olib kelganlar. Shu boisdan norozi bo'lgan amaldorlar tomonidan bir qancha maxfiy majlislar o'tkazilib, unda xalqni islohotlarga qarshi qo'zgatishga qaror qilingan.Mazkur amaldorlar xalq nomidan norozilik maktublari uyushtirib, ularni o'z muhrlari bilan tasdiqlab, islohotdan norozi ekanliklarini bildirmoqdalar. Maktublarda hatto haqoratli bo'htonlar ham shilatilmoqda» (O'ZMARDAVARXIV, f 2, op 1, d 289, 207-bet).

Aynan 1911 yildagi voqealardan so'ng har ikkala guruh rus ma'murlari bilan yaqinlashib, Islomxo'jaga nisbatan ochiqchasiga dushmanlik yo'liga o'tdilar. Zero, xalq o'rtasida Isfandiyorxonning emas, balki og'a-ini Matmurodovlar va tog'a-jiyan Baqqolovlarning obro'si tag'in-da tushib ketdi. Negaki, ular soliqlar bahona xalqni beayov talash, behisob erga egalik qilib, xazinaga sariq chaqayam to'lamaslik evaziga boyirdilar.Islomxo'ja esa 1911 yilda ularning kirdikorini cheklab, yanada obro' orttiradi. U fitnakor amaldorlar molu mulkini Isfandiyorxon roziligi bilan tortib olgandi. Shu bois har ikkala guruh Isfandiyorxonning ishratga o'chligidan foydalanib, Islomxo'ja bilan uning orasini buzishga intildi. Negaki, xonning katta xotini Azizaposhshabika Islomxo'janing qizi edi. Fitnakor amaldorlar ishratga o'ch xonga turli bekliklardan yosh va chiroyli qizlarni keltirib berardilar. Hatto, Baqqolov va Ashur mahram tashabbusi bilan Nurillaboy saroyining orqa tomonida 70 ming tilla sarflab, maishatbozlik uchui mo'ljallangan maxsus ko'shk ham quriladi.Tabiyki, bu ishlar qaynotasi bo'lmish Islomxo'jaga ma'qul kelmas, u kuyovi Isfandiyorga bu axloqsizlikni yig'ishtirish haqida bir necha bor nasihat qilgandi.

Chor ma'murlari esa har ikkala guruhbozlarni qo'llab, Islomxo'ja faoliyatini kuzatuv ostiga olgandilar. Negaki, u chor hukumati uchun g'oyaviy dushman bo'lgan jadidlarni qo'llayotgan, Xorazmda maktablar barpo qilayotgan, hatto «yosh xivaliklar» harakatini qo'llab quvvatlayotgan, chorizmga qarshi tinimsiz isyon ko'tarayotgan turkman yovmudlari bilan yaqin aloqada edi. Hatto, u 1913 yil boshida turkmanlarga qarshi yurish qilish tashabbusiga qarshi chiqqandi. Yovmudlar isyoni umumxalq qo'zg'oloniga aylanib, chorizmning mustamlakachiligiga chek qo'yishi mumkinligini chor hukumati yaxshi bilar, shu bois Islomxo'ja nafaqat guruhbozlarning, balki mustamlakachi chor hukumatiningda dushmaniga aylangandi.

Qotillikda chor hukumatining qo'li bormi?

Islomxo'ja 1896-1913 yillarda besh marotaba Rossiyaning Peterburg va boshqa shaharlariga borgan. Imperator Nikolay II Romanov bilan ham ko'p bor muloqotda bo'lgan va u bilan rus tilida bemalol dunyo siyosati haqida suhbatlashgandi.

Shu suhbatlardan keyin Islomxo'ja oqposhshani g'oyat qiziqtirib qo'ygandi.Ayniqsa, uning xonlikda amalga oshirayotgan ishlaridan boxabar bo'lgan imperator,Peterburgda kimlar Islomxo'ja bilan uchrashishigacha jandarmeriyadan surishtiradi. Qolaversa, Amudaryo bo'limi va jandarmeriya Islomxo'janing chor hukumati dushmanlari bo'lmish jadidlar va isyonkor yovmudlar bilan aloqasi yaxshiligini xabardor qilganligi tabiiy.

Negaki, 1913 yil 4 yanvarda Turkiston general-gubernatori harbiy ministr Suxamlinovga maxfiy xat yo'llab: «Xonlikda 1910 yilgacha hukm surgan osoyishtalikni saqlab turish, xalq g'alayonlarining oldini olish uchun Islomxo'ja faoliyatini jilovlash chora-tadbirlarini ko'rish lozimga o'xshaydi», degandi (Rossiya Markaziy Davlat Arxivi, 400-fond, 62-delo, 155-sahifa).

Shu bilan birga, general Samsonov Peterburgga yo'llagan maxfiy xatida Islomxo'jani chet elga jo'natish, surgun qilish haqida buyruq berish lozimliginiyam aytib o'tgandi. Ammo tashqi ishlar ministrligi bu taklifni ma'qullamagan.

«Rossiya Markaziy Davlat Arxivining 400-fond, 178-delo, 50-54-sahifalaridagi manbaga ko'ra, Islomxo'ja Peterburgdagi «Musulmonlar xayriya jamg'armasi»ga borib, u erda Eron va Turkiya elchilari Tarxon poshsho, Ishoqxonlar bilan uchrashgan. Kechqurun Marinin teatrida ularni mehmon qilib, suhbatlashgan. Tabiiyki, musulmon mamlakatlari elchilari bilan Xiva xoni bosh vazirining til topishgani chor hukumatiga yoqmasdi.

Etilib kelayotgan jahon urushi arafasida chor hukumatiga raqib bo'lgan Turkiya hukumati elchisi bilan mustamlaka xonlik bosh vazirining suhbatlashishi, chor hukumati uchun, ayniq-sa, chidab bo'lmas hol edi.

Islomxo'ja dunyo siyosatidan boxabar bo'lib, Turkiya-Eron, Eron-Italiya, Turkiya-Germaniya, Rossiya-Turkiya iqtisodiy va harbiy munosabatlari mohiyatini to'la anglab etgan, mustamlakachilikning ham paymonasi to'layotganini sezib turardi. Bu esa chor hukumati uchun qo'rqnnchli bir hol edi. Shu bois chor jandarmeriyasi Peterburgda bo'lgan Islomxo'janing har bir qadamini kuzatib, kim bilan nima haqida suhbatlashganigacha shaxsan imperator Nikolay Romanovga axborot berib borgan. Islomxo'ja Xivaga qaytgach ham kuzatuv ostida bo'lgandi. Negaki, Peterburgda bosgan qadamini ko'zdan qochirmagan Nikolay II uning Xivada nimalar qilayotganini ham bilishni istardi.

Amudaryo bo'limi boshlig'i general-gubernatorlikka yo'llagan ma'lumotida o'z kuzatuvlarini quyidagicha izohlagandi: «Saroyttg eng nufuzli odami, xonning birinchi amildori Islomxo'janing uyini o'ziga xos kichik saroy desa bo'ladi. Bu erga saroyning katta va kichik a'yonlari ham «salom»ga kelib turadilar. Ular yigilishib eng muhim masalalarni muhokama qiladilar» ( O'ZMARDAVARXIV, f 2, op 1, d 289, 17 bet).

Shu bilan birga, bo'lim tomonidan 1912 yil 12 avgustda Toshkentga yo'llangan axborotda bosh vazirning uyidagi holat haqidayam ma'lumotlar berilgandi: «Vaziri Akbar Islomxo'ja jadid maktabining va uyidagi farzandlarining o'qituvchisi yosh tatar muallimi Abdurashidovning faoliyati alohida e'tiborga ega. Afsuski, Abduraishdov o'qituvchilik ishlaridan tash-qari Xiva xonligini ichki siyosatida ham faol qatnashmoqda. U Islomxo'janing uyida yashab, yashirin kengash o'tkazib turadi.

Bu kengashga Abduraishdov maslahatchi va rahbarlik qyladi. Islomxo'ja ishtirokidagi kengash majlislarida asosan Xiva-Rossiya munosabatlari muhokama qilinadi. Abdurashidov yigilgan xivaliklar ongiga Xiva xonligini Rossiya qaramogidan ozod qilish va xonlikni taraqqiy ettirish goyalarini singdirmoqda».

Turgan gapki, bunday chor mustamlakachiligi uchun zararli bo'lgan xufiya axborotlarni olgach, general gubernatorlik Abdurashidovni vohadan yo'qotish choralarini ko'radi. Natijada, «Amudaryo bo'limi 1913 yil yozida Abdurashidov va boshqa jadidlarni Xivadan o'z yurtlariga jo'iatib yuboradi» («Turkestanskiy kur'er, 1913 yil 21 avgust).

Abdurashidovni uyida saqlagan bosh vazir uni vohada olib qolishga intilmasin, chor ma'murlari bunga yo'l qo'ymaydilar.

Saroy esa bu paytda fitna uyasiga aylanib bo'lgan, Islomxo'jaga muxolif sanalgan har ikkala guruhni Amudaryo bo'limi qo'llab turgandi. Qolaversa, fitnakor Husaynbekka podpolkovnik, ukasi Omongaldiga esa birinchi darajali Muqaddas Anna ordeni bekorga berilmagandi. Og'aini Matmurodovlar chor hukumatining eng ishonchli odamlari ediki, ularni shu bois taqdirlashgandi. Hatto, har ikkala guruhning 1911 yilda tortib olingan molu-mulkining qaytarib berilishidayam chor hukumatining qo'li bor edi. Amudaryo bo'limi boshlig'i polkovnik Kolosovskiy ularga yordam berib, qo'llab turgandi.U 1914 yil 31 dekabrda Turkiston general-gubernatoriga yuborgan axborotida: «Bizning Xiva xonligi saroyidagi fitnalarga aralashuvimiz va xon saroyida Matmurodovlar guruhini tiklashimiz bosh vazir Islomxo'janing qatliga omil bo'lgan sabablardandir», deya yozgandi.

Hatto, Isfandiyorxon polkovnik Kolosovskiyning Matvafo Baqqolovni bosh vazirlikka tayinlash haqidagi taklifiga e'tiroz bildirganida, u «Matvafo senga kerak bo'lmasa, menga kerak», deb mahalliy hukmdorni – Xiva xonini jerkib tashlagandi. Ko'rinib turibdiki, xonni ham nazariga ilmaydigan polkovnik Kolosovskiyga Matvafo Baqqolovdek fitnakor malaylar kerak edi.

Xon saroyida tarjimonlik qilgan V.N.Kornilov esa, «Matvafo Islomxo'ja qatliningaybdoridir. Bu faqat mening emas, balki xonlikdagi insonlar fikridir», deya yozgandi. Shu bois-dan ham uning Islomxo'jaga suiqasd qilingan paytda Turkiston general-gubernatorligining Peterburg politsiya departamenti vitse-direktoriga yuborgan ma'lumotida, bosh shtabning Osiyo bo'limi boshlig'i general Tseylning bosh vazir qatli bo'yicha ishni bosdi-bosdi qilgani, bu ish uchun 200 ming rubl pora olgani, Tseyl bu puldan 20 ming so'mini harbiy ministr Suxamlinovga bergani qayd qilingan.

Nikolay II Islomxo'ja o'limidan xabardor etilgan bo'lsada, u suiqasd tafsilotini surishtirib o'tirmadi. Negaki, kim ham o'z etagini o'zi ko'tarardi? Zero, mustamlaka o'lkalarda silliqqina siyosat yuritish uchun doimo u erda fitna va ig'vo chiqarib turish, o'z yurti ravnaqini o'ylaydigan islohotchilarni yo'q qilish sinalgan usullardan edi. Shuning uchun chor hukumati, jandarmeriya, Amudaryo bo'limiga boshliq bo'lgan Gulushanovskiy, Likoshin, Kolosovskiylar Xiva xonligidagi fitnakor guruhlarni rag'batlantirib, ularni Islomxo'jaga qarshi gij-gijlab turishdi. Xivaning xalqparvar, ma'rifatparvar bosh vaziri Islomxo'ja ana shunday qattol siyosat, fitna qurboniga aylangandi.

Biroq, shunday bo'lsa-da, Islomxo'ja jahon xalqlari taraqqiyotidan bir necha asr ortda qolgan, ba'zi sohalarda o'rta asrcha mustabidlik hukm surayotgan Xiva xonligida o'zgarish yasashga urindi va dastlabki natijalarga erishdiki, bular tarix sahifalaridan yorqin joy oldi.

Jinoyat jazosiz qolmas

Islomxo'jadek islohotchining o'limida aybdor bo'lgan, bu qotillikni chor mustamlakachilarining qo'llab quvvatlashi bilan amalga oshirgan xonlikning fitnakor amaldorlari ko'p vaqt o'tmay o'z jazolarini olishdi. Ya'ni, 1915 yil oxirida Shixnazarboy va Ashur mahramlar o'zlariga haddan tashqari erk berib yuborganlaridan so'ng, ularni oldinlari qo'llab turgan chor mustamlakachilari bilan chiqisholmay qolishdi. Natijada ular Xorazmdan Olmaotaga surgun qilindilar. 1916 yilning fevralida esa Xivani qamal qilib qo'lga kiritgan yovmud isyonkorlari va xalq qo'zg'olonchilari Isfandiyordan Matvafo Baqqolov va saroy xodimi Abdullajonlarni topshirishni shart qilib qo'yadilar. Qo'zg'olonchilardan engilgani bois xon shartga ko'nib noiloj amaldorlarini ularga topshiradi. Qo'zg'olonchilar esa ikkala amaldorga qo'shib Shixnazarboyning yana bir qarindoshini ham tutib keltirib, o'chalasini bo'g'izlab o'ldirishadi.

1918 yilning oktyabrida esa Isfandiyorxon yovmudlar tomonidan bo'g'izlab tashlanadi. Xullas, taqdir Islomxo'janing o'limida bevosita aybdor bo'lganlarni isyonkorlar qo'li bilan jazoladi.

Umid Bekmuhammad

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube