O’zbekiston Xalq Harakati

Biz kimni shoir deb ataymiz bugun

Biz kimni shoir deb ataymiz bugun
03 Temmuz 2020 - 18:28 'da yuklandi va 775 marta o'qildi.

BIZ KIMNI ShOIR DEB ATAYMIZ BUGUN

Maqola muallifi: Ruxsora Nur

Har bir zamonning oziga yarasha yangiliklari, muammolari boladi. Bu muammolarning siyosiy jihati siyosatda, iqtisodiy taraflari iqtisodiyotda, ijtimoiy muammolar esa ijtimoiy doiralarda hal etiladi. Ammo shunday sarhad bilmas, chegara tanlamas, ixtisoslik qabul qilmaydigan bir butun dunyo borki, unda butun muammolar kotariladi va ularga echim topish kondalang vazifa sifatida turadi. Bu adabiyot dunyosidir. Davr qachon bizga buyuk ijodkorlarni etkazib beradi?

–Qachonki ijodkorning yuragidagi ot oz davri muammolariga befarq bolmasa, shu hayotning barchasi meniki, deb qarasagina davr chigirigidan omon chiqa oladigan ijodkorlar etishadi. Qaysi davrda eng dolzarb ehtiyojlar paydo bola boshlasa, ijodkorlarga ham imtihon boshlanadi. Qodiriy davriga marifat, adolat kerak edi, asl mavzular kotarildi va ijodkorlari hanuz yashamoqda. Undan keyin chorak asr otsada xalq oz “eski tosini” tashlamadi. Yana shunday muammolar Rauf Parfi kabi ijodkorlarning bogziga suv bolib yig'ildi va yana adabiyotning «asl»lari zamonni larzaga soldi.

Mustaqillik davri etishtirib bergan ijodkorlar goyalari qaysi tarafga ozgardi, uslublarning qay biri etakchilik qilmoqda, adabiyotga xalqning munosabati qanday? Shunday rivojlangan, «erkin», “kamu kostsiz” hayotda ijodkorning yuragini qiynaydigan, ijodga majbur qiladigan muhabbatdan boshqa nima mavzu ham qoldi?! Mavzularning barchasini ijobiy tomonga ozgartirishimiz kerakmi, faqat baxt(“Bunda qurtlar ipak toqiydi” , “Bunda tole har narsadan mol kabi) kuylanadimi? Bu davrada kimlar oz orniga ega?

Savollar kopayaveradi. Zamon o'zgardi. Ko'pchilikning bong urushiga qaraganda, hozirgi davrda avvalgidek kitob oqimay qoyilgan. Yoshlar kitobdan uzoqlashgan. Xalq hozir kopchilik ijodkorlar yozayotgan modern namunalarga tushunmay qoygan.

Kechirasiz, mavzu ham tugamagan, yaralar ham bitmagan, yangilari paydo bolmoqda. Rivojlanish qanchalar yuksakka kotarilsa, Tubanlik ham tobora tubanlashishdan toxtagani yoq. Xalq esa asl ijodni ajrata oladi.“Cho'ntakdan pul shaklida chiqib nashriyotga tushib, undan yana faqat muallifininggina chontagiga kelib kirayotgan” toplamlar oz ornni topib olmoqda. Faqat bitta fikr paydo bolgan: hamma yozarman bir xil. Bu adabiyotga begonaroq bolgan qatlamning fikri xolos. Xalq oqimaydi, xalq tushunmaydi, degan fikr qaerdan chiqqaniga hayronman. Rauf Parfini tushunish qiyin, Eshqobil Shukrning ramzlarini anglab bolmaydi, hozirgi avlod: Jontemir Jondor, Rahmiddin Abraev (Qarluq Xon), Rahmat Bobojon, Shahriyor Shavkat kabilarning kopchilik sherlari «qora» ranglarga boyalgan emish. Bizning xalqimiz modernizm atamasidan qorqib qolgan. Bu qandaydir tushunarsiz uslub emas. Aslida har qanday milliy adabiyotdagi yangicha tamoyillar majmuyi deb tushunsa yaxshiroq boladi. Hozirgacha modernizm ham postmodernizm ham uslub sifatida umrini yashab bolgan. Millliy adabiyotimizda barcha uslublarning qorishmalari yaratilmoqda, desak ham adashmaymiz. Ammo bu yaratiqlarni xalq tushunmaydi, oqimaydi, murakkab, soddalashtirish kerak, deyish notogri. Songgi paytlardagi kopayib ketgan “chaynab berilgan” toplamlar adabiyotning mohiyatini vaznsizlashtirib yubormoqda. Xalq kim ? –Xalqning bittasi men, bittasi yuqoridagi shoirlar. Boshqasi tomorqasiga piyoz ekib olsada Navoiyni filologlardan yaxshi tushunadigan oddiy dehqon, yana biri auditor bola turib Rauf Parfi she'riyatining ixlosmandi va teran anglovchisi. Demak, xalq saralab olmoqda. Mana shunday saralangan asarlarni talqin qilish ularni yanada xalqqa yaqinlashtiradi.

Bugungi kun zamonaviy adabiy jarayonda qalam tebratayotgan yosh ijodkorlardan biri Rahmiddin Abraev (Qarluq Xon) she'rlari ozining otkir mushohadalariga egadir. Shoirning yuragida doim xalq qaygusi tugyon uradi. Jamiyatdagi hech bir illat uni beetibor qoldirmaydi. Haqiqat yolida Qodiriy, Cho'lponlarning izidan borguvchi ijodkor “ Turkiston soginchi” she'rida “Men bu yolda kechgayman jondan”, deydi. Mansab va boylikning orqasinda xalqni unutib qoygan amaldorlar tasviri ochiq-oydin bayon etiladi. Xalqning esa bosh kotarib chiqmasligi uning eng og'riqli nuqtasidir:

Kerak bo'lsa qancha sabablar,
Barchasiga topaman asos.
Chunki meni og'ir azoblar,
Bir MILLATdan chiqmagan QASOS!

Shoir haqiqiy ijodkor doimo haq tomonda turishini xohlaydi. Maddohlarga va munofiqlarga adabiyotda orin yoq. Zamona esa ikki xil ijodkorni etishtiradi. Biri haqiqatni ayta oladigan “haqiqat orqasinda bosh ketsa, «ih» demaydigan” ijodkor boladi, ikkinchisi zamonabop maddoh bolib etishadi. Shunday ikkiyuzlilar ijodining orin topmasligi haqida shoir “Imkoni yoq” she'rida shunday yozadi(“Sotqinlik emasmi So'zlarni olib qog'ozdan birma-bir pistaday chaqsak?! Na hojat boladi uyqudan qolib, She'rda kesatmoqqa ustiga ustak”) va she'r yakuniga uch nuqta qoyib bunday “imkoni yoq” hodisalarning jamiyatda davomliday kopayib ketayotganligini uqtirmoqchiday bo'ladi:

Imkoni yo'q,
Agar tonggacha bo'zlab
ilhom tulporini etaklab yursa.
Ayniqsa, Haqiqat tashigan
So'zlar –
qog'ozdan tikilib,
tirjayib tursa…

Qarluq Xon ijodi shakliy jihatdan qoliplarga boysunmaganday korinadi. Ammo kopchiligi barmoq vaznidagi sindirilgan satrlardan iborat. Shoir kopincha matnning yozilish shakli orqali ham fikr yuklaydi. Takidlangan sozlarning bosh harflar bilan keltirilishi yoki tinish belgilarining maqsadli qollanilishiga guvoh bolamiz. “Haqiqatga kelsang yuzma-yuz” she'rida lirik qahramon yoqolib ketgan Haqiqatning qaerlarda yurganini soroqlaydi va “Kelib qolsang haqiqatga yuzma-yuz, ozingda jur'at top titramaslikka” deya qorquvni engishga chaqiradi. Qarluq Xon nazmi mavzularining asosiy xususiyati ham shunda. Ijodkor Shavkat Rahmon, Rauf Parfi kabi haqiqatni tik aytishdan qaytmaydigan jangchilardan. Shoirning «Burch» she'ri oqilganida kitobxon olgan nafasini bir she'r tugaguncha chiqara olmaydi. Adoqsiz burchlarni sanar ekan she'rning echimiga “UYG'ONIShI KUTILAYoTGAN ODAM…” fikrini alohida takidlab tugatadi. “Turnaqator navbatda turar ilonizi kabi imzolar” misralarida hozirgi kunning eng dolzarb mavzularidan biri qogozbozlikka ishora qilinadi va “qoyilishi kerak bolgan” shu imzolarning odamlar hayotida burchga aylanib bolganlini kesatib otadi. Shoir qollagan oxshatish va jonlantirish kabi badiiy tasvir vositalari individual novatorligini namoyon etadi: “amazonika iloniday bo'yinbog'”, “ko'zlar eshigidan kirgan zo'r uyqu”, “homilador ayolday soat”(vaqtning o'tishi joni qiynoqda qolgan inson uchun ogirdir. Bu azob jamiyat dardi bilan tugilgan bo'lsa…).

«Ilhom» she'rida qisqalik bilan ijod sirini, she'r tugilishini, she'r shoirga hayot suviday zarur ekanligini tasvirlab beradi. «Guldon» – shoir kongli «suv» –ilhomsiz kul bosgan kuldonga aylanib qoladi.

Shavkat Rahmon oz she'rlarida peyzaj orqali (masalan,“Tungi manzara”) anchagina ramziyliklarni ifoda etardi. Shu bilan ichini tirnagan tirnoqlarni parchalab tashlardi. Qarluq Xon ijodida ham Erk –Tabiat –Kechinma – Maqsad bir butunlikni tashkil qladi. “Manzara she'ridagi ramziy obrazlar: qush – erk , tong, choponini echgan osmon – shoir istagan adolatli zamon, chiqmagan quyosh – kelajak, qora kecha –tutqun fikrlar kabi timsollarni anglatadi. Shoirning yana bir shunday qirrasi borki, bunday jasoratni hamma ham boyniga olavermaydi. Sovet davri shoirlarining sostsialistik realizm oqimida yozgan “Osiyoni gullatmish kommunizm” deya aytayotgan fikrlarini Rauf Parfi oz talqinida “Osiyoni bulgatmish kommunizm” deya ayta olganidek Qarluq Xon ham “Taqiqlangan sherlar” turkumiga kiruvchi «Fokus» sherida shunday hatto ramzlar ortiga ham bekitilmagan haqiqatni barala aytadi, jasorat ko'rsatadi:

Laqqa ilintirmoq mumkin
yolg'onga-
Go'yo Arshga chiqib tushib
kelganday:
“Yigirma olti yil
O'zbekistonga,
Alloh barokati yog'di” deganday.

Davrning kirdikorlarini bir shoir qalbi emas barcha anglab turibdi. Er kishilarning qanchalar tubanliklarga borishlari sherda ochiq aytiladi. Xalqqa doimo haqiqat kerak. bunday haqiqatni jasorat bilan ayta biladigan Qarluq Xon singari shoirlar esa xalqni kerakli yol tomon boshlay oladigan kuchdir.

Zamondosh shoiru shoiralar haqida fikr yuritganda intim lirikaning ham ma'lum darajada yuqoriga kotarilayotganini bir qancha ijodkorlar misolida korishimiz mumkin. O'lmas mumtoz adabiyotimiz janrlaridan bolgan gozalni yaratish va sher janrida ham anaanaviy timsollarga yangilik boyogini bera olish katta va tarbiyalangan istedodni talab qiladi. Buxorolik yosh ijodkor Toshpolat Abbos lirikasida bu umumlashmaning yorqin na'munalarini uchratamiz.

Ham barmoq ham aruzning keskir chizigidan chiqmay turib sozlarning boyniga nazokat marjonini osa olgan shoirimiz , shubhasiz, Navoiyga izdoshlik qila oladi. Bu ijodkorni yaqindan bilganim bois she'rlaridagi har bir kechinmani yaxshi his qilaman. Aruz tizimida yozilgan va ozgacha shakl ham san'at berilgan quyidagi gazalini(garchand gazal 19 yoshida yozilgan bolsada) butun ijodining gultoji deb bilaman. Har qanday didi otkir kitobxon bunday nazmni tinglab rohatlanib oylaydi, o'ylab rohatlanadi, koz oldida shunchalar gozal mashuqa tasviri jonlanadiki, taxayyul bunday kamolotni hali tushiga kirgizmagan boladi:

Sen siyoh soch sunbuli sarvi sumandek soyabon,
So'zlabon solding sevinch sehru siru san'atsimin.
Sog'inib so'ngsiz sog'inch sohilida seni suluv,
Soldamen suzguncha sindim, sezginey sabrim somon.
Surmani surdung suzuk sodingga solsin-chun suyuk,
Sen sababdin sarbasar so'zlar sozimdek sar(i)son.
Suv sizar sohir sahar tsingan sofolda soqiyo,
Sarxushu sarmastmen savdoyilarg'a sar(i)bon.
Sodiq sanab sevgi sehri sudrasa sahro sari,
Sen siyoh soch sunbuli sarvi sumandek soyabon.

Gazalda tashbehlar goyatda gozal topilgani, gazalning radd ul-matla sanatiga asoslangani sozlarning faqat bir tovushda qollanib, kitobot, tashxis, tashbeh, istiora , tavze' san'atining yuksak na'munasi hosil bolganini hisobga olsak, shoirning yoshlik she'ri yoshiga nisbatan ancha yukli chiqqan. Aruz vazniga solishda bir necha orinda (m: maqtaning sadr rukni) qilingan xatolarga koz yumishga majbur bolamiz, hatto ozimiz xohlab qolamiz shuni. Shoir ijodidagi vazn bilan bogliq muammolar hozirda uchramaydi. Ijodkor koplab buyuk shoirlarimiz: Bobur, Fuzuliy, Navoiy , Lutfiy, Atoyi , Munis kabilarning gazallariga muxammaslar bitgan. Shu bilan bir qatorda Toshpolat Abbosning sher janridagi lirikasiga ham muxtasar toxtalib otishni xohladim. Shoir hayotdagi oddiy voqea-hodisani dalillash san'ati orqali she'rga singdirib yuboradi. E'tibor berganmisiz, shoirlarning kopchiligi kozoynak taqadi. Nima uchun? Bunga javobni ijodkor ahlining ozidan olamiz. Ma'shuqa shoirga quyidagi savolni beradi:

–Shoir, kozingizda nechun kozoynak,

Tun- kun o'qiysizmi kitoblar tinmay..?

She'rning asosiy qismini keltirib, shoirning qisqagina javobini eshitsak:

– Siz otashnigohlar nigohingizdan,

Ojiz ko'zlarimni asrayman endi.

Ana javooob!

Toshpolat Abbosning “Yomgir gazali jonlantirish badiiy tasvir vositasi ustiga qurilgan, dildorini yomgirdanda rashk qilguvchi oshiq arzi dodidir. Gazalga Fuzuliyning “ kozi yoshlularing holing na bilsun mardumi g'ofil,

Kavokib sayrini shab to sahar bedor olandan sor” misralari epigraf qilib keltirilgan va “haqiqiy ishqni ma'shuqasini hatto yomgirdan ham rashk qilmaydiganlar qaerdan bilsin?” demoqchiday boladi. Bu gazalning ham eng gozal misralarini keltirib o'tamiz:

Sahar qirmiz yanog'ing titratib tomsa dilim vayron,
Axir kordi yuzingni zor kozimdin ham avval yomg'ir.
Yuzing har joyidan bir-bir o'pib holim xarob etdi,
Vale oyning nuri bir-la seni qildi gozal yomgir.
Qaro soching korib tokdi necha ko'zlar necha yoshin,
Nafis zulfing orab qoygin, ki tommasin dagal yomg'ir.

Mashuqaning yanogiga yomgir tomchilarining tushushidan, nafis zulfiga tomsa, dagal yomgir yorning ham zulfini dagal korsatmasun uchun “zulfing orab qo'ygin” deya berilgan maslahat ishqning naqadar alangali ekanligidan dalolat beradi.

Yana xuddi shu yomgir to tongacha gazalga aylanganiga maqtada ishora qiladi. Bu bedorlikni shoir epigraf orqali ham bergan edi:

Netay, dildor, seni korgach, sozim mujmal bo'lardi, lek

Kutib tongga qadar biyron yogib boldi gazal yomgir.

“chinordek boylarim eggan, nihol on toqqizing qotil”, “Toshpolatdek olga lol majnunmisoling qaydadur” kabi misralar uchun otash bolib turgan har yurak oshiqni ovutmoq uchun nisor bolib ketadi.

Zamon poeziyasida ayol ijodkorlarimizning( Gulhayo Anorova, Mehrinoz Abbosova, Madina Norchaeva, Nozima Habibullaeva…) ham katta yurak bilan chiqishi nozik hayoning, istehzoli imoning, uygoq iymonning haroratini yanada oshiradi. Toshqin shoiralarimizdan biri Umidabonu Hasanxojaevaning botiniy his-tuygularni zohiriy misollar orqali berish mahorati kamdan kam shuaroda uchraydigan mahoratdir. Uning «Mumkinmi?» she'riga (yondosh matn sifatida «M.ga» bagishlanganligi keltirib otilgan) nazr tashlasak, misralardagi taxayulning otashidan kitobxon erib oqadi.

«Siz» degan taxayyul tarxidan,
Bir ko'shkdir yaratiq…
O, jimsiz?!!
Ravoqi bir o'zim,
Peshtoqi o'zim…
Siz esa…
Ettita tuynugi ichmagan,
Naylarga sig'inmas kuyimsiz!
Mashshoqi bir o'zim,
Mushtoqi o'zim…

Lirik qahramon – ayol kishi. U tuygularini shunday noziklik bilan beradiki, uni ishqda hayosizlikda ayblolmaysiz. Yorni oylab taxayyul yaratgan koshkning ravoqi ham peshtoqi ham mashuqaning ozi. U ishqidan shunday kuy yaratadiki, mashshoq ozi bolib turib soginguvchi ham ozi. Nay mumtoz adabiyotda kongil ramzidir. Undan taralayotgan ishqning sadolari nayning –kongilning ozigada sig'maydi.

Yonsam…
Yonaversam,
Ishqingiz tutsaydi
Sharora ..
Kuyga aylansaydim tobora,
Baridan qochib,
Sochingizga qo'nsam…

Yuqoridagi tasvirda yor ishqining haroratidan yonayotgan mashuqa songda kulga aylansa va yorning sochlarini manzil etsa.. . Olovdan kotarilgan mayda qurumlarning havoda uchib yurganini tasavvur qilyapsizmi? Asira ana shu kul zarrasiga aylanib bolsada yorning huzuriga etsa bolgani. Bunday gozal tasvirni shoira kitobxonga rassomdanda go'zalroq qilib chizib bergan.

Shoira ishq xotiralarini qadrlovchi lirik qahramon obrazini ham “sendan nima qoldi esda qolarli” deb boshlanuvchi she'rida tashbehlarga burkangan holda yaratadi. U yorni unutgan yoki yorning xotiridan kotarilgan «es»ni “yogoch darvoza” deydi. Bu darvozadan chiqquncha olimni afazal koradi. “sanalmagan qovurgalarming esga qafas bolishi” Umidabonudan boshqa kimning ham taxayyulida mavjlanardi deysiz! “Hayoliga , sochiga egiz bolgan romoliga sigingan” , “nigohbon oyga nur beruvchi quyoshday yuzli” , “oy jamoliga sigingan” qishloq qizlari obrazi iymangan haqiqat emasmikan aslida. Umidabonu ijodida yaratilgan tengi yoq ota obrazini oqishni esa o'zingizga qoldiraman, qadrli kitobxonim!

Adabiyot maydonida ot surib kelayotgan ilgor yosh ijodkorlardan biri qashqadaryolik Shahriyor Shavkat ajoyib shoir bolish bilan bir qatorda badiiy publitsistika, tarjimonlik faoliyati bilan ham shugullanib kelmoqda. Yaqinda Nodirabegim.uz saytida Robindranat Thakurning «Gitanjali» kitobidan olingan “quqrbonlik qoshiqlari” ruknining asl ingliz tilidan ozbek tiliga tarjimasini e'lon qildi. “Insonning Ollohga munojotlari va borliqqa faylasufona nazar tashlashga undovchi kechinmalarni ozida jo etgan, nazmiy misralarga hamohang yozilgan nasriy asarni manzuma shaklida havola etishga urindim”, deydi tarjimaga yozilgan “Avvalo qisqacha…” nomli muqaddimada. Tarjima ijodkor ijodida ham oz ta'sirini korsatadi. Shahriyorning tarjima davomida yozgan «Taqvodor» she'rida Ollohga ibodat uchun tabiatdagi har bir jonzod, har bir zarraning jonlanishi tasvir etiladi. Quyoshning tong paytida chiqishini Ollohu akbar, deb goyo bomdod namozini ado etish uchun, kun davomida ham choshgoh namozi, botishida esa shom namozini oqib kunni yakunlab ufqqa bosh qoyishini sajda qilishga oxshatadi. Togning choqqisida qorning oqarib turishini “ boshida salla”, teraklarning osmonga boy chozib osishini “dastlarin chozib duo o'qish” , baliqlarning doimo suvda yashashini “muqim tahorat ushlash”( bahorgi bomdoddan to qishgi xufton,

Baliqlar ushlaydi muqim tahorat.) husni ta'lillari bilan go'zal ifodalarni yaratadi:

Er shari qo'ymagay raqsi samoni,
Oqsoqol cho'qqining boshida salla.
Dastlarin falakka cho'zib, duoni,
Pichirlar teraklar : “Ashhadu alla…”

Aslida bu baytlarni kitobxonga talqin qilishning keragi yoq, lekin a'lo darajada yozilgan narsani qancha takrorlasa ham yangi magzi ochilsa ochiladiki, odamni zeriktirmaydi. She'rning echimida yana bir muammoni o'rtaga tashlaydi shoir:

Taassufki, barkamol ibodat uchun

Hech biri jannatni etmaydi talab. Bu muammo manfaatni ustun qoyuvchilarning barcha narsadan tama kutmogi shoir dardini qozgab yuborganligi aniq. Shoir sheriyatida tugun qism yoki ekspozitsiya kopincha oxirga qoldiriladi. Xullas ozbek adabiyotida yangi davrning boshlanishida Shahriyor Shavkat sarlochinlardan biri bolib yol boshlaydigan istedod sohibidir.

Keskir so'zli ijodkor ustoz Rauf Parfining:

“Kimni shoir deya tan olar jahon,
Biz kimni shoir deb ataymiz bugun?…”

savoliga aynan sanab otgan ijodkor yoshlarimiz oz poeziyalari bilan javob bera oladilar. She'riyat bostoni gullar bilan tola bolsada, bu gullar ishqidan har bulbul ham mast bolavermaydi. Bu bog'da kimga gul kimgadir tikan nasib etadi.

Ruxsora Nur

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube