O’zbekiston Xalq Harakati

ISTE'DODLI O'ZBEK ShOIRI BAXROM G'OYIB ShE'RIYaTIDAN

ISTE'DODLI O'ZBEK ShOIRI BAXROM G'OYIB ShE'RIYaTIDAN
04 Temmuz 2020 - 15:55 'da yuklandi va 462 marta o'qildi.

YO'LGA ChIQDIM…

Man to'lib ketayapman!
Tinglag'il, hey olomon!
Bu kun Haqqa etayapman,
Yo'li to'g'on — Xalq tomon!!!
TURKISTON, deb yo'lga chiqdim,
TURKISTON, deb yonaman!
Hey, yurakni buncha siqding,
Haq yo'lda to'lg'onaman!!!

Toshkent
2020 yil

TUR O'RNINGDAN, TURKISTON!!!

Man yonib yozayapman,
Man qonib yozayapman!
Oltmishimda g'aflatdan,
Uyg'onib yozayapman!

Uyg'otlik dunyo, degan,
Ustozning ohi nolon.
U kimning g'amin egan?
Uyg'ondim nahot, hayron!

Uyg'otishim kerak man,
Uxlab yotar Turkiston.
Uyqusini ocholmay,
Uhlab yotar Turkiston.

Tur o'rningdan, Turkiston!
Olamga bo'y ko'rsatgin.
Turkiston tamom, degan,
Odamga bo'y ko'rsatgin.

Tarixda qoldi nahot,
Barcha shavkat, barcha shon?!.
Kelajak kutar najot,
Tur o'rningdan, Turkiston!!!

Qani, turgil, Turkiston!
O'zim mador bo'laman.
Olg'a ot sur, Turkiston!
Jilovbardor bo'laman!!!

Toshkent.
26.06.2020-y.

QANI, KIM TENG BO'LADI?!.

Mard yigitlar odatda yuragi keng bo'ladi,
Birovi yoqa bo'lsa, birovi eng bo'ladi.
O'n yillab yotgan edim, ko'ksimni zaxga berib,
Bu kun qaddim tikdim man, qani, kim teng bo'ladi?!.

Toshkent
10.09.2016

NAFAS OLSAM MAYLIMI?

Tun bo'yi serial ko'rib,
Tongotar nido qilding:
— Men endi uxlayman-a,
Yo'talib xalal bermang…

  • Nafas olsam bo'larmi,
    Malikai Turondot?!
    Xotinmas, serialning,
    Dastidan dod uzra dod!

Man-ku tongda ishlayman,
Tunda biroz uxladim.
Internetda qishlayman,
Qo'lga qalam ushladim.

“Ortiqcha bo'lib qolar,
Bir xotin ham gohida!”
Tutun chiqar, o't yonar,
Bahrom G'oyib ohida!!!

Toshkent
19.06.2020

YIGITNING SO'ZI QASAM…

Qo'llasang, oqlolmasam,
Oldimda bir dor bo'lsin!
Dordan keyingi yo'lim,
Ul qora mozor bo'lsin!
Mani yo'qotsang, elim,
Dilingga ozor bo'lsin!
Yuragi keng yigitga,
Dunyo keng bozor bo'lsin!
O'zim o'tib ketsam-da,
Yozganim — mador bo'lsin!
Bekorga ot chopmadim,
Yutuqlar qator bo'lsin!
Mozorda yotib tanim,
Ko'nglim sanga zor bo'lsin!
Boshimga yoqqan balo,
Mayli, qaro qor bo'lsin!
Xalqim, toleying kulib,
Bor omading bor bo'lsin!
Manim so'nggi tilagim,
Tole sanga yor bo'lsin!!!

Toshkent.
25.06.2020-y.

GARD

Kimdir xalq baxtini madh etib chiqar,
Man uning dardini aytgan dardmanman!!!
Ular bulsa Xalqning boshida jig'a,
Men xalqning poyida zarraman, gardman!!!

Turkiston.
2019-yil. Yoz.

BEZIB KETDI…

Tilim achchiq, suhbatimdan,
Qancha do'st bezib ketdi.
Xafa ketdi dargohimdan,
Haqligimni sezib ketdi.
Bevafo yor, gulshanimda,
Biror muddat kezib ketdi.
Majnun ko'ngil gulxanimda,
Kim, nima ramz chizib ketdi.
Tilim olmay, farzandim ham,
Qovog'ini uyib ketdi.
Mani sevgan ul hurliqo–
Ishq o'tini tuyib ketdi.
Pilikning boshini kesib,
Sha'm so'xtasi kuyib ketdi.
G'oyib G'AYBdan ehson esib,
Haq dargohin suyib ketdi.

Toshkent.
26.06.2020-y.

ShOIRNING O'RNI

(Manga notanish shoir, O'tkirjon Xidirovga)
Tanimagan yosh shoir bilan,
Internetda tortishib qoldim.
O'rni yo'q, der she'r bilan roman.
Adabiyotning yonini oldim:
— Ijodkorning tuyg'ularini,
Tim tagidan arzon sotishdi.
Anglamayin qayg'ularini,
Yanib, chandib toshlar otishdi.
Mazlumlarning haqqin talashib,
Umrim o'tdi mung'ayib, mag'rur.
San bormiding, qiyo qarashib,
Tilim tegib ketsa, chetroq tur.
Uning she'rin o'qib bir qizcha,
Mashhuri olam, tanlovda g'olib.
Muallifin tanirmi, bizcha?!
Mukofotga moshina olib,
Kerilib yuribdi, tuxumdan chiqmay…
Omad tilar muallif unga,
Shuginaning ko'nglini siqmay.
Qolmadimi bir qora kunga?!
Otiniyam atalmas, shoir
Yarim tunda yozar yorug' she'r.
Bu o'rinlar ungamas doir,
Xalqim O'zi bilsa bo'ldi, der.
Uraverma uning boshig'a,
Davralardan chetlataverma.
Qoyil qolg'il, cho'ng bardoshig'a,
Bir bayt o'qi, chet ketaverma.
Saning darding kuylayapti u,
O'z dardini ko'mib jo'rttaga.
Keng olamni o'ylayapti u,
Tor yuragin qo'yib o'rtaga.
Vatan, deydi bevatan o'zi,
Ijarada o'tyapti umri.
Qora non eb o'sdi-ya qizi?
Tilla qasr quribdi — qumri!
Bulbul — gulshan bo'ldi izlari,
Mana, shoir o'rni qayoqda.
Goh Majnun u — sahro kezari,
Shoh Mashrabni aytar qo'noqqa.
Tanlovlarda qatnashmaydi U,
Uning she'rin tanlashar mudom.
Undan qarzga olib bir tuyg'u,
Xalq shoiri bo'ladi muqom.
Mana, ukam shoirning o'rni,
Xalq qalbidan joy olsa bo'ldi.
Yuragida o'chirma qo'rni,
Zo'r, deb qo'ysang ko'nguli to'ldi.
Yuraverar ERK orzusida,
Kurashadi: Birlash Turkiston!..
Rafiqasi non qayg'usida,
Shoiringni asra, TURKISTON!!!

Toshkent.
26.06.2020-y.

Haqiqiy “BIRLIK”chi, otashin shoir, beta'ma kurashchi, ustoz YoDGOR OBIDni safimizga chorlayman. Hadislarda kelganidek, qo'shni haqini talab qilishga jur'at etdim. Uzr, ustoz, bizni uzoqdan bo'lsa-da qo'llab tursangiz, hozir masofa muammo emas-ku.

QO'ShNI EDIK…
Ustoz Yodgor OBIDga ehtirom bilan.

Bobo, derdi qizlarim Sizni,
Qo'shni edik devor-darmiyon.
Suyardingiz ustozim bizni,
Aytardingiz dildan she'r, doston.

Endi qayda yuribsiz, Og'a?
Nemis yurtda sarson, sargardon.
Sizlarsiz biz g'arib, bechora,
Yuribmiz-da dardda andarmon.

Nevarangiz ermi, azamat?
Chirog'ingiz yoqibdi o'zi.
Diydor shirin, diydor g'animat,
To'g'ri bo'lsin Xudoyim ko'zi.

Qayda bo'lmang omonda yuring,
Shijoatlar so'nmasin hamon!
Safimizning oldida turing,
Dong'il yo'lga chiqdi TURKISTON!!!

Toshkent.
10.06.2020-y.

ISMAT XUShNI KUMIR TUTGAN “DUNYo O'ZBEKLARI”GA NOXUSh MASLAHAT!!!

Ismatdan ulgi olsang, odam bo'lmassan!
Shayton bo'larsan balki, hamdam bo'lmassan!
Ehson berib elga, ko'ksingni kerma,
O'zing to'ymay turib, Hotam bo'lmassan!!!

Toshkent.
15.06.2020-y.

ULFATU DO'ST…

“Saning boshing qarzdan chiqmas,
Manim boshim kulfatdan.”
Saning uchun bo'yin bukmas,
Saqlasin-ay ulfatdan.
Ulfat boshqa, do'st boshqa,
Ulfat oshingni eydi.
Do'sting-ki, dardi boshqa,
Oltin boshingni eydi.
Ikkovi ham er faqat,
Eb to'ymaydi hech qachon.
G'oyib, jon do'sting o'zim,
Deb qo'ymaydi hech qachon.
Joningga jabr — do'stdir,
Tiriksan, sabr — do'stdir.
Gar shoshilib o'tarsang,
Bitta tor qabr — do'stdir…

Toshkent.
28.06.2020-y.

DOLZARB MAVZU…

It tinar, qush tinar,
Shoir tinmaydi!
Sahnada haq sinar,
Haq So'z sinmaydi…
Haqgo'y hofiz sinar,
Haqiqat sinmas!
Bir muddat Haq tinar,
Haq shoir tinmas!!!

Toshkent.
03.07.2020-y.


P. S. Men ham piar qilmoqchiman… Soatga qarang, necha bo'ldi?! Agar uxlamagan bo'lsangiz…

Parfi aytgan: Uyg'otlik dunyo… Uyg'on bolam…
G'oyib aytar: Uyg'on bolam!
Yon bolam!
Har yoningda nohaqlik,
San ulardan ton bolam!
San axir, Vatan, bolam!

2020

OQ MERGANNING QORA O'QI…

Oqlig'inga gumonim bor,
To'qlig'ingga gumonim bor.
Bul ochunda sanam boru
Yo'qlig'ingga gumonim bor.
Bir-bir so'rab qo'ysam, zoting
Nuhlig'iga gumonim bor.
Yozganing ne, aytqoning ne,
Ruhlig'iga gumonim bor.
Saning qo'yningga suv purkab,
Turg'oniga gumonim bor.
Kim Kanada, kim panada so'z ovlab,
Yurg'oniga gumonim bor.
Boyqushmisan, ko'rshapalak?
Burgutingga gumonim bor.
Qaydan kelding, Arshi, Qarshi,
Urgutingga gumonim bor…
Yosh shoir bo'lsang kerak?!.
Bosh shoir bo'lsang kerak?!.
Buncha pishiq fakt yig'ib,
Bo'sh shoir bo'lsang kerak?!.
“ERK” yo'lini to'sma, tur,
Qo'sh shoir bo'lsang kerak?!.
Oq tongdagi qora nur,
Xo'sh, “shoir” bo'lsang kerak?!.
Solih Erkning timsoli,
Yurtdan badarg'a bo'lg'on.
Sen ovlag'on misoli,
Qacho-on nazarda bo'lg'on.
Suv balosidanu o't balosidan,
Tuhmat balodan saqla, Xudoyim.
Qo'lda qalam, tasanno,..
Haqni aytsang so'z bo'lg'ay.
Yana bir chiqib, xalqqa,
Tavba qilsang, soz bo'lg'ay.
Uzr so'rab, er o'pib, yalin,
Topshiriqlar boz bo'lg'ay.
HAQdan yo'rug' bo'lmayin,
Kundan yorug' etmagay.
Shul sababki, e G'oyib,
Qalbingdan g'am ketmagay…

2020

OZAR KELAYoTIR, KUTIB OL, O'ZBEK!!! B. G'OYIB.

OZAR TURKI AKIF BAG'IR BALOG'AT YoShIDA TOG'LI QORABOG'DAN KELIB, AZIM TOShKENTDA, O'ZBEKChA TA'LIM OLDI, ILMIY IShLAR QILDI. ILMDAN BO'Sh VAQTINI MUDOM O'ZBEK YoZARLARI DAVRASIDA O'TKAZDI.

U AYNIQSA, USTOZ RAUF PARFINING OTAShIN MUXLISI EDI.

O'ZINING HAM YoZARLIGINI, YoZGANDA HAM O'ZBEK TURKChASIDA GO'ZAL YoZIShINI, PARFI ShARAFIGA BAG'IShLANGAN, TURKIYLIK RUHI BARQ URIB TURGAN:

“ASSALOM ALAYKUM, DORNING OG'OChI” BITIGINI BIR DAVRADA, O'QIB BERGANIDA BILGANMIZ.

MANA ShU GO'ZAL BITIKNING BIR BO'LAGI:

… TUGIB SARBADORLIK IYMONIN DILGA,
TURON ELLARIDAN ChIQQANDIK YO'LGA.
AXIR, O'ZING SO'YLA BOShIMIZ TOJI,
BOSh O'ZI NE KERAK, ERKI YO'Q ELGA?!.
ASSALOM ALAYKUM, DORNING OG'OChI!!!

AKIF BAG'IR, ERKI QULLIKDA BO'LGAN ELDAN BOSh OLIB, O'Z OZAR YuRTIGA KETGANIGA HAM BIR MUDDAT BO'LDI. U HOZIR “AKIF AZALP” TAXALLUSI BILAN YoZAYoTGANIDAN, INTERNET ORQALI XABAR TOPDIK. QORABOG'DA TURIB, O'ZBEKNING NONINI OQLABDI. HALOLI BO'LSIN!

O'ZBEK KELAYoTIR…
(Tuhmat to'qigan murtadlarga.)

YaNA XAYoL UZRA TAQIB …..
BIR PAYG'OM VASLIGA TALPINAR DADIL.
ILHOM PARISINING XUSh XABARIDAN,
SARXUSh SANDUVOChDAY YaYRAMOQDA DIL —
O'ZBEK KELAYoTIR TARIX QA'RIDAN!

ASRAB NA'RASINING YaNGROQ SASINI,
QADIM XORAZMNING XAZINASINI.
IKKI YaRIM, UCh MING YILLAR NARIDAN,
OPIChLAB “AVESTO”NING DAFINASINI —
O'ZBEK KELAYoTIR TARIX QA'RIDAN!

BIR QANOT ALPOMISh, BIR QANOT ShIROQ,
BIR YoN ALBERTUMGA ENGILMAS TUPROQ.
O'T OLIB MANGULIK SAMANDARIDAN,
TO'MARISLAR QALBIN YoRITGAN ChIROQ —
O'ZBEK KELAYoTIR TARIX QA'RIDAN!

DA'VOSINING SONSIZ MEVASI BILAN,
SAMARQAND, BUXORO, XEVASI BILAN.
QANChA TOShBITIKNING O'YIQ BAG'RIDAN,
ShOShGA TENGDOSh BO'LGAN ShEVASI BILAN–
O'ZBEK KELAYoTIR TARIX QA'RIDAN!

AZALDAN ZAKOVAT NURIGA YoLChIB,
ZULMATLARGA IRFON YoG'DUSIN SOChIB.
TURIB TUNU KUNNING TUTASh ERIDAN,
NE-NE SAYYoRALAR, QIT'ALAR OShIB —
O'ZBEK KELAYoTIR TARIX QA'RIDAN!

ChIQARIB NURAFShON YO'LGA KARVONIN,
BOShIGA KO'TARIB ORZU, ARMONIN.
KUCh OLIB ISTIQLOL ZAFARLARIDAN,
YaNA YuLDUZLARGA TAQAB NARVONIN —
O'ZBEK KELAYoTIR TARIX QA'RIDAN!

YO'L BO'ShAT, DILLARDA MUZLAGAN ARMON!
YO'L BO'ShAT, MENSIMAY XOR QILGAN NODON!
YaNGI MING YILLIKNING TONGOTORIDAN,
YO'L BO'ShAT ZAMONA, YO'L BO'ShAT JAHON!–
O'ZBEK KELAYoTIR TARIX QA'RIDAN!!!
(Akif AZALP.17-yanvar')

P.S. Birinchi satrda nuqtalar o'rnini bo'sh qoldirdik, chunki biz ozar yozarining o'z bitigini, o'z og'zidan (internetda) eshitganimizda, bir so'zni anglayolmadik, noaniq talaffuz…

Yana bir joyda esa haddimiz sig'ib qalam urdik, zero asliyatda: “Boshiga ko'tarib tengsiz sorbonin”, edi, bizning tahlilda esa:”Boshiga ko'tarib orzu, armonin”, bo'ldi. Bir kattadan, bir kichikdan yoki bir Pirdan, bir muriddan degandek, shakkoklik qilgan bo'lsak, O'zi kechirar… Zero, u “sorbon” bizdan emas edi.

Yozarning istiholasi ma'lum, andishasi tayin, lekin qachongacha andisha qilamiz? O'zbekchilik ham evi bilan…

O'ylaymizki, Akif og'a mualliflik huquqini da'vo qilib, yoqamizdan olmaydi. Bizni tushunadi, avvallari ham yaxshi tushunardik, bir birimizni…

O'zbek kelayotgani xushxabarini, Ozar yozarining o'z og'zidan, lutfan eshitishni istovchi muxlislar bo'lsa, marhamat, shoirning diydorini “Bahrom G'OYIB” saytidan topasiz…

Bahrom G'oyib

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube