O’zbekiston Xalq Harakati

Korona virus yuqtirishdi!

Korona virus yuqtirishdi!
05 Temmuz 2020 - 10:42 'da yuklandi va 847 marta o'qildi.

“Ozodlik radiosi”ning xabar berishicha, O'zbekistonda “Haqiqat va taraqqiyot”sotsial-demokratik partiyasini tuzish tashabbuskorlardan biri, “Adabiyot” gazetasi bosh muharriri, 61 yoshli Baxtiyor Karimda koronavirus aniqlangan. 4 iyul' kuni Ozodlik bilan suhbatda jurnalist kasallikni majburiy karantin davrida yuqtirgan bo'lishini aytdi. Baxtiyor Karim bir hafta avval siyosiy maqsadlarda karantinda ushlab turilgani, karantin davomida kasallik yuqtirishidan xavotirda ekanini Ozodlikka aytgandi.

“Adabiyot” gazetasi bosh muharriri, 61 yoshli Baxtiyor Karim karantinga olinganidan bir oy o'tib, 3 iyul' kuni unda koronavirus aniqlangan.

Bu xabarni jurnalistning o'zi 4 iyul' kuni Ozodlikka tasdiqladi: Kecha aytishdi koronavirus aniqlandi deb. Bir kun avval analiz olib ketishgandi. Hozir meni karantin zonasidan ToshMIga o'tkazishdi. Ahvolim qoniqarli, nafas bo'g'ilishi yo'q, hozircha, – deydi Baxtiyor Karim.

6 iyun' kuni o'g'lining ishxonasidan koronavirus chiqqanidan so'ng Baxtiyor Karimni oilaviy ravishda Toshkent viloyati O'rtachirchiq tumanining O'rtasaroy qishlog'ida qurilgan karantin jamlog'iga olib ketishgandi.

Lagerga yotqizilganidan 11 kun o'tgach, 17 iyunda uni oilasidan ajratib, Toshkentning Nukus ko'chasidagi vaqtincha Covid-karantin lageriga aylantirilgan Teri, tanosil kasalliklari klinikasiga joylashtirishdi.

Baxtiyor Karim 26 iyun' kuni Ozodlik bilan suhbatda “siyosiy maqsadlarda” karantinda ushlab turilgani, karantin davomida kasallik yuqtirishidan xavotirda ekanini aytgandi.

– Xavotir bor edi va xavotirlarim to'g'ri chiqdi. Bu erda sog' odam kasal bo'lib chiqishi mumkin, degandim. Bir oylik karantin davrida besh marta analiz topshirdim. Hammasi manfiy chiqqan, ohirgisi musbat chiqdi. Demak, kasallikni karantin payti yuqtirganman, – deydi Baxtiyor Karim.

Baxtiyor Karim yangi tashkil qilinayotgan “Haqiqat va taraqqiyot” partiyasida koordinator ekani, tashkiliy masalalarda partiya bilan bog'liq aksar so'zlashmalarni o'zi olib borishini aytgan.

Yangi partiya tuzish tashabbuschilaridan yana biri, iqtisodchi olim Xidirnazar Allaqulov 26 iyun' kuni Ozodlik bilan suhbatda Baxtiyor Karimning karantinda muddatidan ortiq ushlab turilishi uning siyosiy faoliyati bilan bog'liq, degan fikrni bildirgandi.

“Albatta siyosiy sabab bor. Chunki biz shu kunda viloyatlarda, tumanlarda partiyaning tashkiliy guruhlarini shakllantirish ustida ish olib boryapmiz. Yangi partiyaning tashabbuschilar guruhi a'zosi Baxtiyor Karim bizning muvofiqlashtiruvchimiz, telefon markazimiz edi. Shunday deb e'lon qilganmiz va partiyaga qiziqqanlar hammasi bilan aloqani u qilishi kerak edi”.

Professor Xidirnazar Allaqulov may oyida O'zbekistonda yangi partiyaga zarurat borligi to'g'risida ijtimoiy tarmoqlarda qilgan chiqishlarida gapirgan va shundan so'ng Ozodlik uni suhbatga tortgan edi.

Hur fikr minbariga aylanishga ulgurgan “Adabiyot” va uning muharriri

Baxtiyor Karim muharrirlik qilayotgan “Adabiyot” gazetasi tashkil topganiga shu kunlarda uch yil to'ldi. Gazetxonlar fikricha, “Adabiyot” hur fikr minbariga aylanishga ulgurdi.

Masalan, Jamol Kamolning 2018 yilda chop etilgan “Fikrsizlik fojiasi” maqolasi “O'zbekiston 25 yil davomida bir odamning aqli bilangina yashadi, qolganlarga faqat qarsak chalish huquqi berildi xolos”, degan so'zlar bilan boshlangan edi.

Gazeta rasmiy matbuot hatto nomini tilga olishga qo'rqadigan mualliflardan buyurtma asosida tahliliy maqolalar qabul qilib chop eta boshladi. Shukrullo, Jamol Kamol, Gulchehra Nurullaeva, Temur Po'latov, Jahongir Muhammad maqolalari o'quvchilarda ayniqsa kuchli taassurot uyg'otdi.

“Albatta, bu yuqoriga yoqmasdi, ayniqsa Xayriddin Sulton janoblariga. Shuning uchun ular 2018 yili gazetaning bir sonini musodara qildilar. Toshkent bosmaxonalari shartnoma tuzmay qo'ygach, noiloj viloyatlarga borib gazetani chop etishga majbur bo'lyapman”, dedi Baxtiyor Karim Ozodlikka.

Baxtiyor Karim 1959 yili Marg'ilonda tug'ilgan. Milliy Universitet filologiya fakul'tetini 1982 yili tugatgan. “Fan va turmush”,” Yosh kuch”, “Sharq yulduzi” jurnallarida xizmat qilgan. Hozirda “Adabiyot” gazetasi bosh muharriri.

Manba: ozodlik.org

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube