O’zbekiston Xalq Harakati

Tarixiy voqealar va shaxslarga teskari ot qo'yish an'analari yohud biz g'oyaviy kurashlarda qanday g'olib bo'lamiz?

Tarixiy voqealar va shaxslarga teskari ot qo'yish an'analari yohud biz g'oyaviy kurashlarda qanday g'olib bo'lamiz?
05 Temmuz 2020 - 10:57 'da yuklandi va 727 marta o'qildi.

Keyingi paytda global tarmoqlarda O'zbekiston tarixini xolisona o'rganuvchilarga qarshi turli ayb qo'yish va tuhmatlar qilish avjiga chiqmoqda. O'zbekiston tarixi jonkuyalari “revizionistlar” kabi qo'rqinchli nomlar bilan atalmoqda. Ulug' vatan urushining nomi Ikkinchi jahon urushi deb atalsa ham e'tirozlar bildirilmoqda.

Aslida kim O'rta Osiyoga bostirib kelgan? Ularni biz “xaloskorlar” deb ataylikmi? Kim bosmachi-bosqinchi-yu, vatanini ozod qilishga bel bog'laganlarning nomi nima? Bosqinchini “xaloskor”, “ma'daniyat olib kelgan”, milliy ozodlik harakati namoyondalarini “bosmachi” deb atab- ularning nomini almashtirib qo'yib xalqni aldagan kimlar edi? Xorijdan moliyalashtirilib o'ta firibgarlik bilan ahloqsizlik, xudosizlikni targ'ib qilgan qaysi siyosiy tuzum edi? Bizni majruh qilmoqchi bo'lganlarning ro'yxatlari biz o'ylagandan ham ko'ra ko'proqdir. Yuz minglab odamlarni surgunga yuborganlarni, minglab ziyolilarimizni otib tashlaganlarni qaysi nom bilan ataylik? Kim siyosiy o'yinlar bilan xalqning tomiriga bolta urgan? O'zbek va boshqa xalqlarni yo'q qilib bitta sovet millati yaratmoqchi bo'lganlar kimlar? Ular bir hovuch bosqinchi-bosmachi, ahloqsiz, o'ta xavfli kimsalar edi. Sovet mafkurachilari o'zlarining yolg'on va utopik g'oyalari bilan ularning domiga tushgan biror millatni va xalqni ayadilarmi? Ularni deb qancha millatlar zig-zag shaklida bir erdan ikkinchi joyga ko'chirildi, deportatsiya va surgun qilindi? Ularning xavfi hamma millat va elatlarga birdek tegishli emasmidi? Biz ularning otini nima deb ataylik?

Ba'zi katta xo'jayin tanqidchi siyosiy tuzumlar o'zlari katta-katta ittifoqlarga birlashishdi, hatto pullarini ham bir xil qilishdi, pul imperiyasini dunyo uzra yoyishdi, qurol ishlab chiqib qonlar evaziga o'zlari boyib olib, demokratiya va soflikdan bong urishdi. Ularning ko'pi demokratiya bayrog'i ostida dunyo hokimligini istab qolmaganlarmi? Siyosiy o'yinlar, kim o'zar, o'zim bo'lsam degan Ego aslida butun er sharidagi xalqlarning aksariyatining sho'rini quritmadimi? O'sha dunyo xo'jayinlari hududlardagi qon-qarindosh xalqlarning birga qo'shilib ittifoq ahil yashashlarini dahshatli va zararli hodisa deb biladilar. O'zlari va mintaqa uchun birlashuvni xavf deb biladilar va voqealarga siyosiy tus berishga urinib “panturkist” deb tuhmat qiladilar. Chunki turkiy xalqlarning tarixdagi o'rnini, katta mintaqalarni ular boshqarganlarini bilib ogohlik sezgirlik bilan kuzatib turadilar. Bu erga biror pashsha uchib kirsa turli vizitlar, chiqishlar boshlanadi. O'zining asriy tomirlarini o'rganmoqchi bo'lgan va o'rganishni istaganlarni “panturkist” deb g'oyaviy oqimga chiqarib qo'yadilar. Bizda ham ataylab bo'lib tashlangan, azaldan qon-qarindoshligi bo'lgan turkiy davlatlarning konfederativ tashkilotlar tuzishining nimasi yomon? Buni boshqalar katta xavf deb biladilar va siyosiy o'yinlarini turli xil tuhmat atamalar bilan yashirishga urinadilar. Tarixchi sifatida ayta olamanki, dunyo tarixi siyosiy o'yinlar, kim o'zarlar, urushlar, g'oyaviy kurashlar tarixidir. Bu urushlarni tinchitishga ularning o'zi mone'lik qiladilar. Bunga sabab millionlab kishilari o'sha qurol zavodlarida ishlaydi, katta mablag'ni shu qora bozordan topadilar. Tashqari eshiklari naqadar ohangrabo bo'lishi barobarida ichkari eshiklari o'ta jirkanchli ko'rinishdadir. Alloh baribir ularni bir kun jazoga giriftor qilgusidir. Zero, buyuk podshoh, olamlar sultoni bo'lgan u ulug' Zot hammasini joyiga qo'yib ularni qahri bilan jazolaydi.

Aslida g'oyalar xavfi yadro xavfidan kuchli deb bejizga aytilmagan. SSSR ig'vo, fitna, tuhmat, ahloqsizlik, xoinlik, milliy zulm ustida bino bo'ldi. U minglab yillik an'analarni, ahloqiy va milliy qadriyatlarni erparchin qilishga urindi. “Oqqan daryo oqaveradi” deganlaridek, xalq yana o'z o'zaniga tushib bormoqda. Bu kabi g'oyalar jangi greklar, arablar, mo'g'ullar, Chor imperiyasi va sovet davrida amalga oshirildi. Bugun o'sha zararli harakatlarning ildizlari qaytadan harakatga kelmasidan ulardan xalos bo'lishimiz kerak. Zero, inson qalbi va ongiga qarshi kurash bugungi kunning eng birinchi galdagi vazifasidir.

Bu masalada birinchi galdagi vazifa tinmay o'qish, til o'rganish va dunyoda raqobatbardosh mutaxassis darajasiga erishish, avvalo ona vatan tarixini o'rganish va ularni har qanday sharoitlarda tanib olish, tanqidiy yondashuvni shakllantirishdan iboratdir.

Shohista O'ljaeva
Manba: facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube