O’zbekiston Xalq Harakati

Mustaqillikning fojiali yo'li (1992) (1-qism)

Mustaqillikning fojiali yo'li (1992) (1-qism)
05 Temmuz 2020 - 11:05 'da yuklandi va 807 marta o'qildi.

…1920 yilning bahoriga kelib, Buxoro amirligi chegarasida Sovet Rossiyasining bir necha ming kishilik armiyasi aeroplan, to'p va bombalarini shaylab, hujumga tayyor bo'lib turardi. Qo'llarida esa bir parcha: «Mustaqil demokratik davlat qurishimiz uchun yordam bering, mazmunidagi qog'oz va Moskvadan berilgan «Qanday qilib bulsa ham Buxoroni egallash, uni Rossiya manfaatiga moslash» haqidagi ko'rsatma mavjud edi.

O'ylab ko'ring: Boltiq dengizidan Tinch okeaniga qadar cho'zilgan Rossiya inqilob qilib, oqibatda rosa «inqillayotgan» edi. Shahar-qishloqlar vayron qilingan, sanoat va qishloq xo'jaligi ishdan chiqqan, och-yalang'och xalq izg'ib yurardi. Ichki va tashqi muxoliflar bilan qonli jang ketayotgan edi. Davlat «jilovini» boshqaradigan mexanizm ishga tushishi og'ir kechardi. Xullas, o'zlari tang ahvolda qolgan, yordamga muhtoj Rossiya birdaniga Buxoroga yordam ko'rsatish uchun «bor-budi»ni tashladi. Ularga buxoro xalqi ham, uning tashvishi ham kerak emas edi. O'z askarlarining jonini, qonini qurbon qilish uchun yo'naltirish lozim bo'lgan «front»lar o'zida etarli edi. Ular Buxoroning tillasi, kumushi, paxta, uzum, ipak, qorako'l teri, go'sht, meva-chevalariga tashna edilar. Shuning uchun och bo'riday «qo'y-qo'zi»larga tashlanishdi.

Amir Said Olimxon 1920 yil 1 sentyabr' kuni Buxoroni tashlab chiqib ketdi. Qirg'in va quvg'inlar, o'ldirish va talashlar borgan sayin kuchayardi. Buxoro qo'lga kiritildi. Endigi navbat — bu erlarni sovetlashtirish, aniqrog'i, ruslashtirishga keldi.

Bosqinchilar bo'ysunishni, qullik kishanini kiyishni xohlamaganlarni bosmachilar deb, mustaqillik va ozodlik yo'lida qilingan har qanday harakatni «aniq maqsadi va g'oyasi bo'lmagan to'dalarning qonxo'rlik harakati» deb atadilar.

Kurbaqani ham noxosdan bosib qo'ysang «va-aq» etadi deganlaridek, joylarda baholi qudrat qarshilik ko'rsatish janglari boshlandi. Bu kurash uzoq yillar bo'yi davom etdi. Hozir ham to'xtagan emas. Dastlabki kurashchilarning xorijga qochib ulgurganlari yangi tuzumni umr bo'yi yomonlab o'tdilar. Qolganlarini esa jismonan yo'q qilib tashladilar — issiq jonini oldilar, tilini, dinini, e'tiqodini tahqirladilar. Lekin ozodlik va mustaqillik hayqirig'i dildan-dilga, ruhdan-ruhga ko'chib, doim sado berib turaverdi.

Ana shu yo'ldagi kurashchan shaxslardan biri — Moskvaga, qizil inqilobga ishonib oyog'i toygan Fayzulla Xo'jaev bo'lib, u «inqilob» deb atalmish «bosib olish»ning dastlabki kunlaridanoq maydonga otilib chiqdi. «Milliy taraqqiy», «Sho'royi Islom», «Ittihod va taraqqiy» tashkilotlari tuzilib, faoliyat ko'rsata boshladi.

Bu tashkilotlarning a'zolari, faol kurashchilari, fidoyilarining nomlarini shu o'rinda sanab o'tish lozim deb o'ylayman. Ular millatning haqiqiy qahramonlari edilar. Har biri NKVD hujralarida azobga duchor bo'lishgan. Istibdod o'ti ularning hayotlarini xazon qildi.

Mana ulardan ayrimlarining nomlari:

Fayzulla Xo'jaev — O'zbekiston Xalq Nozirlari kengashining Raisi.
Ota Xo'jaev — Sharqiy Buxoro dehqon qo'mitasi raisi bo'lib ishlagan.
Muinjon Aminov — Buxoro Markaziy Ijroqo'mi raisi o'rinbosari.
Muxtor Saidjonov — Markaziy Ijroqo'm kotibi.
Musa Saidjonov — Oziq-ovqat xalq noziri.
Parda Xo'jaev — Davlat nazorati qo'mitasi boshlig'i.
Naim Yoqubov — Tashqi ishlar noziri o'rinbosari.
Rahmat Rafiqov — Davlat Nazorati raisi.
Hoshim Shayxiy — Tashqi ishlar noziri o'rinbosari.
Yo'ldosh Qori Po'latov — Maorif noziri o'rinbosari.
Abduqodir Muhiddinov — Markaziy Revkom raisi.
Abduvohid Burhonov — Tayyorlov boshqarmasi boshlig'i.
Ahmadjon Abdusaidov — Markaziy revkom raisi muovini, adliya noziri o'rinbosari.
Sattor Xo'jaev — Moliya noziri o'rinbosari.
Usmon Xo'jaev — Buxoro MIQ raisi.
Abdurauf Fitrat — Davlat nazorati raisi o'rinbosari, maorif noziri.
Obro'y Qulmuhamedov — Harbiy nozir o'rinbosari.
Rafat Muhiddin — Buxoro Favqulodda Komissiyasi raisi muovini.
Mukamil Burhonov — Buxoro adliya noziri.
Mirza Izzatulla — iqtisodiyot noziri o'rinbosari.
Sodiq Muhammadiev — Buxoro diktatorlik komissiyasi raisi muovini.
Qosim Qoriev — Buxoro shahar hokimi muovini.
Shavkat Sulaymonov — Buxoro Sharqiy okrug raisi.
Muhiddin Mahsum — Sharqiy Buxoro Favqulodda Komissiyasi raisi.
Abduhamid Oripov — Harbiy nozir.
Abdurashid Mukamilov — O'z VKP(b) MK kotibi.
I. Alimov — Buxoro adliya noziri.Yusufzoda — Buxoroning Kobuldagi va so'ng Moskvadagi muxtor vakili.
Rahmatulla Muzaffarov — Buxoro uezd ijroqo'mi raisi.
Abdurahim Sattorov — Buxoro savdo noziri.
Muqim Karimov — Favqulodda Komissiya raisi, Buxoro Kompartiyasi MK kotibi. Turkiston prokurori muovini.
Ravshanqul Boymurodov — Buxoro harbiy noziri.
Ostanaqul Ibodullaev — Sherobod ijroqo'mi raisi.
Saydulla Omonov — Samartsand ijroqo'mi raisi.
Egamberdi Mavlonberdiev — Buxoro kasaba uyushmasi raisi.
Nabiev — Buxoro viloyati kasaba uyushmasi raisi.
Po'lat Tursunov — Buxoro okrugi ijroqo'mi raisi.
Hojiboev — Toshkent oziq-ovqat savdosi xodimi.
Yo'ldoshboev — Buxoro komsomoli MQ kotibi.
Barotov — Buxoro er-suv bo'limi mudiri.
Xo'ja O'rol — «Paxtasoyuz» boshqaruvi raisi.
Bo'ri Xo'jaev — Buxoro davlat xazinachisi.
Vafo Cho'liboev — Ichki ishlar noziri muovini.
Baqojon Cho'liboev — Buxoro okrugi ijroqo'mi raisi.
Xo'ja Hamro — F. Xo'jaevning shaxsiy yordamchisi.
Vosit qori Muhammadiev — Maorif nozirligi xodnmi.
Haydar Hayotiy — F. Xo'jaevning shaxsiy kotibi.
Mukamil Abdurashitov — O'zbekiston go'sht-muzlatish korxonasi boshlig'i.

…Bu ro'yxatni davom ettiraverish mumkin. Bitta maqolada jami nomlarni sanab o'tish qiyin. Buning iloji ham yo'q. Har holda bu nomlarni tiklash, xotirlash, ular haqqiga duo qilish har bir qishloq, mahalla, shahar ahli uchun, bugun mustaqillikka erishgan O'zbekiston ahli uchun qarz ham farzdir. Ular nomlari abadiylashtirilmog'i, xatmi-Qur'on bag'ishlovlarida qo'shilib aytilmog'i kerak…

Fayzulla Qilichev
Manba: facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube