O’zbekiston Xalq Harakati

Dangasalik sindromi

Dangasalik sindromi
05 Temmuz 2020 - 12:20 'da yuklandi va 882 marta o'qildi.

ZULFIQOR

Dangasalik sindromi

So'zimni hazrat Alisher Navoiyni yod etishdan boshlasam. Ulug' shoir “Muhokamat ul-lug'atayn” asarida 18-20 yoshlik chog'larida turkiy va forsiy shoirlar nazmidan 50 ming bayt she'rni yod olganini aytadi. Bu bejiz emasdi. Chunki hazrat Navoiy davrida o'zini adabiyotga daxldor deb bilgan kishi avval bir necha talablarga javob berishi shart bo'lgan. Ya'ni, o'zidan oldin yashab o'tgan shoirlarning she'ridan 30 ming misra, o'zi bilan zamondosh ijodkorlardan esa yuz ming misra she'r yod bilishi kerak edi. Demak, shoirlikka da'vogar shaxs jami 130 ming misra — 65 ming baytni xotirada saqlashi talab etilgan.

Navoiy davrida maktab va madrasalarda Qur'on suralari yodlatilar, qiroat usullari o'rgatilar edi. Ko'rinadiki, hazrat bolaligidanoq Qur'oni karimni yod bilgan. Qolaversa, Fariduddin Attorning “Mantiqut tayr” dostonini ham yod olgani haqida ma'lumotlar keltirilgan. Natijada Alisher Navoiy 15 yoshidanoq mamlakatda shoir sifatida keng tanilgan. Uning quvvai hofizasi nihoyatda o'tkir edi…

Qalam ahli uchun eng muhim xususiyatlardan biri so'zni tushunish, uni vujudi bilan his qila olishdir. Xo'sh, bugungi “havaskor” qalamkashlar, adabiyotga endi kirib kelayotgan shoir-yozuvchilar, tengdoshlarim buni qanchalik his qilishyapti? Adabiyotning oltin qoidalarini, ijodning odob me'yorlarini ular qay darajada anglab etyapti? Bugun adabiyotni havas maydoniga aylantirganlar ko'pchilikni tashkil qiladi. Oddiygina misol, o'quvchi yoki talaba, umuman kim bo'lishidan qat'iy nazar, nimadir qoralab, o'zini shoir, ijodkor deya tanishtirayotgan, baholayotganlar ko'p oramizda.
Bundan yoshlarimiz adabiyotni sevadi-da, deb do'ppingizni osmonga otishga shoshilmang. Afsuski, ularning ko'pchiligi oxirgi o'qigan kitobini ham eslay olmaydi. Qofiyali so'zlarni yig'ib, terib, so'z o'yinidan “Rebus” yoki “krossvord” yasab, ijtimoiy tarmoqlarda olqishu qarsaklar bilan “taqdirlanib”, o'ziga o'zi mahliyo bo'lib kam deysizmi? Ular adabiyotni sevganidan emas, Feysbuk yoki telegramm kabi ijtimoiy tarmoqlarda “Layk” yig'ish uchun qog'oz qoralashyapti. Adabiyotni, she'riyatni oppa-oson “matematika” deb o'ylashyapti, menimcha. Bir amallab “She'r”lari sonini yuztadan oshirsa-da, otasi bergan pul hisobiga kitobini chiqartirsa bo'lgani. Tan oling, 20 yoshga to'lmasdan, 20 ta kitobi nashrdan chiqqanlar qancha oramizda!
Atrofimda ijodkor tanishlarim ozmi-ko'pmi, ishqilib ko'pchilikni tashkil etadi. Ishonib ayta olamanki, ular orasida qachonlardir o'qigan Abdulla Oripov, Erkin Vohidov(ja-a-a insofliroq bo'lsa, Rauf Parfi va Shavkat Rahmonni o'qigani bordir)larning bir-ikkita asarini o'qib qo'yib, “Qoyillatib qo'ydim”, deya ShE'R yozib yurganlar bisyor. To'g'risi, dangasalashib ketdik! Feysbukda e'lon qilingan yoxud telegramm kanallarida chiqqan 3-4 she'riga zerikkan paytda ko'z tashlab qo'yib, “men falonchini o'qiganman”, “men pistonchining ijodi bilan tanishman”… deyishga umuman haqqimiz yo'q, deb o'ylayman.

Men ham o'z darajamni juda yaxshi bilaman, shuning uchun hadeb yozavergandan ko'ra, mutolaani afzal ko'raman. Hali o'qiydigan narsam, rejamdagi kitoblar aaanchagina. Onda-sonda qoralagan nimarsalarimni ijtimoiy tarmoqlarda ba'zida e'lon qilib, 3-4 nafar ijodkor do'stlarimga ko'rsatib, fikrini eshitaman.

Ijtimoiy tarmoqlardagi munosabatga e'tiborliman. Meni olqishu maqtovlardan ko'ra tanqid ko'proq qiziqtiradi(albatta o'rinli bo'lsa). Chunki unda ijodingiz tahlil qilinadi, kamchiliklaringizni ko'rasiz va bo'shliqlarni to'ldirish uchun yanada ko'proq o'qiysiz, harakat qilasiz.

Ayni damda ozarbayjonlik yosh ijodkorning “Qorong'ining yorug'lik ismi” kitobini o'qib o'tiribman. Uning “Go'daklarning chakkasidan o'pib jonini olar ming o'qlar”, “O'tda yonmoq iymondan, deb yonar edik bu kecha” kabi misralari xayolimni biiir erlarga etaklab ketadi. Bizda Shahriyor Shavkat, Suhrob Ziyo, Humoyun Quvondiqov, Feruz Ne'matullaev va boshqa yosh ijodkorlarning she'rlarini o'qib, to'g'risi maza qilaman. Lekin qardosh millat vakillarining yuqoridagi misralarini o'qigandagi kabi o'rnimdan bir qalqib tushmayman.

Katta avlod vakillarini o'qishniku, qoyillatayotganimiz yo'q. Achinarlisi, yonimizdagi do'stimizning ijodiga ham tosh bosadigan fikr ayta olmaymiz: o'qimaganmiz-da! Hajmi qalin kitobni ko'rsa, yuragi orqaga tortib, nafasi qisib, havo etishmay qoladiganlardan ijodkor chiqmaydi. O'zini behuda urintirmasdan, boshqa ish bilan shug'ullangani yaxshi, nazarimda. Har kun yangi nimarsa e'lon qiladigan emas, yozmaslikni biladiganlargina haqiqiy ijodkordir, degan edi ustoz Uzoq Jo'raqulov ma'ruzalarining birida. Eng to'g'ri yo'l ham shu, aslida.

Yozuvchi 30 yoshgacha shakllanadi, toblanadi, o'z yo'lini axtaradi. 30 yoshda ham qalami zalvarliroq fikr yoza olmasdan, “otdan qolma eshagim”, deya behudaga halloslayaptimi, u dehqonchasiga aytganda “odam bo'lmaydi”. Tinchgina “e'jod”ni yig'ishtirib, “shig'irbozlik”ni bas qilib, boshqa ishning boshidan tutgani yaxshi!
Xalqimizda jin urganni davolasa bo'ladi, so'z urgan esa sog'aymaydi, degan gap bor. Qofiyani terib, o'zidan shoir yasab olgan so'zfurushlarni bir kun kelib so'z urishi aniq. Lekin unda kech bo'ladi.

Abdulaziz AHMEDOV

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube