O’zbekiston Xalq Harakati

Chorak asr qiynab kelgan o'ylarim…

Chorak asr qiynab kelgan o'ylarim…
06 Temmuz 2020 - 17:14 'da yuklandi va 679 marta o'qildi.

Yangi O'zbekistonda, eski tutumlardan(IAK davri) zada bo'lganimda, eski tuzumning manfur zug'umlari yodimga tushdi…

BURGUTNING VATANI OSMONDIR!!!

Yoki chorak asr qiynablar kelgan o'ylarim…

Chorak asr mobaynida ta'qiblar, tazyiqlar, tahdidlar yog'ini ostida yupun usti boshim rosa ividi…

Yangi O'zbekistonda, So'z erkinligi davrida, Xayrli islohotlar zamonida, Hanuz eski-yangi tajovuzlardan g'arib boshimni qay toshga urishni bilmayman. O'zimga sig'may boryapman! Qonim qaynab ketyapti!

Maning balolarga duchor bo'lishimning yagona, asosiy sababi O'zbekistonni Vatan tutib, Mustaqillik jarchisi bo'lib, Mustaqillikni asrab-avaylash uchun o'zbek tili qayrog'iga qalamimni qayrab, o'z dardimni, xalqim dardini ochiq yozganim, qanoti qayrilgan Burgutligim (katta bobolarimdan birining oti Burgut)dir…

Man bundan or qilmayman, aksincha faxrlanaman, faqat tashimda kulib yursam-da, ich-ichimdan xo'rlanaman…

Burgut edim qanotimni qayirdilar,
Bubul edim, gul bog'imdan ayirdilar…
Qanotimning birini sindirdilar,
Oqibat suvsiz irmoqday tindirdilar…
Lekin, qanot juft bo'ladi, man esa bir qanot bilan bo'lsa-da uchishga shaylangan Burgutga mengzayman. Kimlardir oyoq ostiga olib, toptamoqchi bo'lganlari sari, qadrimni baland tutaman.

To'qson ikkimi, to'qson olti turk urug'idan, mulki Turkistondan, bepoyon Turonzamindanman! Ildizim suvga etgan, shuning uchun ham qurib qolmagan qarag'ayman man!

O'zidan keldik, O'ziga qayturmiz! Omonlik bo'lib tursa, O'z So'zimizni, Haq so'zimizni, yana ayturmiz! Bu bizning qismatimiz!
Faqat, yorug' yuz bilan qayta olurmizmi?!

Qo'limiz kalta bo'lsa-da, tilimiz uzun. Tilimizni tiymaganimiz, tiyolmaganimiz uchun ham shu balolarga duchor bo'lganmiz…

Bir tasalli bor: Bosh kessalar-da, tilni kesmaslar! Aytsam o'ldirarlar, aytmasam o'lam…

Man bosh olib qaylarga ketay?! Qayoqqayam ketardim?!
…Ayro tushsam yurtimdan agar,
Hech kim bilmas, do'stlar bexabar,
G'am-alamda o'lib ketaman…

Ketsam, 1991-yili boshimga bu balolar tusha boshlagan ilk kunlardayoq, Turkiyadan g'oyibona, do'stona taklif bo'lganida ketardim.Turkiyada ham nonimni halollab er edim, bir kunimni ko'rardim.

Man ketmadim, ketolmadim! Vatan tuprog'ini ko'zim qiymadi. Shueur, tuproqdan tashqaridaman, degan tasalli bilan vatanda qoldim. Vatanda esa ko'z ochirishmadi…

Bir yarim yil davomida, urib boshimni yorishgan, ayovsiz kaltaklashgan mirshablar da'vosi bilan mahkamama mahkama, sudma-sud sarson bo'ldim.

U paytlar ota-onam omon edilar. Hali dorilbaqoga rixlat qilishmagan edilar. Chorlashdi, bag'irlarini ochib, ko'zlari to'rt bo'lib kutishdi. Jigarporalarini “do'zax”ga qiymay, mandan
badtar kuyishdi.

Loaqal, qo'shni Qozog'istonga, kindik qonim tomgan Qarnog'imga ham qochib eetmadim. Qochib ketolmasdim, qochish nomardlik bo'lardi…
Boz ustiga, men qochib ketsam, raqiblarimning kuni tug'ardi. Ularga Xudo berib, maning boshimga yana ming bir tuhmat mag'zavalarini to'kishardi. Sho'rimga sho'rva to'kilardi. Man baholi qudrat kurashib, durang natijaga erishdim. To'rt marta, avval Chilonzor, keyin Akmal Ikromov tuman sudlari, badaz Toshkent shahar sudida ayblashib, jarimaga tortishdi. Har safar jarimalarni naqd to'ladim. Har joyda bir xayrixoh, do'stlarning ko'magi bilan to'landi jarimalar. Baribir har safar qoralovchi, prokuratura vakili, jazo engil belgilandi, deb norozilik bildirdi, “protest” bildirdi. Har safar bir saqichni qayta-qayta chaynashib, sudlar yangilanaverdi. Man jismonan engilmaganim bilan, ma'nan, ruhan kuchlarim sob bo'lib borardi. Yozuvchilar Uyushmasi qoshidagi Adabiyot targ'ibot markazidagi ishim ham sabil qoldi. “Turkiston” Xalq Harakatida harakatim ham susaydi…

Oilada yuzi qora bo'lib, xotinning oldida tili qisiq, qizlarim oldida yuzim shuvut, oilamning moddiy ta'minotini ham eplayolmay, xotinninn qo'liga qaram bo'lib, tushkunlikda g'arib kunlarim o'tib yotdi. Hech joyda ishga olishmadi, matbuotga uzoqdanam yaqinlayolmay qoldim. Moddiy etishmovchilik, ma'naviy inqiroz, ruhiy tushkunlik iskanjasida ko'ksimni zaxga berib yotib oldim…

Uzoq yotdim, o'n yillar. Kuyunchak xotin, mehribon aka-ukalar sa'y harakati bilan, shifo tilab bormagan tabib, yotmagan shifoxona, o'qitmagan mulla qolmadi. Tuzalmadim. Bunday kunni dushmaningning ham boshiga solmasin! Devonai Mashrab yodimga tushadi, “Bu Mashrab boshiga, Yorab… “, deb uzoq unsiz yotdim. Bir satr yozmadim, bir varaq o'qimadim, hatto bir og'iz g'iybat ham to'qimadim…

Birovning qayg'usidan xafa bo'lmadim, quvonchiga sherik bo'lolmadim. Tasavvur qiling, zavqli, shavqli, hayotsevgich bechora, odamoxun, xonanishin, tarki dunyo qilib, o'n yillab yashashini, agar shuni yashash, deb bo'lsa…

Mashrab xitob qilganiday, ” Dilda darding bo'lmasa,
Sardaftarimni kovlama!!!

Davomi bor…

Bahrom G'oyib

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube