O’zbekiston Xalq Harakati

O'KINCh VA ӮTINCh

O'KINCh VA ӮTINCh
07 Temmuz 2020 - 18:14 'da yuklandi va 808 marta o'qildi.

(Otamakon bilan suhbat)

Qachonlardir Islom dini tayanchi, ulug' sarkardalar, adolatli hukmdorlar, ilmu irfonda betakror asarlar bitib dovrug'i etti iqlimga ketgan olimu fuzalolar yurti bo'lmish, tuprog'i jasur va mard bolalari qoniga belangan muqaddas makon, qadim va shonli Turkistonning qoq markazi bӯlmish Otamakonim!

Men sen bilan suhbatlashmoqchiman!

Chunki sen bilan suhbatlashish men uchun maroqli. Sening bag'ringda mening etti ajdodim – bobolarim va momolarim mangu makon topishgan. Ular Jazo kunida sening tuprog'ingdan bosh kӯtaradilar. Sening bag'ringda turib Yaratganga hisob berajaklar. Shuning uchun sen men uchun qadrlisan. Ey mening jafokash ota yurtim!

Sӯyla menga, bugun seni kimlar boshqaryapti?

Sӯylagin, sen xalqning ishonchi so'nib, umidi puchga chiqib, muhabbati qahrga, duosi qarg'ishga aylanishini istayapsanmi?
Sening bag'ringni makon tutgan mard va tanti, shu bilan birga dono xalqimizning “Ko'r hassasini bir marta yo'qotadi” degan maqoli bor.
Sӯyla, bugun seni boshqarayotganlar ӯtmishdan saboq olishmaydimi?
Ularda ulug' ajdodlarimizga xos bo'lgan Ollohga ishonch, imonu insof, omonatdorlik, xalq uchun javobgarlik, kelajak uchun mas'uliyat hissi bormi?

Ularda “Bir boshga bir o'lim” deb elimizning azaliy ezgu maqsadi – ozod va obod makon qurish uchun jasorat va shijoat etarlimi?

Ular dunyoda eng mehnatsevar, bag'rikeng va kechirimli xalqimizning ishonchini oqlaydilarmi?

Ular ӯzlarini musulmon va e'tiqodli bo'lgan, ona tili o'zbek TILI bo'lmish shu millatning farzandiman deb hisoblashadimi?

Unda nega bu xalqni bunchalar xorlashmoqda?

Nega yolg'on va'dalar berib chalg'itishmoqda?

Nega ularning sӯziga ishonib, to'g'ri so'zni gapirgan va adolatni talab qilgan yosh o'g'lonlarimizni va jasur qizlarimizni ruhini sindirishmoqda?

Nega?

Ey, mening muqaddas ota tuprog'im, mana bu she'r 2010 yilda yozgan edim.

Afsuski, bugun ham yozmoqchi bӯlsam faqat shunday yozgan bo'lar edim.

Zafarga erishdi yana bir karra,
“Nahsdan bino bo'lgan shaytanat ahli”.
Xalqchi qolaverdi o'z fikri bilan
Tilida zahriyu dilida qahri.
Qay bir gunoh uchun kafforatdir bu
Adolat nasimi esmasmu endi?
Qanaqa erkinlik, kafolatdir bu,
Hoqonlar buzg'unchi, el-ulus bandi.
Tokay pand egaydir imonin sotmay,.
Elim deb yashagan daryodil mardlar.
Qoldimi bu yurtda safsata sotmay
Tili va dili bir bo'lgan jo'mardlar?
Bo'htonu ig'vodan qilmasdan hazar,
Fitnalar to'qilur, hukm o'qilur.
Alhazar, alhazar, ming bor alhazar,
Nomardlar ustunu mardlar yiqilur.
Ey Xudo men ojiz bandangni afv et,
Senga bo'lsin barcha hamdu sanolar.
Adolat nasimin bizga nasib et,
Vatanda yangrasin shodon navolar!

29.05.2020

Hasanboy G'oyib (Hasan Goyib)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube