O’zbekiston Xalq Harakati

Ijodga qaytish yoxud she'ru shoirlik xususida

Ijodga qaytish yoxud she'ru shoirlik xususida
07 Temmuz 2020 - 18:18 'da yuklandi va 772 marta o'qildi.

Agar mendan «She'riyat hayotingda qanday ӯrin tutadi»?» deb sӯrasalar, shunday javob bergan bӯlardim: She'riyat bilan, adabiyot bilan oshnolik mening uchun Haq va hayot haqiqatini tushunishimda, o'zligimni anglash yӯlida tarbiya vositasi bӯlib xizmat qilmoqda. Millatparvar shoir Muhammad Solihning ushbu fikrlari mening shiorimga aylanib qolgan: «Haq gap aytdim deb hech kim maqtanolmaydi. Lekin samimiyat xususida shoir intiladigan bir ideal bor va uni shunday sharhlash mumkin: shoirning hayotligida aytgan to'g'ri gapi boshqalarning o'limi oldida aytgan haqiqati qadar bo'lmasa, she'riyat o'z burchini to'la ado etolmaydi».

Kimdir menga shoir deb murojaat qilsa ӯzimni noqulay his qilaman. Chunki xalq orasida tam'agirlik qiluvchi «shoir»lar shuncha kӯpaydiki, bugun bu sӯz iftixordan kӯra haqoratga aylandi. Shoirlikni maddohlik deb biluvchi «bulhavas»larning, undan ham yomoni uni o'zining moddiy ehtiyojini qondirish vositasiga aylantirgan kimsalarning chin adabiyotga va she'riyatga sariq chaqalik aloqasi yo'q. Shoir xalqning ozod fikrli, halol va rostgo'y farzandi. She'riyat ham mardlik va halollik maydoni. Har qanday holatda o'z so'zini ayta oladigan shoir – haqiqiy shoirdir. U jamiyatda mavjud kamchiliklar va yutuqlar haqida, xalqning dardu alamlari, xohish-istaklarini ifoda etuvchi shaxs. Bu unga Olloh tarafidan berilgan qismatdir. Buning evaziga u hech narsa talab qilmaydi. Agar u o'z vazifasini bajarmasa, Yaratganning oldida burchini bajarmagani uchun javobgar bo'ladi xolos.

Chinakam shoirda (adibda ham) har qanday tuzumdan, siyosatdan baland turuvchi ozod fikrlash, rus shoiri Blok aytmoqchi “ijodiy erkinlik” bo'lishi lozim. She'rlarida so'z va oњang uyѓunligi –mahorat ham mana shu erkinlik maњsulidir. Buning uchun esa shoirda (yozuvchida ham) jasorat va shijoat, o'limning yuziga tik qarash jur'ati (Blok iborasi) bo'lishi kerak.

Aleksand Blokning ushbu so'zlari bizning fikrimizni yanada oydinlashtiradi: “Odamlar o'zlariga butunlay yot bo'lgan hayot bilan yashay boshladilar. Avvallari odamlar њayot ozod, go'zal, diniy va ijodiy bo'lmoѓi lozim, tabiat, san'at va adabiyot birlamchi bo'lishi kerak deb o'ylar edilar. Borgan sari ularning ishtiyoѓi so'nib, tabiat ularga begona bo'lib qoldi. Ular o'z vaqtlarini davlat ishlariga sarf qildilar va san'atni tushunmay qoldilar. Ilhom ularga begona bo'lib qoldi. Ular toliqish yo'lidan borib, asta-sekin avval yaratganini, so'ngra olamni, keyinchalik esa o'zlarini yo'qotdilar. Va o'z shaxsiy hayotlarini doiraga oldilar va bu ular uchun normal hayot bo'lib qoldi”.

“Moziyga aylangan yillar” Dushanbe, “R- Graf”

Hasanboy G'oyib (Hasan Goyib)

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube