O’zbekiston Xalq Harakati

Malohat Eshonqulova pochtasiga kelgan maktubdardan

Malohat Eshonqulova pochtasiga kelgan maktubdardan
10 Temmuz 2020 - 21:17 'da yuklandi va 1327 marta o'qildi.

Qonunlar amaldor uchun xizmat qiladi (mi?)

Toshkent viloyati, Bo'stonliq tumani “Chimyon” qishlog'ida joylashgan 24 xonadon “snos” ga tushdi, xonadon egalaridan o'z uylarini bo'shatib qo'yishlari talab etilyapti. Ammo, uy egalariga hech qanday asos ko'rsatilmayapti, o'rinma o'ringa joy ham taklif etilmayapti. Faqat bir gap: “uylaringiz qonuniy emas”. Vaholanki, har bir xonadon egasining er egaligi bo'yicha qonuniy xujjatlari bor. Ammo, mas'ullar bu xujjatlarni “qalbaki” deyishyapti, lekin isbot qilishmayapti. Avvalgi rahbarlar korruptsiyaga yo'l qo'ygan, erlar talon taroj qilinganligini aytishyapti, go'yo hozirgi amaldorlar korruptsiyaga yo'l qo'yishmayotgandek. Xo'p, er egalarining qo'lidagi xujjat qalbaki ham bo'lsin, ularga o'sha vaqtda faoliyat olib borgan hokim yoki boshqa davlat organlari rahbarlari imzosi qo'ygan, ular davlat organlarida faoliyat yuritayotgan vaqtda qaror chiqarishga vakolati bo'lgan, lekin bu rahbarlar ishdan ketgandan so'ng chiqargan qarorlari noqonuniy deyilyapti. ” Bir rahbar ishdan ketgandan so'ng uning imzosi bilan berilgan xujjatlar qalbaki bo'ladi, u korruptsiyaga yo'l qo'ygan” deyilgan biror band Qonunlarimizda bormi?

Bu erlar 1998 yil qishloq fuqarolar yig'ini tomonidan odamlarga er egalik huquqini beruvchi qaror berilgan, oradan 22 yil o'tgach “qaror noto'g'ri bo'lgan” deb da'vo qilinyapti, hatto Oliy sud raisi o'rinbosari Xolmo'min Yodgorov bunday da'vo assosiz ekanligini bila turib xalqqa qarshi, Qonunlarga zid ish olib boryapti. Axir oradan 22 yil o'tdi. Nahotki, shuncha yil o'tsa ham er egaligi haqidagi xujjat qo'lida bo'lgan xonadon egasi o'z uyidan quvilsa, shumi Yangi O'zbekiston olib borayotgan odil siyosat?

Shu yilning 2 iyul' kuni Bo'stonliq tumanida uyushtirilgan press-tur doirasidagi brifingda O'zbekiston bosh vazir o'rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi Aziz Abduhakimov go'yo bu erlar noqonuniy ekanligi, bunday joylarni tadbirkorlarga auktsionga qo'yib sotish lozimligini ta'kidladi. Boylar sotib olsin dedi. To'g'ri, bunday bahovo, chiroyli erlarda qora xalq yashashi kerak emas. Xolmo'min Yodgorov muhofaza zonalari haqida gapirdi, bu buzilayotgan joylar bu muhofaza zonalarining birortasiga taluqqli emas. Buzilayotgan uylar asosiy yo'ldan 200 metr, suvdan 300 metr yiroq , elektor tarmog'i yonida ham emas. Yodgorov Chimyon bolalar sil kasalligi erlari talon taroj qilingan dedi, qanday isbotlaydi? Axir Kasalxona bosh shifokori Norinboy Niyozmetov “bizning erimiz emas” deb qo'lidagi asosini ko'rsatyapti, bular esa zo'rama zo'raki erlar kasalxonaga tegishli deyishyapti. Ular bu “o'yinlari” bilan kimni aldashmoqchi? O'z xalqini o'z uyidan haydab, chet eldan kelayotgan sayyohlar uchun qimmatbaho mehmonxona qurishga butun Bo'stonliq tumanida nahotki bo'sh joy topilmasa? Shuningdek, Yodgorov brifingda mahalla raisi o'lib ketgan xotiniga xujjat qilganligini aytdi, ammo bu gapini isbot qilib bermadi. O'ylab ko'ring qaysi boshi ikkita odam vafot etgan inson nomiga er oladi, shu Oliy sudda ishlab yurgan odamning gapimi, bu gapi bilan kimni ishontirmoqchi, qolaversa 1998 yilda Xolmo'minov tilga olgan mahalla raisi bu lavozimda ishlamagan. Qanday qilib 1998 yildagi qalbaki xujjatni 2019 yilda yana qalbakilashtirish mumkin, yana bu qalbaki qarorga tuman hokimi imzo chekkan va davlat xizmatlari markaziga borib mulkka nisbatan egalik xuquqini rasmiylashtirgan. Bu gaplar yolg'onligini Yodgorovning o'zi ham biladiku. Deylik, mahalla raisi shuncha uylarni qalbakilashtirib xalqqa sotibdi, xalq ishondi, odamlar mehnat qilib yig'gan mablag'iga bu erlarni sotib olib, ming mashaqqatlar bilan uy qurdi, ular nega bugun o'zlari sotib olgan uylaridan quvilishi kerak, nega bu odamlar jabr ko'rishi zarur? Axir ularga bu qalbaki deb aytilayotgan joylar shunchaki sovg'a qilinmaganku, kuysa ham qora xalq kuysinmi? Ularning aybi davlat o'zi amal berib qo'ygan davlat odamlarining gapiga ishonganimi, hozir ham shu davlat odamlari manashu oddiy xalqni aldab uyidan haydashyaptiku, chunki aldagani qora xalq yaxshida, uning gapi hech qaerga o'tmaydi, Qonun bu qora xalq uchun xizmat qilmaydi, hokimyat xalq uchun jon kuydirmaydi hatto biz og'iz to'ldirib ishonayotgan Odil sud ham xalq tomonda emas.

O'zbekiston bosh vazir o'rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube