O’zbekiston Xalq Harakati

Madaniyat vazirligi tizimidagi korruptsion sxemalar!

Madaniyat vazirligi tizimidagi korruptsion sxemalar!
14 Temmuz 2020 - 18:50 'da yuklandi va 1078 marta o'qildi.

Poytaxt viloyatidagi madaniyatni kushandalari! Qisqa tanaffusdan so'ng Madaniyat vazirligidagi ayrim mansabdorlar, vazirlik tasarrufidagi tashkilotlardagi nafsi hakalak otgan mas'ullarning xizmat mavqeidan foydalanib korruptsiya va poraxo'rlik kabi illatlarni urchitayotgan holatlar haqidagi fosh qiluvchi maqolalarimizni davom ettiramiz. Shunday qilib…

Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi. Davlat hokimiyat tizimlarida ishlaydigan ko'pchilikka ma'lumki, poytaxt viloyatda azaldan korruptsiya va poraxo'rlik bo'yicha qo'shtirnoq ichida yuqori ko'rsatgichlari bilan mashhur. Barcha sohalarda bo'lgani kabi poytaxt viloyatdagi Madaniyat boshqarmasidagi shu kecha kunduzdagi ahvol maqtanadigan emas. Keling bir boshdan boshlasak. Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi rahbari sifatida Mirzaev Ahror faoliyat yuritib kelmoqda.

Avvallari Oqqo'rg'on, QuyiChirchiq tumanlarida Madaniyat bo'limi boshlig'i sifatida faoliyat ko'rsatgan Ahror Mirzaev o'zining “mashennik” va o'yinchiligi bilan mashhur. U qaysi lavozimga ko'tarilgan bo'lmasin, uning zamirida o'zining mehnati, qobiliyati emas, qaysidir kattakonga uzatgan porasi asosiy rol o'ynab kelgan. Mos ravishda pora evaziga lavozimni egallagan Axror Mirzaev faoliyatini odamlarni qaqshatish, davlat mulkini mohirona “kambinatsiya”lar bilan o'zlashtirish kabi yo'nalishlarda davom ettiradi. Ahror Mirzaevning Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi lavozimini bugungi kunda Toshkent viloyat hokimligi Tashkiliy-nazorat guruhi rahbari (Org.otdel') Kamalov Azamat Jamalovich hamda Viloyat hokimligi Ijro apparati guruhi rahbari Sharipov Yunusxon Tursunovichlarga uzatgan porasi evaziga (tasdiqlanmagan xabarga ko'ra 6000$) egallagan.

Ahror Mirzaev kadrlar almashinivu “quruq” bo'lmasligini juda yaxshi bilgan holda, boshqarma boshlig'i lavozimini egallagan kundan e'tiboran tizimdagi rahbarlarni bo'shatib, o'rniga, o'ziga o'xshagan salohiyatsiz, xatto diplomi bo'lmagan kadrlarni rahbarlik lavozimlariga tayinlay boshladi.

O'zbekiston Davlat Filarmoniyasi Toshkent viloyat bo'limi rahbari qilib, sinfdosh do'sti, Jasur ismli yigitni tayinladi. Oqqo'rg'on tuman Madaniyat bo'limi boshlig'i lavozimiga ham oliy ma'lumotli diplomiga ega bo'lmagan Farhod ismli yigitni rahbar qilib qo'ydi. O'rta Chirchiq tuman Madaniyat bo'limi boshlig'i qilib Zohid ismli oliy ma'lumotga ega emas, xatto o'rta maxsus ma'lumoti ham madaniyat va san'atga aloqador bo'lmagan yigitni bo'lim boshlig'i qilib tayinlagan. Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari lavozimiga nomutaxassis Sanjar To'xtaevni tayinladi.

Yuqorida sanab o'tilgan rahbarlarni lavozimiga qo'yish va lavozimidan ozod qilish Madaniyat vazirligi bilan kelishilgan holda bo'lishi kerakli meyoriy xujjatlarda ko'rsatilgan bo'lsada, Ahror Mirzaevga bu qoidani buzish ish emas. Xatto viloyat boshqarmasi o'rinbosari Madaniyat vaziri tomonidan lavozimga qo'yilishi va ozod etilishi belgilangan bo'lsa ham, o'ziga xos ko'lankasi maydon “rahbar” meyoriy xujjatlar bilan hisoblashib o'tirmaydi. Endi davlat mablag'larini talon-taroj qilish masalasiga to'xtalsak.

Ahror Mirzaev o'z vakolat doiralaridan chetga chiqib, tuman-shahar Madaniyat bo'limlari va madaniyat markazlari uchun tuman-shahar hokimliklaridan, mahalliy byudjetdan ajratilgan mablag'larni o'zlashtirish bo'yicha pinxona ishlarni amalga oshirmoqda. Oqqo'rg'on, Bo'stonliq, O'rta Chirchiq, Toshkent, Chinoz tumanlari hamda Yangiyo'l shahar Madaniyat bo'lim boshliqlariga tayziq o'tkazib, jihoz va moddiy-texnika uchun ajratilgan mablag'ni tender savdolariga qo'yib, tenderda yutib olgan etkazuvchilardan 10-15 % miqdorida “otkat'” olishni talab qilmoqda. Ayrim tuman-shahar Madaniyat bo'lim boshliqlari bu talab qonunga zidligini, tender savdolarida inson omili aralashmasligini tushuntirishga urinsa, ularni o'z yo'rig'iga yurmasa ishdan bo'shatish bilan tahdid qilmoqda.

O'XH tahririyatiga kelgan maktub

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube