O’zbekiston Xalq Harakati

Alisher Navoiy Buxoroni nega Makkaga qiyoslagan edi?

Alisher Navoiy Buxoroni nega Makkaga qiyoslagan edi?
18 Temmuz 2020 - 6:31 'da yuklandi va 730 marta o'qildi.

Buxoro — 2020 yilda “Islom olami madaniyati poytaxti”

Ona – yurtimiz tarixini o'rganish bugun bizga Vatan tuyg'usini kamolga etkazish uchun juda ham kerak. Kaminadan ba'zan “Ulug'larimiz Buxoroning sharif shahar ekanligi xususida qanday bitiklar qoldirishgan?”, deya so'rab qolishadi.

Buyuk muhaddis – Imom Buxoriy etishib chiqqani uchun islom olamida Buxoro sharif shahar sifatida shuhrat qozongan.

Alisher Navoiy “Favoyid ul-kibar”ning bevosita Muhammad alayhisssalom ta'riflariga bag'ishlangan na't g'azallaridan birini:

Bildi chu hadisingni sahih emdi Navoiy,
Maskan chu tilar bo'lsa ne Batho, ne Buxoro,

–deya tugatadi. Batho – Makkayi mukarramaning eski nomi. Bilasizki, Imom Buxoriy tuzgan hadislar majmuasi “Sahihi Buxoriy” nomi bilan mashhur.

Navoiyning lirik qahramoni: “Hadisingning sahih, ya'ni ishonchli ekanini bilganidan keyin Navoiy Makkaga borib yurishi shart emas, Buxoroni maskan tutsa ham, bo'laveradi”, – deya lutf qiladi. Shu tariqa Buxoro musulmon dunyosida bevosita Makka bilan chog'ishtiriladigan muqaddas shaharlardan biriga aylangan edi.

Bahouddin Naqshband tufayli esa Buxoroning shuhratiga shuhrat qo'shildi. Adabiyotda ham bu shahri sharifning talay ta'riflari paydo bo'ldi.

Muhammad Husaynning “Silsilahoyi tasavvuf” nomli kitobida Buxoroning avliyolar makoni– “koni valoyat” ekani tilga olinadi:

On xok chy xok ast, ki shud koni valoyat,
Chandin guhar az ma'dani ikrom dar on jost.

Tarjimasi: “Bu qandayin tuproqki, avliyolarga kon bo'libdi, u erdagi karam ma'danidan qanchadan-qancha gavhar chiqibdi”.

Chindan ham, Buxoroning deyarli xar bir qadimiy qadamjosida bir buyuk avliyo yotibdi. Buxoro aynan ana shu muqaddasligi jihatidan Bathoyu Yasrib, ya'ni Makkayu Madinadan keyingi shahar hisoblanadi.

Komiljon Rahimov,
O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi, tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori, manbashunos

Manba: facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube