O’zbekiston Xalq Harakati

Karantinda ochlik e'lon qilgan “Adabiyot” gazetasi bosh muharriri uyiga jo'natildi

Karantinda ochlik e'lon qilgan “Adabiyot” gazetasi bosh muharriri uyiga jo'natildi
19 Temmuz 2020 - 17:54 'da yuklandi va 658 marta o'qildi.

“Adabiyot” gazetasining Bosh muharriri, yangi tuzilayotgan “Haqiqat va Taraqqiyot” sotsial demokratik partiyasining tashabbuskorlaridan biri Baxtiyor Karimga karantinda ochlik e'lon qilganining ikkinchi kuni uyiga ruxsat berildi.

Bu haqda Ozodlikka o'zi ma'lum qilgan Baxtiyor Karim “u uchun qayg'urgan insonlar”ga tashakkur bildirdi.

Baxtiyor Karim “tibbiyot muassasasida ushlab turilishi ortida siyosiy motivlar borligi”ni aytib, 16 iyul' kuni karantin hududidan ozod qilinishi talabi bilan ochlik e'lon qilgandi.

Karantindan 42 kun deganda “ozod qilingan” 61 yashar Baxtiyor Karim uyiga ketayotgani haqida Ozodlikka 18 iyulga o'tar kechasi ma'lum qildi:

“Soat o'n ikkilarga yaqin chiqdim. Karantin boshlanadigan vaqt. O'n ikkidan keyin hammaga ta'qiq qo'yilgan. Salbiy bo'lgani uchun javob bergan. Sanitarka narsalaringizni yig'ishtiring, dedi. Bo'ldi.

…Yana bir marta men uchun qayg'urgan barcha insonlarga boshim erga tekkuncha ta'zim qilaman”.

Baxtiyor Karim O'rtasaroydagi karantin lageriga turmush o'rtog'i, kelini va 5 oylik nabirasi bilan 6 iyunda joylashtirilgan edi.

Oradan 11 kun o'tgach, 17 iyunda Baxtiyor Karimni oilasidan ajratib, Toshkentning Nukus ko'chasidagi vaqtincha Covid-karantin lageriga aylantirilgan Teri, tanosil kasalliklari klinikasiga joylashtirishgan. Keyinchalik u 2-Toshkent tabobat akademiyasiga o'tkazilgan.

Sog'liqni saqlash vazirining birinchi o'rinbosari, Sanitariya epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori B.Yusupaliev imzolagan xatga binoan Baxtiyor Karim 23 iyunda karantin lageridan chiqarilishi kerak edi.

Biroq bu xat yozilgan kunning ertasiga – 24 iyunda Toshkent shahar sog'liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari D. Sultonov 23 iyun' kungi xatni imzolagan B.Yusupalievga xat yozib, kovid-testi musbat chiqqanlar bilan muloqot qilgani sababli Baxtiyor Karimovning karantin muddatini yana 14 kunga uzaytirishni tavsiya qilgan va u karantin hududida qoldirilgan.

Iyulning boshida Baxtiyor Karimga uning navbatdagi koronatesti musbat chiqqanini bildirishgan.

Karantinda ushlab turilganining 41-kuni, 16 iyulda Baxtiyor Karim “tibbiyot muassasasida ushlab turilishi ortida siyosiy motivlar borligi”ni aytib, ochlik e'lon qildi va karantin hududidan zudlik bilan ozod qilinishini talab qildi.

Yangi tuzilayotgan “Haqiqat va Taraqqiyot” sotsial demokratik partiyasiga xayrixohlardan biri, jizzaxlik Ismoil Mamatiminovning Ozodlikka aytishicha, 15 iyul' kuni u ichki ishlar bo'limiga chaqirtirilib, hali davlat ro'yxatidan o'tmagan partiyani targ'ib qilishning huquqiy oqibatlari to'g'risida ogohlantirilgan.

Manba: ozodlik.org

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube